Populyatsiya haqida tushuncha Reja: Populyatsiya haqida umumiy tushuncha


Populyatsiyalarni makon va zamonda o‘rganishi


Download 105.5 Kb.
bet3/9
Sana21.04.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1373877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Populyatsiya haqida tushuncha

Populyatsiyalarni makon va zamonda o‘rganishi

Qaysidir tur populyatsiyasining ekosistemani egallashi haqida gap ketar ekan, shuni aytish kerakki, har bir populyatsiya mа’lum makon va zamon masshtabida mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham ekosistema tushunchasining o‘zi ham organizmlarning xilma-xilligi «nuqtai nazaridan» har xil bo‘ladi. Bunga oddiy qilib quyidagicha misol keltirish mumkin.


Yevrosiyo mo‘tadil zonasida yashovchi shiralar o‘zini butun umrini bir tur sosna daraxtida, to‘qimalardagi suyuqlikni so‘rib o‘tkazadi. Shiralar populyatsiyasi bir necha yillar davomida bitta daraxtda yashashi mumkin. Shiralar uchun ekosistema –ozuqa o‘simligi, undagi mavjud mikroiqlim, dushmanlar-birinchi navbatda yirtqich hashoratlar, bа’zan do‘stlar, yа’ni chumolilar ular chiqargan shirani iste’mol qilib, ularni yirtqichlardan himoya qiladi. Aniq nuqtai nazar bilan qaraganda shiralar uchun-makon, bu bitta daraxt va uning atrofini o‘rab turuvchilardir.
Shiralar, o‘rmon sichqoni, los populyatsiyalari egallagan maydonlar har xil kattalikda, shuning uchun ularni tadqiq qilish har xil makon masshtabida o‘rganishni talab etadi.
Populyatsion tadqiqotlarni zamon masshtabida o‘rganish nimani taqozo etadi, bu ham har xil populyatsiyalarda turlicha bo‘ladi. Chunki unda kechadigan jarayonlar turli tezlikda boradi. Buni aniqlash uchun yana yuqorida keltirilgan misolga qaytamiz. Shiralar partenogenez ko‘payganda bir marta tuxum qo‘yganda 40 ta qiz individ hosil qiladi, bular ham 3-4 hafta o‘tgach balog‘atga yetadi. Bular ham o‘z navbatida bo‘lg‘usi avlod urg‘ochilarini beradi va bu holat takrorlanaveradi. Xullas, bir yoz mavsumi davomida bitta urg‘ochi 100-1000 marotabagacha ko‘payadi.
Bir juft o‘rmon sariq sichqoni bahor –yoz mavsumida 3-4 avlod beradi va bu juftlikni bir yilda beradigan nasli 30-50 individni tashkil etadi.
Loslar esa yiliga bir marta bitta yoki ikkita bolalaydi va 3-4 yilga voyaga, balog‘atga yetadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, har xil turlarda populyatsiyalar dinamikasi, mexanizmi, ishlab chiqarishi, ular o‘sish tezligi, vaqti, muddati har xil. Shuning uchun ham bular populyatsiyasini tadqiq qilish har xil zamon masshtabida o‘rganishni taqozo etadi.
Tabiatda tur vakillari doim qo‘shilib va aralashib turadi. SHimoliy bug‘ular va qo‘ng‘ir tulkilar katta ko‘chish xususiyatiga ega. Ular bahor-yoz fasllarida ko‘payadigan joydan 100, hattoki minglab kilometr boshqa joylarga ketadi. Unday turlar populyasiyasining chegarasi katta jo‘g‘rofik to’siqlardan (daryolar, qoyalar, tog‘ tizmalaridan) o‘tadi. Ayrim hollarda harakatchan tur vakili kichik arealda va bir populyasiyadan tashkil topgan ham bo‘lishi mumkin. Ma­salan, Kavkaz va O‘rta Osiyo tog‘ takasi podasi ikki tog‘ oralig‘ida yoyilib yuradi, xolos.
O‘simliklar va kam harakat qiladigan hayvonlar populyasiyasining soni muhitning har xilligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lik, bo‘ladi. Pomir-Oloy, Tyan-SHan, Ximolay, Sayan, Ural tog‘li sharoitda tur vakillari hosil qiladigan guruhlar, tekislik sharoitiga qaraganda juda murakkab va xilma-xil bo‘ladi. Jumladan, qo‘ng‘ir ayiq bir joyga moslashgan, o‘z joyidan uzoqqa ketmaydi, yashash joyida juda ko‘p mayda populyasiyalar tashkil qiladi, ularning har biri ma’lum xislatlari bilan farqlanadi.
Tur vakillarining populyasiyasi makonda chegaralangan. Masa­lan, ko‘llarda uchraydigan okun va linya baliqlarining populyasiyalari yoki o‘tloqzor va vodiylarda uchraydigan kalamush va ayrim qushlar populyasiyalari bir-biridan chegaralangandir. Lekin, ay­rim tur vakillari ma’lum hududlarni egallaydi. Bunga dasht va cho‘llarda, adir va Pomirning yuqori tog‘ cho‘llarida, Murg‘ob tekisligi, 3600—3800 m balandlikda uchraydigan sug‘urlar populyasiyasini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Sug‘urlar populyasiyasi soni va zichligi yuqori, ular o‘rtasidagi chegara esa taxminiydir. Ular yangi joylarni juda tez va yalpi egallaydi.
Bir tur vakillari hosil qiladigan populyasiyalarning chegaralari yaxshi farqlanishi yoki bir-biri bilan qo‘shilib ketish kabi holatlarni g‘alla o‘simliklarining zararkunandasi kana misolida ko‘rish mumkin. Kana tuxumidan chiqqan kanachalar 2,5—3 oy davomida aktiv oziqlanib, keyin, yuzlab kilometrga, tog‘ atrofidagi o‘rmonlarga uchib ketadi va yanagi yil bahorigacha daraxtning shox, barg, qoldiqlari tagida saqlanadi. SHu joyda har xil xududdan uchib kelgan kanalar qishlaydi. Bahorda ularning uchib ketishi shamolning yo‘nalishiga bog‘iq bo‘ladi. Ularning o‘zlari uchib kel­gan joylariga qaytib borishi shart emas. Undan tashqari kanalarning bir qismi uzoqa uchib ketmaydi va natijada tur vakillari­ning doimiy qo‘shilishi va aralashishi kuzatilib turadi.
Tabiiy sharoitda populyasiyalar ichida ayrim vakillar bilan doim yoki vaqtincha almashish bo‘lib turadi. Masalan, katta daryolar toshgan vaqtda katta va kichik ko‘rfazlardagi baliqlar, hasharotlar, suvo‘tlar, umurtqasiz hayvonlar populyasiyasi qo‘shilishi, aralashishidan bir biologik sistema yuzaga keladi.
Ayrim populyasiyalar o‘rtasidagi farq turlicha namoyon bo‘ladi va shu farqlar butun bir guruhga, ularning fiziologik, morfologik sifatiga va xulqiy xislatlariga ta’sir qiladi va tabiiy tanlanish asosida yuzaga keladi. Masalan, oq quyon turli joylarda rangi, katta-kichikligi va ichki ovqat hazm qilishi a’zolarining tuzilishi bilan farqlanadi. Jumladan, Yamal yarim orolida uchraydigan quyonlarning ko‘rachagi, Ural dasht-o‘rmon zonasida yashaydigan quyonlarnikiga qaraganda 2 barobar katta bo‘ladi. Bunga sabab, oziqlanish va oziqaning har xilligidir. Markaziy Yakutiya sharoitida uchraydigan ona quyon yiliga 7 ta tug‘adi, Kareliyada 4 ga yaqin quyon tug‘iladi. Lekin, tug‘ilgan quyonchalar abiotik omillar, yirtqich va parazitlar ta’sirida nobud bo‘ladi.
Turli rayonlarda populyasiyaniig ko‘payish soni, zichligi o‘sish tezligi va uning tuzilishi muhitdagi abiotik va biotik omillarning turlicha ta’sirida har xil bo‘ladi.



Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling