Populyatsiya haqida tushuncha Reja: Populyatsiya haqida umumiy tushuncha


Hozirgi zamon ekologiyasi muammolari xilma-xilligi


Download 105.5 Kb.
bet2/9
Sana21.04.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1373877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Populyatsiya haqida tushuncha

Hozirgi zamon ekologiyasi muammolari xilma-xilligi
Ekosistemaviy va populyatsion yondashuv

Agar biz ekologiyani biologik fanlarning chuqurroq bir yo’nalishi degan an’аnaviy tushunchaga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning atrofida ko‘tariladigan muammolar juda keng tus oladi. Ko‘pgina mutaxassislarni quyidagi savollar qiziqtiradi. Qaysidir hayvon populyatsiyalari miqdori o‘zaro va tanasi o‘lchami bilan qanday bog‘langan yirtqichlar o‘lja tanlashda qanday prinsiplarga amal qiladi, ekosistemalar strukturasini aniqlashda konkurensiya qanday rol o‘ynaydi va hokazolar. Bunday savollarni ko‘plab davom ettirish mumkin va ekologiyadan xabardor bo‘lmagan odam uchun bu savollar g‘alati ko‘rinishi tabiiy. Bunga bir qancha asoslar ham bor. Haqiqatan fizikada bo‘lgani kabi ekologiyada qandaydir umumiy va qat’iy shakllangan (asoslangan) nazariya mavjud emas. Hozirgi zamon ekologik tadqiqotlar metodologiyasi va tuzilishini diqqat bilan tahlil etganimizda – ekologiya to‘liq mazmundagi fan ekaniga iqror bo‘lamiz.


Hozirgi zamon ekologiyasida ikki xil yondashuv mavjud: ekosistemaviy va populyatsion, birinchi holda asosiy tayanch: organizmlarni tabiiy o‘zaro munosabatlari (har xil trofik darajaga ega) va muhitning o‘lik komponentlari bilan uzviy aloqasini o‘rganishga qaratilgan.
Ekosistemaviy yondashuv doirasida strukturaviy yo‘nalishlarga, yа’ni asosiy e‘tiborni ekosistemalar tuzilishi, funksional hamda ekosistemalarda kechadigan jarayonlarga qaratiladi. Ekosistemalarni funksional yo‘nalishini o‘rganishda juda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan.
Populyatsion yondashuv – asosiy e‘tiborni populyatsiyalarni o‘rganishga qaratadi, yа’ni mа’lum territoriyada yashovchi bir tur individlarining o‘zaro munosabatlari o‘rganiladi. Populyatsion yondashuv doirasida doimo u yoki bu populyatsiya soni, miqdori, o‘sishi va tarqalishiga tа’sir qiluvchi omillarni o‘rganishga qaratilgan savollar paydo bo‘ladi. Har xil organizmlar populyat-siyalarida kechadigan jarayonlar makon va zamon masshtabda doimo o‘zgarib turadi, shuning uchun uni o‘rganishda ham har xil masshtablar talab qiladi.
Tabiatda populyatsiyalar haqida har xil qarashlar mavjud: bа’zi tadqiqodchilar populyatsiyalarga yuqori darajada tuzilgan, mukammal organizmni eslatuvchi ob’ekt sifatida qaraydi, bа’zilar esa populyatsiyalarning bu mukammalligi, biz tomondan ularni o‘rganish natijasining mahsuli sifatida qaraydi. Alohida individlar darajasida o‘rganish bosqichidan, populyatsiya darajasida o‘rganish bosqichiga o‘tish Ch.Darvin tomonidan «Turlarning kelib chiqishi nazariyasi»da yaratilgan edi.
Hozirgi zamon ekologiyasi faqatgina tа’riflash emas, balki buni izohlab, isbotlab berishni ham talab qiladi.
Populyasiyani klassifikatsiyalashda turlicha prinsiplarga amal qilinadi. Masalan, prof. N.P. Naumov sutemizuvchi hayvonlar misolida, populyasiyani guruhlashda biotopik tomondan yondoshadi. Bir xil jo’g‘rofik sharoitda uchraydigan tur vakillari ma’lum bir jo’g‘rofik populyasiyalarga birlashtiriladi. Ular iqlimga va landshaftga bir xil moslashadi. Turli sodda tuzilishga ega bo‘lgan po­pulyasiyalar elementlari ekologik populyasiyalarga ajratiladi. Populyasiya kichik bo‘lgani sayin, ular qo‘shni populyasiyalar bilan yaqindan bog‘langan bo‘ladi.
Populyasiyaning makonda tarqalishini prof. N. P. Naumov qu- yidagilarga bo‘ladi: elementar (boshlang‘ich, sodda), ekologik va jo‘g‘rofik populyasiyalar.
Elementar populyasiya — bu uncha katta bo‘lmagan, bir xil joyda uchraydigan tur vakillarining yig‘indisi. Agar biogeotsenoz ichida yashash sharoiti har xil bo‘lsa, populyasiyalarning soni ko‘p bo‘ladi, tur ko‘p sonli populyasiyalar hosil qiladi. Bir xil sharoitda bunday holat kam kuzatiladi.
Ekologik populyasiya — sodda, elementar populyasiyalar yig‘indisidan hosil bo‘ladi. Ular ma’lum biogeotsenozda tur ichidagi guruhlardan yuzaga keladi. Masalan, olmaxon har xil o‘rmon tiplarida uchraydi. Shuning uchun ham olmaxonni «qarag‘ay», «qoraqarag‘ay», «oqqarag‘ay» kabi populyasiyalari uchraydi. Lekin, bu populya­siyalar bir-biridan keskin chegaralanmaydi, ular o‘rtasida genetik axborot tez-tez o‘tib turadi.
Jo’g‘rofik populyasiya — ekologik populyasiyalarni o‘z ichiga oladi va bir xil jo’g‘rofik sharoitda, xududda uchraydi. Lekin jo’g‘rofik populyasiyalar yetarli darajada bir-biridan chegaralangan bo‘lib, katta-kichiklik, ko‘payishi, ekologik moslanishlari, fiziologik va xulqiy xususiyatlari bilan farqlanadi. Bunga Enisey orti taygasida va Belorussiya o‘rmonlarida uchraydigan olmaxon xamda tundra ingichka boshli yoki O‘zbekistan dala sichqonlari populyasiyalarini misol qilib olish mumkin.
Prof. V. I. Beklimishev turli xil populyasiyalarni ajratadi. Masalan, tur vakilining ko‘payishi va genetik yaxlitligi asosida ularni: panmiktik (chetdan changlanish, otalanish), klonal va klonal -panmiktik guruhlariga bo‘ladi. Oxirgi guruhga partenogenetik bo‘g‘in jinsiy ko‘payishi bilan almashadigan o‘simlik shirasi — bitini misol qilib olish mumkin. O‘z-o‘zidan ko‘payadigan organizmlar doimiy va vaqtincha populyasiyalarga bo‘linadi. Doimiy populyasiya mustaqil bo‘lib, tashqaridan vakillar kelib qo‘shilishiga muhtoj emas. Vaqtincha populyasiyalar esa aksincha muhtoj bo‘ladi.
SHunday qilib, har qaysi tur bir-biridan ajralgan populyasiyalardan tashkil topadi. Lekin, ularning chegaralanishi absolyut emas. Masalan, hayvonlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chgan vaqtda, ularning yosh vakillari populyasiyalari aralashib, chegaralari buziladi. O‘simliklarning changlari (changlovchilari), urug‘ va mevalari shamol yordamida populyasiya chegarasidan chiqib, populyasiya a’zolari aralashadi. Natijada tur chegarasidagi umumiylik ushlab turiladi.


Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling