Populyatsiya haqida tushuncha Reja: Populyatsiya haqida umumiy tushuncha


Muhitning tа’sir etuvchi va etmovchi komponentlari


Download 105.5 Kb.
bet4/9
Sana21.04.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1373877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Populyatsiya haqida tushuncha

Muhitning tа’sir etuvchi va etmovchi komponentlari

Muhitning shunday komponentlari mavjudki, ular organizmlarga mutlaqo tа’sir etmaydi yoki juda zaif tа’sir qiladi. Masalan: ko‘pgina o‘simliklar uchun oy yorug‘ligi hech qanday ahamiyatga ega emas. Hatto o‘yning to‘liq to‘lishi ham o‘simlikda kechadigan fotosintezga tа’sir eta olmaydi. Shuning uchun oy yorug‘ligi yoki oy, o‘simliklar ekologik muhitining tа’sir etuvchi bir qismi bo‘la olmaydi.


Bundan tashqari atrof-muhitning shunday komponentlari mavjudki, ular organizm uchun nihoyatda zarur va tabiatda yetarli darajada doimo mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham organizmlar tarqalishiga, biomassasi sonining o‘sishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday komponentlar jumlasiga (quruqlikda) kislorodni kiritish mumkin. Kislorod hamma aerob nafas oluvchilar uchun nihoyatda zarur. Uning havo muhitida yetarli darajada bo‘lishi konkurensiya ob’ekti yoki chegaralovchi omil sifatida qaysidir organizmning tarqalishini belgilamaydi.
Mа’lumki, suv muhitida kislorod tanqisligi tez-tez uchrab turadi, shuning uchun organizmlar O2 konsenratsiyasi kamayishiga o‘zining har xil moslashishlarini namoyon etadi.
Organizmlar ko‘payishi, yashashiga sezilarli darajada tа’sir etuvchi muhit komponentlari unchalik ko‘p emas va ular populyatsiyalar tarqalishi sonining o‘sishini chegaralovchi faktorlar qatoriga kiritiladi.
Bа’zi faktorlar organizmlarga bevosita tа’sir qiladi, bа’zilari esa bilvosita tа’sir etadi. Shunday faktorlar borki ham bevosita, ham bilvosita tа’sir etadi.
Har bir populyatsiyadagi organizmlar miqdori bir me’yorda bo’lib, tashqi muhit sharoiti keskin o’zgarmaguncha u shu saqlanib qolishi mumkin. Tashqi muhitning o’zgarishi populyatsiyadagi organizmlar sonining o’zgarishiga bevosita yoki bilvosita ta’sit etib turadi. Agar populyatsiya ozuqa bilan ta’minlangan bo’lsa hamda unga uning dushmanlari hujum qilib turmasa populyatsiyadagi individlar soni ko’payb turadi, aks holda ularning soni qisqarib boradi. Populyatsiyalar yashaydigan joyda ozuqa va tashqi sharoit yetarli bo’lganda populyatsiyadagi individlar soni bir xilda saqlanadi. Bu fikrimizning to’g’riligini kalamushlar populyatsiyasi misolida ko’rib chiqsak bo’ladi.
Baltimor shahridagi (AQSH) kvartallaridan birida uchraydigan kalamushlarni olsak. Maskur kvartalda hisoblarga ko’ra 87 mingta kalamush uchraydi, bu miqdor bir necha yillardan beri deyarli bir xilda saqlanib kelmoqda. Vaholangki, kalamushlarning tug’ilishi juda ko’p, lekin shunga qaramasdan o’lishi ham ko’p. chunki, har yili tug’ilgan kalamushlarning kuchuklar yeydi yoki ularni kalamush ovchilar ovlaydi yoki ular bir-birlari bilan ozuqa uchun talashib nobud bo’lishadi yoki turli xil kasalliklar natijasida ko’pchiligi qirilib ketadi, bundan tashqari, yoshi katta kalamushlar yosh tug’ilgan bolalari bilan ham ba’zan oziqlanishadi. Demak, kalamushlar populyatsiyasidagi yashash uchun keskin kurash bo’lib turadi va bu kurash jarayonida tashqi muhit sharoitining o’zgarishi populyatsiyalardagi individlar soniga so’zsiz ta’sir ko’rsatadi.
Shu kvartalda axlat (chiqindi) to’playdigan qo’shimcha quti paydo bo’lguday bo’lsa, populyatsiyalar soni 87 mingdan 96 ming tagacha ko’paytirish imkonini berishi mumkin, aksincha, qo’shimcha yangi itning paydo bo’lishi ularning sonini 83 mingtagacha tushirishi mumkin. Yoki kalamushlarga nisbatan vaqti-vaqti bilan o’tkazilib turiladigan kurashlar ham kalamushlar populyatsiyasidagi individlar sonini vaqtincha kamaytirish mumkin. Lekin ular yo’qolib ketmaydi. Kalamushlarga qarshi uyushtirilgan barcha kurash choralari natijasida individlarning hammasi ham o’lmaydi, bir qismi saqlanib qoladi.
Deylik, 87 ming kalamushdan 9 mingi o’lmay qoladi. Bu kalamushlar ovqat yetarli bo’lganligi sababli bir necha vaqtgacha yaxshi yashaydilar. Biroq tabiat qonunlari asosida, kalamushlar populyatsiyasining asl miqdori yana qayta tiklanadi. Chunki, kalamushlarning tiklanish qobilyatlari juda yuksak. Masalan, bitta kalamush har olti haftada agar sharoit optimal bo’lib tursa 12-14 tagacha bola tug’adi. Shu sababli kalamushlar sonining qisqarishining yoki ularni yo’qotishning asosiy omili bu ular uchun noqulay sharoitlarni yaratish, kalamushlar yashaydigan inlarni yo’qotish, chirindilar saqlanadigan konteynerlar qopqoqlarini mahkam yopish va ularga qarshi kurash choralarini uzliksiz olib borish.

Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling