1895 yilda dehqonlar partiyasi (“Stronnistvo lyudove”, keyinchalik “Polske stronnisto lyudove”) tashkil topdi. Germaniya hukmronligi ostidagi polyak yerlarida polyak aholisi turli shirkatlarda (kredit, iqtisodiy, ma’rifatchilik va b.) birlashib, faoliyatning oshkora shaklidan foydalanardilar. Siyosiy hayotda germanlashtirishga qarshi turish uchun milliy jihatdan birlashish g’oyalarini ilgari surgan pomeshchiklar va ruhoniylar uzoq davr yetakchilik rolini o’ynadilar. Milliy liga Pol’sha Qirolligi va Galisiyadan keyin bu yerlarga ham o’z faoliyatini yoydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |