Pomidor- xosil mo‘l


Download 278.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi278.21 Kb.
#1352000
1   2   3   4
JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 03 | 2021 
ISSN: XXXX-XXXX
12 
O’zbekistonda ham pomidor issiqxonalarning asosiy ekini hisoblanadi. Uning maydoni 2000 
yillargacha 40-42 foiz, yalpi mahsulot bo’yicha esa 30 foizdan ortiq bo’lgan bo’lsa, hozirga kelib 
hissasi bodringdan o’zib, 50 foizidan oshib ketdi. 
Mamlakatimizda himoyalangan yerlarda yetishtirilgan pomidor mevalari yuqori kalloriyali bo’lmasda 
nihoyatda muhim oziqalik ahamiyatga ega. U asosan yangiligida iste’mol qilinadi. 
Pomidor tomatdoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’t o’simlik. U mo’’tadil iqlimli mintaqalarda 
bir yillik o’simlik. Birinchi kuz sovug’i kelishi bilan o’sishdan to’xtaydi. Ammo tropik mintaqalarda 
(vatanida) u ko’p yillik bo’lib, o’sishchi manzarali o’simlikdir. Nam tuproqda poyalaridan ham yangi 
ildizlar chiqarib, ular o’simlikning qarigan qismlari o’rnini egallaydi. 
Hozirgi vaqtda janubiy mintaqalarda shu jumladan O’zbekiston sharoitida yil davomida 
foydalaniladigan issiqxonalarda pomidorni uzaytirilgan aylanish davrida yetishtirish keng 
qo’llanilmoqda. Bunda ko’chatlar oktyabr– noyabr boshlarida ekilib, uning o’sish davri iyun oxirida 
yakunlanmoqda. Ayrim vaqtda pomidorni ekishdan ilgari ko’katlardan ukrop yoki kashnich ekilib 
mahsulot olinmoqda. (Zuyev V.I., Ataxodjaev A.A., Qodirxo’jaev O., Asatov SH.I., Akromov U.I. 
2014). 
Xozirgi kunda yetishtirilayotgan ekinlar orasida pomidor ekinini yetishtirishning dolzarbligini xisobga 
olgan xolda biz tajribalarimizda issiqxona sharoitida ekilgan pomidor navlarini yetishtirishda ekish 
sxemalari va sug’orish muddatlarini hosildorlikka ta’siri o’rganidik . 
Tajriba 4 qaytariq 2 variantdan iborat bo’lib, 1 yarusda joylashtirildi. Pomidorning Torri F1, Lesli F1, 
Lamiya F1 navlari navi 2020 yil 18 avgustda 60x40x1, 60x40x1 sxemada ko’chat holida ekildi.
Tajriba delyankalarini uzunligi 10 m bo’lib eni 4,8 m.ni tashkil etdi. Delyankalarni umumiy maydoni 
48 m
2
ni tashkil etdi.
Barcha fenologik kuzatuvlar O’zNIIZR metodikasi bo’yicha olib borildi. Har bir variantdan xisoblash 
uchun 10 tadan pomidor o’simligi tanlab olinib ularning o’sish nuqtasiga etiketkalarni ilinib qo’yildi, 
shuningdek kasallanishni xam shu o’simliklardan xisoblar yuritildi. 
Bu jarayonda har bir o’simlikning zararlangan barg bandlari va barglarning osilib qolishi, barglarning 
ustida qaynoq suvda kuyganga o’xshash dog’larning paydo bo’lib, ular so’ngra qo’ng’ir yoki to’q-
qo’ng’ir tus olib, keyinchalik barg to’qimasi biroz oqarib, yupqa qog’ozsimon bo’lib qolganlari 
tekshirildi. Bunday o’simlikdan har bir variant takrorida 10 tasi tekshirildi.
1 ta pomidor mevasining o’rtacha vaznini topishda 1 va 3 qaytiqlardan 25 tadan sanab olinib tortilib 
o’rtachasi topildi. 
Kuzatishlar pomidor shonalash davridan to xosil terib olingunga qadar davom etdi. Tajriba natijasini 
matematik analizi Dospexov (1985) metodikasi bo’yicha aniqlandi. 
Tajriba maydonimizga pomidor ko’chatlarining Torri F1, Lesli F1 navlari doimiy joyga avvaldan 
sug’orib qo’yilgan egatlarga 2020 yil 18 avgustda 60x40x1, 60x50x1, 60x60x1 tartibda o’tqaziladi. 
Ekib bo’lingandan so’ng egatlarga suv taraldi.



Download 278.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling