Populyatsiya haqida tushuncha Reja: Populyatsiya haqida umumiy tushuncha


Download 105.5 Kb.
bet5/9
Sana21.04.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1373877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Populyatsiya haqida tushuncha

Hayotiy shakllar.
O’simliklarning barcha turi, paydo bo’lishi bilanoq, agar ular ayni hudud uchun xos bo’lgan ekologik faktorlar kompleksiga moslasha olgan bo’lsagina yashab ketgan va ko’paygan. O’simliklar muayyan sharoitda bir necha turkumi yashab o’tgan uzoq davr davomida yashab, ekologik muhitning aniq sharoitiga moslashgan formalarni hosil qilgan. O’simliklarning muayyan morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlarga ega bo’lgan va bu xususiyatlarni irsiy mustahkamlagan bunday formalari hayotiy yoki ekologik formalar deb ataladi.
O’simliklar hayotiy formasining turli klassifikatsiya va sxemalari bor. Lekin ularning hammasi qandaydir birorta belgiga asoslanib tuzilganligidan bir tomonlamadir, shuning uchun ularni qabul qilish mumkin emas. O’simliklar hayotiy formalarining daniyalik olim botanik Raunkiyer tomonidan taklif qilingan sistemasi botanikaga doir adabiyotlarda eng ko’p tilga olingan. Raunkiyer o’zining klassifikatsiyasida o’simliklarning yangilanib turadigan organlarining joylashishiga va ularning bu organlarining qishning noqulay sharoitidan (sovuq hududlarda) yoki qurg’oqchilikdan (qurg’oqchilik bo’ladigan hududlarda) himoyalashga asoslanadi.
O’simliklar hayotiy formalari (yoki Raunkiyerning atashicha biologic tiplar) sistemasi quyidagi guruhlarni o’z ichiga oladi.
1. Fanerofitlar guruhi. Bular jumlasiga novdalari qishda qurib qolmaydigan hamda yangilanish kurtaklari yerdan yuqorida turadigan daraxt va butalar kiradi.
2. Xamefitlar guruhi. Bular o’t va chala buta o’simliklar bo’lib, ularning yer ustki poyasi batamom qurimaydi, lekin novdalari past bo’yli bo’ladi yoki yer bag’irlab o’sadi. Yangilanish kurtaklari yer betiga yaqin turadi. Arktikada o’sadigan ko’pgina butalar va mo’yadil kenglik florasining ba’zi turlari xamefitlar guruhiga kiradi.
3. Gemikriptofitlar guruhi. Bular yer ustki novdalari deyarli ostigacha qurib qoladigan o’simliklar bo’lib, ularning tiklanish organlari (kurtaklari) deyarli yer yuzasida turadi. Ko’pgina yaylov o’simliklari gemikriptofitlar guruhiga kiradi.

Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling