OO’YU bitiruvchilarining kasbiy nomlari
Litsenziat – OO’YUda 3-3,5 yil o’qigan talaba.
Injener – Texnika, qishloq xo’jaligi, iqtisodiyot OO’YUlari bitiruvchisi.
Magistr – ta’limning 5 yillik standart kursini bitiruvchisi.
Ilmiy darajalar va unvonlar:
Doktor – doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan shaxsga beriladigan daraja (bizdagi fan nomzodiga to’g’ri keladi).
Doktor xabilitovan – doktorlik darajasiga ega bo’lgan, fanga ulkan hissa qo’shgan va yana bir ilmiy ishni himoya qilgan shaxsga beriladigan ilmiy daraja.(bizdagi fan doktoriga to’g’ri keladi).
Ta’lim tizimidagi ba’zi muammolar va yutuqlar
Kichik qishloq maktablarini moliyalashtirish muammosi: bir sinfda 25 o’quvchi bo’lsagina maqsadli dotatsiya beriladi.
Maqsadli dotatsiya bo’lmasa gminlar o’z shaxsiy byudjetlaridan xarajatlarni qoplaydilar shu bois kichik qishloq maktablari yopiladi.
Boshlang’ich ta’limning 1-3-sinflarida baholash tizimi mavhum.
Umumpolyak imtihonlarining kiritilishi alohida regionlardagi o’qitish darajalarini taqqoslash imkoniyatini berdi.
OO’YUga qabul qilish tizimida korrupsiyaning yo’qotilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |