Populyatsiya haqida tushuncha Reja: Populyatsiya haqida umumiy tushuncha


Download 105.5 Kb.
bet1/9
Sana21.04.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1373877
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Populyatsiya haqida tushuncha


Populyatsiya haqida tushuncha

Reja:

  1. Populyatsiya haqida umumiy tushuncha

  2. Hozirgi zamon ekologiyasi muammolari xilma-xilligi.Ekosistemaviy va populyatsion yondashuv

  3. Populyatsiyalarni makon va zamonda o‘rganishi

  4. Populyatsiyaning genetik strukturasi

XX asrning 20-40 yillariga kelib ekologiya to‘la qonli fanga aylandi. U o‘zining o‘rganish ob‘ekti, tadqiqot usullari metodlariga ega bo‘ldi va tabiat bilan inson, tirik va o‘lik komponentlarning o‘zaro barcha munosabatlarini tadqiq qila boshladi.


Biz bilamizki, ekosisitemalarning aniq belgisi, xususiyatini tа’riflab bo‘lmaydi, lekin u bir joyda yashovchi har xil organizmlarning hamda muhitning tabiiy va kimyoviy komponentlari ishtirokida o‘zaro aloqasi tufayli yashash uchun sharoit yaratiladigan tizim (sistema) deb tushuniladi.
Ekosistemada produtsentlar (o‘simliklar) konsumentlar (hayvonlar), redutsentlar (bakteriya, zamburug‘lar) kabi barcha organizmlar majmuasi uglerod va barcha biogen elementlarni tabiatda butunlay aylanishini tа’minlaydi.
Tabiatda moddalar aylanishining har bir halqasini mа’lum bir individlar majmuasi amalga oshiradi. Biz yuqorida qayd etgan uchala guruh ham o‘ziga xos bir qancha jamoalardan tashkil topgan yoki sistematika bo‘yicha oladigan bo‘lsak, hozirgi kunda yer yuzida 2 mln. tur tirik organizmlar bo‘lsa (o‘simliklar 500000, hayvonlar 1500000) ularni eng kamida shuncha populyatsiyasi mavjud hamdir.
Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, 1 ekosistemada 100 lab hatto bir necha ming turlar kiradi. Demak, bu shuncha populyatsiya demakdir. Agar biz ekosistemaga populyatsion yondoshadigan bo‘lsak, har bir populyatsiya ekosistemada o‘ziga xos ahamiyatga ega. Masalan: xo‘jalik ahamiyatga molik turlar, zararkunandalar, kasallik tarqatuvchilar, parazitlar va hokazolar.
Populyatsiya - bu mа’lum territoriyada yashovchi, bir turga mansub individlarning o‘zaro aloqasi va birgalikda yashashiga aytiladi. «Populyatsiya» terminining mohiyati haqida munozara hanuzgacha davom etib kelmoqda. Bu munozaralarning bir qancha sabablari bor.
1.Populyatsiya tadqiqot ob’ekti sifatida faqat ekologlarni qiziqtirib qolmasdan, genetika, mikroevolyutsiya bo‘yicha mutaxassislarni va boshqalarni ham qiziqtiradi.
2.Populyatsiya murakkab ierarxik strukturaga ega, tabiiy holatda mayda birliklar, mikropopulyatsiya, oila va hokazolardan iborat.
Tirik materiya (hayot)ning asosan oltita shakllanish darajasi bo’lib, ular quyidagi iyerarxik qatorlarni hosil qiladi. Molecular, hujayraviy, organizm, populyatsiya, ekosistemali va biosferali (ekosferali) darajalardir. Yuqorida bayon etilgan tirik organizm sistemalari xususiyatlarining negizida (asosida) hujayra yotadi. O’lik tabiat tarkibida mavjud bo’lgan barcha kimyoviy elementlar tirik organizmlar tarkibida ham bo’ladi. Biroq tirik organizmlar tarkibida uchraydigan barcha elementlarning deyarli 99 % ni uglerod, kislorod, vodorod, azot, oltingugurt va fosforlar tashkil etadi. Bu elementlar biogen elementlar deb ataladi. Ularning birikmalari bir necha o’nlab tabiiy biomonomerlar (amonokislotalar, nukleotidlar, yog’ kislotalari, qand moddalari) va boshqa xil organik moddalar turlarini hosil qilardilarki, ularning har tusdagi nisbatlari turli xil biopolimerlarni hosil qiladilar.
Tabiatda turli xil juda ko’plab miqdorda tirik organizmlar bo’lib, hozirgi kunda ularning ikki milliondan ortiq turlari mavjud. Ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda (T.A.Akimova, V.V.Xaskin, 1998) planetamizdagi turlarning miqdori 5-30 mln.gacha borar ekan.
Bundan tashqari, organizmlarning katta-kichikligi ham muhim ahamiyatga ega. Yer yuzida yashovchi organizmlarning hajmi (katta-kichikligi) diopozoni katta bo’lib, mikroskopik kichik tuzilishga ega bo’lgan mikroplazmalardan tortib (10-13g), eng gigant tuzilishga ega bo’lgan (hajmi 1000 t keladigan) Kaliforniya sekvoyiga o’xshash o’simliklar mavjud, hattoki sut emizuvchilar sinfiga kiruvchi hayvonlar orasida turli xil hajmdagi vakillari bo’ladi. Chunonchi, karlik belozubkaning umumiy massasi (og’irligi) 1-1,5 g bo’lsa shu sinfga kiruvchi ko’k kitlarning og’irligi 100-150 t ni tashkil etadi yoki birinchisidan million marta vazni og’irroqdir. Bu farqlar turli xil organizmlarning ekologik muhitga moslashish belgilarini bildiradi va evolyutsiya uchun juda muhim bo’lgan irsiy o’zgaruvchanlik imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Populyatsiya (yunoncha-populus xalq, aholi ma’nosidan olingan) bu uzoq muddat davrida muayyan bir hududda yashaydigan yoki o’sadigan bir turga mansub individlar yigi’indisidir. Populyatsiyaning biologik xususiyatlardan biri – bir populyaysiyaga oid individlar boshqa populyatsiya individlariga qaraganda erkin chatisha oladilar. Demak, populyatsiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidadir. Shuningdek, populyatsiya individlariga genetik geterogenlik ham xos bo’lib, bu xususiyat ularning har xil sharoitga moslanishlarni belgilaydi va evolyutsiya uchun juda muhim bo’lgan irsiy o’zgaruvchanlik imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Populyatsiya atamasining 1903-yilda V.Iogansen tomonidan bir turga mansub, genetik bir xil xususiyatga ega bo’lmagan individlar yig’indisini tushuntirishda keltirilgan edi. Demak, populyatsiya deganda bir turga oid bir-birlari bilan doimo bog’langan organizmlar yig’indisi e’tiborga olinadi. Chunonchi, qarag’aylar populyatsiya deganda o’rmonda uchraydigan qarag’ay turiga mansub barcha individlar yig’indisi e’tiborga olinadi yoki o’tloqlarda qoqi o’ti populyatsiyasi, O’zbekistonning shuvoq, barra o’tli yaylovlardagi shuvoqlar populyatsiyasi, qumli cho’llardagi oq saksovullar, izenlar, qandimlar populyatsiyalari, ko’llardagi baqalar populyatsiyasi, dalalardagi chigirtkalar populyatsiyasi, kishi organizmida tif yoki sil kasalliklarini tug’diruvchi bakteriyalar populyatsiyasi yoki shaharlarda odamlar populyatsiyasi ana shu tushunchalarga misol bo’la oladi.
Xonaki hayvonlarning alohida guruhlari (zotlar, podalar) va o’simliklarning madaniy guruhlari (navlari, liniyalari, klonlari va boshqalari) ham populyatsiya atamasi bilan ifodalanadi.
Gistologiya, meditsina va mikrobiologiyada ko’p hujayrali organizmlar to’qimasidagi bir xil tuzilishga ega bo’lgan hujayralar populyatsiya deb ataladi. Etnograf populyatsiya deganda o’z ichida ko’proq qiz olish-berish qiladigan odamlar jamoasini tushuniladi. U yoki bu populyatsiyaning tarqalish chegarasini ayrim omillar cheklab turishi mumkin. Chunonchi, suvda yashaydigan populyatsiyalarning keng tarqalishiga quruqlik yoki quruqlikda yashovchi hayvon va o’simliklar populyatsiyasining tarqalishuga iqlim (sovuq, issiqlik, namlik) yoki tog’lar to’sqinlik qilishi mumkin.


Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling