Populyatsiya haqida tushuncha Reja: Populyatsiya haqida umumiy tushuncha


Download 105.5 Kb.
bet6/9
Sana21.04.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1373877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Populyatsiya haqida tushuncha

4. Kriptofitlar guruhi. Bu guruh o’simliklarining yer ustki organlari batamom qurib qoladi, tiklanish organlari yilning noqulay davrlarida yer ostida yoki suvda (suv o’simliklariniki) saqlanib qoladi. Bu guruhga piyozli, tugunakli, ildizpoyali o’simliklar kiradi.
5. Terofitlar guruhi. Bu o’simliklarning yer usti va yer osti organlari batamom quriydi. Yilning noqulay davrlarida ularning faqat urug’igina saqlanib qoladi. Bu guruhga bir yillik o’simliklar kiradi.
Ko’p yillik va bir yillik o’tlar vegetatsiyasi davrining turlicha davom etishi bilan ham farqlanadi. Bularning ba’zilari bahordan kuzgacha, boshqalari yoz o’rtasigacha o’sadi, ko’pchiligi esa bahor oxiri yoki yoz boshidan jazirama issiqlar boshlanib, yerning betidagi nam tugaganidayoq rivojlanib bo’ladi.
O’simliklarning o’sishini yoz boshida tugallaydigan bunday turlari efemeroidlar (ko’p yillik o’tlar) yoki efemerlar (bir yillik o’tlar) deb ataladi.
O’zbekiston sharoitida rang, qo’ng’irbosh, juda ko’p xil lolalar efemeroidlarga misol bo’ladi. Yaltirbosh, arpag’on, machka, malkolmiya va boshqalar ham efemerlardir. Umuman olganda, O’rta Osiyoning gil tuproqli cho’llarida va asosan soz tuproqli tog’ yon bag’rlarida efemer va efemeroidlarning juda ko’p har xil turi o’sadi.
O’rta Osiyo sharoitida lianalar va yostiqsimon o’simliklar ham uchraydi.
Mexanik to’qimalari yetarli darajada rivojlanmagan va turgovuchsiz o’sishi qiyin bo’lgan ingichka uzun poyali bir yillik va ko’p yillik o’simliklar lianalar jumlasiga kiradi.
POPULYATSIYANING GENETIK STRUKTURASI.
Populyatsiyaning jinsiy strukturasi deganda turli yoshdagi guruhlarda erkak va urg’ochi individlarning son jihatdan nisbati tushuniladi. Populyatsiyada jinslar bo’yicha organizmlarning nisbati va ayniqsa ko’payotgan urg’ochi individlarning bir qismi keyinchalik ularni sonining o’sishi uchun katta ahamiyatga egadir.
Populyatsiyadagi jinslarning nisbati birinchidan genetik qonuniyatlarga (jinsiy xromasomalarning qo’shilishi) bog’liq bo’lib, populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan: odamlar populyatsiyasining potensial o’sishi o’smir va qariyalarga nisbatan 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar hisobiga to’g’ri kelar ekan. Ikkinchidan, ma’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir etishi mumkin. Masalan, o’rmon chumolilari harorat 20 0C dan past bo’lganda faqat erkak, yuqori haroratda deyarli urg’ochi chumolilar rivojlanadi.


Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling