Populyatsiyalar genetic dinamikasi


Download 70.12 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi70.12 Kb.
#1023893
1   2   3   4
Bog'liq
11.Populyatsiyalar genetic dinamikasi

Tanlanish

  • Populyatsiyaning genetik dinamikasida tanlanishning roli: muxit sharoitiga moslashgan organizmlarni yashab, nasl qoldirishi tanlanish deyiladi. Shaxsiy taraqqiyotida organizm yashab, nasl qolidirishi ko’p jihatdan muhit sharoitiga qay darajada moslashganligi Bilan izohlanadi. Populyatsiya genetikasini bilish genotipning tanlash qiymatini aniqlash imkonini beradi

Aloxidalanish

Har bir tur turli populyatsiyalardan tashkil topgan. Agar bir populyatsiya bilan ikkinchi populyatsiya o’rtasida genlar almashinuvi ro’y bermasa, mazkur populyatsiya shu turning boshqa populyatsiyasidan alohidalashib ketadi. Agar bunday aloxidalanish uzoq muddat davom etsa hamda ulardagi tanlanish turli yo’nalishda bo’lsa populyatsiyalarning bir-biridan farqlanishi orta boradi va nihoyat ular kenja turlarga, agar bu jarayon yana davom etsa turlarga aylanadi.

Populyatsiyalarning bir-biridan alohidalanishi quyidagi omillar ta`sirida ro`y beradi.

Geografik

Ekologik

Biologik

  • Etologik
  • Geografik omillarga populyatsiya tarqalgan hududlar orasida baland tog’larni, katta daryolarni, suv havzalarni paydo bo’lishi kiradi

.

Ekologik omillar deganda iqlim, tuproqni, namlikni o’zgarishi tufayli tur tarkibidagi turli populyatsiya orasida erkin chatishish bo’lmasligi tushuniladi. Masalan, dengizda yashab daryolarda urchiydigan baliqlarni alohida- alohida populyatsiyalari bo’lib, ular bir-biridan tanasi katta bo’lishi, rangi, tuxum tashlash vaqti, uning miqdori, yoshi, jinsiy yetilish vaqti bilan tafovut qilishi mumkin. Bunday tafovutlar muxit ta‘sirida paydo bo’lgan modifikatsion o’zgarishlargina bo’lmay, balki irsiylanishi mumkin.

Biologik omillariga meyoz bo’linishning normal bo’lmasligi oqibatida o’zaro chatishishga to’sqinlik qiluvchi kamomatli gametalarni hosil bo’lishi, poliploidiya, xromosoma abberatsiyalari, yadro- sitoplazmatik nomuvofiqlik, letal mutatsiyalar va pushtsizlikni ortib ketishi kiradi.

  • Etologik-?

Download 70.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling