Poraga sotilish mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni


Download 256.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi256.2 Kb.
#1539567
  1   2
Bog'liq
Korrupsiya - Vikipediya



Korrupsiya
Korrupsiya (lotincha: corrumpō — aynish,
poraga sotilish) — mansabdor shaxsning
oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni
shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita
suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot.
Mansabdor shaxslarni sotib olish,
ularning poraga sotilishi ham Korrupsiya
deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va
parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi.
Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar
saylov kampaniyasini oʻtkazish
harajatlarini koʻtarish Korrupsiya


koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi
turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar
koʻrsatib "oʻz qarzini" qaytaradi).
Aksariyat Korrupsiya lobbizm
(monopoliyalarning qonunchilik organlari
va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan
shugʻullanadigan muassasa va agentlari
tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro
darajada 1970-yillarda Yaponiyaga
samolyotlar sotishda kompaniya
tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib
olish boʻyicha "Lokxid ishi" eng yirik
Korrupsiya koʻrinishlariga misol boʻladi.
Porani xaspoʻshlash uchun yirik
bitishuvlarda koʻproq "xizmat haqi"
toʻlash amaliyotidan foydalaniladi.
[1]


Makroiqtisodiy tadqiqotlarga binoan,
korrupsiya iqtisodiy oʻsish va
taraqqiyotga xalal beruvchi eng katta
omildir.
[2][3]
Jahon boʻylab 
korrupsiyani idrok etish koʻrsatkichi
 (
Transparency International
, 2010-yil).
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korruptsiyaga qarshi konventsiyasi


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. Bardhan P. Corruption and development //
Journal of Economic Literature. — 1997.
— Vol. 25. — P. 1320. [1] (http://www.vwl.u
ni-mannheim.de/ciccone/Bardhan-JEL19
97.pdf) Wayback Machine saytida
arxivlandi (https://web.archive.org/web/2
0090920192546/http://www.vwl.uni-man
nheim.de/ciccone/Bardhan-JEL1997.pd
f) (2009-09-20).
(ingl.)
3. Tanzi, V. Corruption, Governmental
Activities and Markets // IMF Working
Paper 94/99. — International Monetary
Fund, Washington, DC. — 1994. [2] (http://
papers.ssrn.com/sol3/papers.cfm?abstra
ct_id=883840)
(ingl.)
Manbalar


Коррупция —тараққиётга тўсиқ (htt
p://minjust.uz/uz/publications/newspa
per/33/2296/) Wayback Machine
saytida arxivlandi (https://web.archive.
org/web/20160304222621/http://minj
ust.uz/uz/publications/newspaper/33/
2296/) (2016-03-04)., Inson va Qonun
Коррупция, унинг олдини олишда
антикоррупциявий экспертизанинг
ўрни (http://huquqburch.uz/uz/view/16
4*16) Wayback Machine saytida
arxivlandi (https://web.archive.org/we
b/20130831160035/http://huquqburch.
uz/uz/view/164*16) (2013-08-31).,
huquqburch.uz
Havolalar


Iqtisodiyot va moliyaga oid ushbu maqola
chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipe
dia.org/w/index.php?title=Korrupsiya&act
ion=edit) Vikipediyaga yordam
berishingiz mumkin.
Siyosatga oid ushbu maqola chaladir. Siz
uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/in
dex.php?title=Korrupsiya&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Korrupsiyaning kelib chiqish tarixi.
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq)
termini odatda mansabdor shaxslar
tomonidan unga berilgan mansab
vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining
shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik
va ahloq qoidalariga zid ravishda
foydalanishini anglatadi.
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi
byurokratik apparatga qarata ishlatiladi.
Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat
va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa
qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda


qadimga borib taqalib, bu hol qabilada
ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun
qabila sardorlariga sovg‘alar berish
odatidan kelib chiqqan deb taxmin
qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat
sifatida qabul qilingan. Biroq davlat
apparatining murakkablashuvi va
markaziylashuvi korrupsiyaning davlat
rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini
ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan
birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer
davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni
ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi
organlarning poraxo‘rligi qattiq
tashvishga solganligi bizgacha saqlanib
qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu
holat davlatning obro‘siga juda qattiq


putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi
dinlarida ham birinchi navbatda huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning
poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan,
Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki
sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va
haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa,
Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini
nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga
tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z
mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib
uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib
jamiyat davlat boshqaruv apparatining
ish sifatiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsata
boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan


bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini
topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul
qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora
olish AQSh prezidentini impechmentga
tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri
sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy

Download 256.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling