Populyatsiya haqida tushuncha Reja: Populyatsiya haqida umumiy tushuncha
POPULYATSIYANING GENETIK STRUKTURASI
Download 105.5 Kb.
|
Populyatsiya haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy struktura mohiyati
- Populyatsiyalarda jinslararo munosbatlar
POPULYATSIYANING GENETIK STRUKTURASI.
Populyatsiyaning jinsiy strukturasi deganda turli yoshdagi guruhlarda erkak va urg’ochi individlarning son jihatdan nisbati tushuniladi. Populyatsiyada jinslar bo’yicha organizmlarning nisbati va ayniqsa ko’payotgan urg’ochi individlarning bir qismi keyinchalik ularni sonining o’sishi uchun katta ahamiyatga egadir. Populyatsiyadagi jinslarning nisbati birinchidan genetik qonuniyatlarga (jinsiy xromasomalarning qo’shilishi) bog’liq bo’lib, populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan: odamlar populyatsiyasining potensial o’sishi o’smir va qariyalarga nisbatan 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar hisobiga to’g’ri kelar ekan. Ikkinchidan, ma’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir etishi mumkin. Masalan, o’rmon chumolilari harorat 20 0C dan past bo’lganda faqat erkak, yuqori haroratda deyarli urg’ochi chumolilar rivojlanadi. Jinsiy struktura mohiyati Jinsiy struktura har xil jinsga mansub individlar soni bilan belgilanadi. Populyatsiyalarni ishlab chiqarishi urg‘ochi individlarni ko‘plab uchrashi bilan bog‘liq. Urg‘ochilarning ko‘p bo‘lishi populyatsiyalar o‘sishining asosiy omilidir. Individlarning jinsiga ko‘ra munosabati, ayniqsa, urg‘ochilar (ko‘payish layoqatiga ko‘ra) ko‘p bo‘lishi populyatsiyalar miqdorining o‘sishi uchun katta ahamiyatga ega. Populyatsiyalarda jinslararo munosbatlar Jins bilan bog‘liq belgilar urg‘ochi va erkaklar o‘rtasidagi fiziologik, ekologik va xulq-atvor tafovutlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Erkak va urg‘ochi individlar ekologik xususiyatlari va xulq atvor jihatidan juda kuchli bir-biridan farq qiladi. M:ikki qanotlilarning erkaklari qon so‘ruvchi urg‘ochilaridan imogalik stadiyasida butunlay oziqlanmasligi bilan farq qiladi, yoki o‘simliklar nektari bilan oziqlanishi erkak va urg‘ochilarining hayot tarzi to‘g‘ri kelsa ham ular ko‘pgina fiziologik belgilari, o‘sishining borishi, balog‘atga yetish muddati, harorat o‘zgarishiga, ochlikka chidamliligi va boshqalar bilan farq qiladi. Hatto o‘lim darajasi farqi ham erkak va urg‘ochilar orasida embrionlik davridayoq boshlanadi. M: ondatralarning yangi tug‘ilgan bolalari ichida urg‘ochilariga nisbatan erkaklari bir yarim marotaba ko‘p o‘ladi. Pingvinlar populyatsiyalarida esa boshqacha tuxumdan chiqqan jo’jalarda bu holat ko‘zatilmaydi, ammo 10 yoshga kirganda har bitta urg‘ochiga 2 ta erkak to‘g‘ri keladi. Ko‘rshapalaklar populyatsiyalarida qishki uyqudan so‘ng urg‘ochilari hissasi 20 % gacha tushib ketadi. Ko‘pgina boshqa turlarda buning mutlaqo teskarisi, fazan, kryakva, katta ko‘rsichqon, ko‘pgina kemiruvchilarda erkak individlar o‘limi juda yuqori. Populyatsiyalarda jinslar nisbati faqatgina genetik qonun bilan belgilanib qolmasdan balki muhit tа’siri bilan bog‘liq. Sariq o‘rmon chumolilarida +200 qo‘yilgan tuxumlardan nuqul erkak individlar rivojlanadi, harorat bundan yuqori bo‘lganda esa deyarli urg‘ochi individlar chiqadi. Bunday mexanizmning asosiy sababi shuki, yuqori haroratda urug‘ yo‘li muskulaturasi faollashadi va tuxumlarni urug‘lantirish jadallashadi. Parda qanotlilarda urug‘lanmagan tuxumdan aksariyat hollarda erkak individlar rivojlanishi ko‘zatiladi. Jinsiy va partenogenez avlod beruvchi turlar populyatsiyalari strukturasiga tashqi muhit sharoitlari tа’sir ko‘rsatadi. Dafniyalar optimal haroratda partenognez usul bilan ko‘payadi. Harorat to‘la yoki(optimumdan) ko‘tarilsa, populyatsiyalarda erkak individlar paydo bo‘ladi. Shiralarda ikkala usulga mansub ko‘payishida kun yorug‘ligini, uzunligi, harorati, zichlikning oshishi ham tа’sir ko‘rsatadi. Gulli o‘simliklar o‘rtasida ikki uyli turlar ko‘plab uchraydi, ularda erkak va urg‘ochi individlar alohida bo‘ladi. Bundan tashqari urg‘ochi ikki uyli turlar ham mavjud, ularning bа’zi individlari ikki jinsli gullar, bа’zisida esa urg‘ochi unda andratsiy rivojlanmagan bo‘ladi. Ko‘pgina o‘simliklar turlarida jinsiy-genetik jihatlariga bog‘liq bo‘lmasdan ekologik faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Yiriklaridan urg‘ochi, maydasidan esa erkak gulli o‘simliklar unib chiqadi. Populyatsiyadagi individlar bir xilda emas. Populyatsiyaning tarkibi va sonini o’rganuvchi demograflar fikricha populyatsiyadagi individlar bir-birlaridan jinsi va yoshi bilan keskin farqlanadi. Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg’ochi individlarning son jihardan nisbati hisoblanadi. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromasomalarning qo’shilishi bilan, ya’ni genetik qonuniyatlarga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, unga ma’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir etishi mumkin. Ekologik nuqtayi nazardan qaraganda populyatsiyadagi jinslar nisbatining biror tomonga siljishi ushbu populyatsiyadagi mavqeyi bilan bog’liq. Masalan, parazit chuvalchanglar va jamoa bo’lib yashovchi hashoratlar erkak jinsi faqat otalanish jarayonida ishtrok etishdan iborat bo’lgani uchun jinslar nisbati urg’ochilar tomon siljigan. Sur emizuvchilardan tuyoqlilar orasida ham shunday nisbat kuzatiladi. Monogom yirtqich sut emizuvchilar va qushlar erkak jins bolalarga va urg’ochi jinsga ozuqa tashishda ishtrok etadi. Shuning uchun ularda jinslar nisbati teng bo’ladi. Populyatsiya evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning yoshi muhim ahamiyatga ega. Chunki, bizga ma’lumki, populyatsiya individlarining o’lishi va ularning serpushtligi so’zsiz jinsi va yoshiga bog’liq bo’ladi. Masalan, inson populyatsiyasi sonining o’sishi ko’pincha 15-35 yoshda bo’lgan ayollarga bog’liq. Bu potensialdan yosh yoki undan katta bo’lgan ayollarda bu xususiyat ancha past bo’ladi. Populyatsiyaning yosh tizimi sharoitga qarab har bir populyatsiya uchun turning genetik xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Download 105.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling