Populyatsiyalar genetic dinamikasi


Populyatsiya genetik dinamikasi


Download 70.12 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi70.12 Kb.
#1023893
1   2   3   4
Bog'liq
11.Populyatsiyalar genetic dinamikasi

Populyatsiya genetik dinamikasi

  • Evolyutsion jarayonda populyatsiyadagi bir genotip ikkinchi xil genotip bilan almashinib turadi. Populyatsiya tarkibidagi bir genotip ikkinchi xil genotip bilan almashishi sifat jihatdan farq qiluvchi genotiplar sonining o’zgarishi bilan izohlanadi. Populyatsiya genotipi nisbatining o’zgarishi populyatsiya dinamikasining mohiyatini ifoda etadi. Populyatsiyaning genetik jihatdan o’zgarishi mutatsion va kombinatsion o’zgaruvchanlik bilan uzviy bog’liq holda amalga oshadi.

Populyatsiya dinamikasining genetik omillariga quyidagilar kiradi.

  • mutatsion jarayon
  • tanlanish
  • aloxidalanish
  • populyatsiyalar to’lqini
  • genlar dreyfi

Mutatsion jarayon

  • Populyatsiyadagi genlar tezligini nisbatan doimiy takrorlanishi shu vaqtda yuz beradiki, qachonki populyatsiyada mutatsiyalar kuzatilmasa. Biroq populyatsiyalarda vaqti-vaqti bilan mutatsiyalar sodir bo’lishi tabiiy bir hol. Mutatsiyalar populyatsiyalar evolyutsiyasini o’zgartiruvchi birlamchi irsiy omil sanaladi. Irsiy birlik hisoblangan genda mutatsiya ro’y berishi axyon-axyonda kuzatiladigan xodisa. Shunga qaramay organizmlarda genlar soni, populyatsiyada esa organizmlar soni ko’p bo’lgani sababli har bir populyatsiyada mutatsiyalarning ko’lami kata bo’ladi. Har qanday mutatsiya tarixiy taraqqiyotda tarkib topgan nisbatan muxim genetik sistemani bir butunligini o’zgartiradi.
  • M-n: A gen alleli mutatsiyaga uchrab a allelini hosil etsa, avlodlarda bora-bora A alleli son jihatdan kamayib, a alleli aksincha ko’paya boradi.
  • Populyatsiyadagi gen allellari muvozanatini o’zgarishi uning genetik tarkibini o’zgarishiga olib keladi. Lekin populyatsiya genofondida yangi mutatsiyaning tarqalishi uning organizm hayotchanligiga, urchishiga qanday ta‘sir etishiga bog’liq. Agar mutatsiyalar orasida letal, yarim letal, pushtga salbiy ta‘sir etuvchi mutatsiyalar bo’lishi mumkinligi e‘tiborga olinsa, u holda ana shunday mutatsiyalar hisobiga populyatsiyadagi individlar soni kamaya boradi.

Download 70.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling