Porshen vа shаtungа ishlov berish texnologiyasi
Download 19.02 Kb.
|
PORShEN VА ShАTUNGА IShLOV YeRISh TEXNOLOGIYaSI
PORSHEN VА SHАTUNGА ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI. REJА: 1. Porshenning materiali va xossalari. 2. Porshenga ishlov berish texnologiyasi. 3. Shatunning materiali va xossalari. 4. Shatunga ishlov berish texnologiyasi. MАVZUNING BАYONI. 1. Zamonaviy dvigatellar porsheni miskremniyli va yuqori kremniyli (20% Si) alyuminy qotishmalaridan va kam xollarda cho’yandan tayyorlanadi. Porshen quyilib tayyorlanib , so’ng ularga mexanik ishlov beriladi. Termik ishlov berish 80 -160 C0 temperaturada 6-12 soat ushlab turilib, amalga oshiriladi. Bunda uning qattiqligi Brennel buyicha NB 100-140 gacha yetadi. Maxsus alyumin qotishmalaridan porshenlar, shtamplash usulida xam yasaladi. Bunda porshen 510-520 C0 da, 165-175 C0 tushurilib va shu temperaturada 15-18 soat ushlab turiladi. Shunda qattiqlik Brennel boʼyicha NB 85-100 gacha yetadi. Porshenning asosiy konstruktiv elementlariga quyidagilar kiradi. 1- porshenning tubi 2- porshen kallagi 3- yubka 4- bobishka Porshenning konstruktsiyasida qirqilgan va qirqilmagan yubqadan foydalaniladi. Yupqaning oʼrta qismida ariqchalar qilinadi. Bu uning qiziganda silindr ichiga tiqilib qolmasligini taʼminlaydi. Bu ariqchalar vertikal ochiladi. Porshen xalqalarining ariqchasiga pastida gorizantal oʼyiqlar ochiladi. Bu porshenga prujinalik xususiyatini beradi. Porshenning yubqasi silindrsimon formada, qirqimi ovalsimon. Ovalsimonlik porshen barmogiga nisbatan perpendikulyar. Ovalsimonlik 0,15 – 0,3 mm oraligʼida boʼladi. 2. Porshenga ishlov berishda u stanokka yubqadan, porshen barmogʼi pastidagi bobishkadan oʼrnatiladi. Porshenning sirtqi qismiga dagal (xomaki) va tozalab ishlov berish koʼp shpindelli tokarlik yarim avtomatida bir marta oʼrnatilganda bajariladi. Porshenning sirtiga ishlov beradigan , eng koʼp tarqalgan koʼp keskichli stanokka olti va sakkiz shpindelli yarim avtomatlar kiradi. Bu stanoklar gorizantal va vertikal turlarga boʼlinadi. Porshen barmogʼiga xomaki ishlov berish va stopor xalqasi oʼtiradigan joyga ikki tomonlama, koʼp pozitsiyali va moslamali baraban tipidagi stanok bilan ishlov beriladi. Bu stanokda ishlov berishda I pozitsiyada xom ashyo oʼrnatiladi va olinadi, II – pozitsiyada zenkerlanadi va faska ochiladi, III – pozitsiyada tozalab yoʼniladi, IV- pozitsiyada stopor xalqasi uchun ariqcha oʼyiladi. Barmoq teshigi tozalab ishlov berishda bir va ikki tomonlama gorizantal yoʼnish stanogidan foydalaniladi. Xomaki ishlov berishda 0,2-0,5 mm, tozalab ishlov berishda 0,08-0,1 mm gacha qatlam olinadi. Аniq jilvirlab ishlov berishda koʼp shpindeli tezkor stanokdan foydalaniladi. Аvval qattiq, sungra olmos-keskich bilan ishlov beriladi. Porshen yubqasidagi ariq freza yordamida ochiladi. Porshenning yuza qismi tozalab ishlov berishda nusxa koʼchirish – jilvirlash yarim avtomatida qoʼshimcha baza va yolgʼon barmoq orqali ishlov beriladi. Teshiklarni parmalash va frezalash besh pozitsiyali agregat stanoklarida amalga oshiriladi. Porshenga ishlov berishning oxirgi jarayoni bu bir xillikka keltirish va yubqa diametri boʼyicha guruxlarga ajratish. Porshenning ogirligini bir xilga keltiruvchi maxsus stanok boʼlib, u tarozi va keskich bilan jixozlangan. Ortiqcha metal yubqaning ichki qismidan olinadi. Porshen, А, B,V ,G,D guruxlarga, koʼk, sariq, qizil, yashil ranglar bilan guruxlarga, (395) raqami ogirlik guruxiga bulinadi. Porshenga ishlov berish aniqligi 1 klassga tugri keladi. 3. Shatun porshendan kelayotgan xarakatni tirsakli Valga uzatish uchun xizmat qiladi. Shatunga siqish, chuzish, egilish, buralish kabi kuchlar taʼsir qiladi. Bularning xammasi shatunni yasalishida konstruktiv yechimlarni qoʼllashni taqazo etadi: 1) Shatun sterjeni uchun dvutavr olinadi. 2) Termik ishlov beriladi. 3) Shtampovka qilishda tolalarning xolatiga eʼtibor qilinadi. 4) Sterjen yuqori qatlami puxtalanadi. Shatunning katta kallagi poʼlat vkladishlar bilan taʼminlangan, kichik kallagiga bronza vtulka presslangan. Poʼlat vkladishlar ichki sirtiga qoʼrgʼoshinli bronza qoʼyilgan. Mototsikllar shatunining katta galovkasiga tebranish podshipniklari oʼrnatiladi. Shuning uchun bu joy sementlanadi va toblanadi. Katta va kichik kallaklar sterjen oʼqiga nisbatan simmetrik joylashgan. Аvtomobil va mototsikl dvigatellarining shatunlari sterjeniga mexanik ishlov berilmaydi. Аviatsiya dvigatellari shatunining konturiga va sterjeniga ishlov beriladi. Shatunni yasash uchun butun bolgalangan xom ashyodan foydalaniladi. Shatun yopiq shtamplarda shtamplash usulida yasaladi, sung kalibrlanadi va kallak usti zarb qilinadi. Shatunga termik ishlov berilib, qattiqligi NB 220-280 yetgach, u pitra (drob) bilan tozalanib, maxsus pressda toʼgʼrilanadi. Shatunlar quyidagi poʼlatlardan tayyorlanadi: 1) Аviatsiya shatunlari – poʼlat 40 XNMА (NB 390) 2) Аvtomobilь shatunlari – poʼlat 40,45 3) Mototsikl shatunlari – poʼlat 12 X NZА 4. Shatunga ishlov berishda uni oʼrnatish uchun texnologik bobishkadan foydalaniladi. Baʼzi bir shatunlarda oʼrnatish bazasi sifatida kallakda maydoncha qoldiriladi. Bu yuza oldindan sidiriladi va tekis jilvirlanadi. Shatunning chetlariga ishlov berish uchun urnatish bazasi sifatida uning sterjeni polkasidan foydalaniladi. Sidirish vertikal – sidirish stanogida bajariladi. Jilvirlash – vertikal – yassi silliqlash stanogida 5 ta jilvirlash va xarakatlanuvchi aylanasimon stol yordamida amalga oshiriladi. Kallaklarining qalinligi xar xil boʼlgan shatun kallaklari ikki tomonlama jilvirlanadi. Bu gorizantal yassi-jilvirlash stanogida amalga oshiriladi. Shatundagi yon oʼrnatish maydonchasi, bolьt kallagi tagidagi maydoncha, ogirliqni bir xilga keltirish uchun qoldirilgan maydonchalar sidirish orqali ishlov beriladi. Shundan soʼng shatunning katta va kichik kallak teshiklariga ishlov beriladi, parmalanadi, zenkerlanadi. Bu koʼp shpindeli stanokda koʼp pozitsiyali aylanuvchi stol yordamida amalga oshiriladi. Katta kallak ichki qismi vertikalsidirish stanogida sidiriladi, soʼng jilvirlanadi. Buning uchun 2 ta moslamadan: shatunning katta kallagi va uning qapqogi uchun foydalaniladi. Katta kallakga ishlov berilgandan keyin maxkamlash bolьti uchun teshik parmalanadi. Bu parmalash stanogida kup shpindelli kallak bilan amalga oshiriladi. Shatun kallaklaridagi teshiklarga shatun qapqogi bolьtlar bilan maxkamlangandan keyin tozalab ishlov beriladi. Bunda teshiklar zenkerlanadi, razvyortkalanadi, sidiriladi va katta kallakda faska olinadi. Bu jarayonlar koʼp shpindelli agregat stanoklarida amalga oshiriladi. Kichkina kallakda xam shu ishlar bajarilgandan keyin, unga bronza vtulka presslanadi. Katta kallakni vkladishlari bilan tozalab ishlov berishda mayin yoʼniladi va xoninglanadi . Kichik kallakka presslangan bronza vtulka mayin jilvirlanadi. Bunda baza sifatida katta kallak uchun moslangan probkadan foydalaniladi. Vtulka jipsroq utirishi uchun bazi bir korxonalarda mexanik yoki vibratsion usulda yoygich (uqlov) bilan yoyiladi. Shatunga ishlov berishning oxirgi jarayoni bir xil ogirlikka keltirish va kichik kallak vtulka teshigining diametri boʼyicha guruxlarga ajratish. Ogʼirligi boʼyicha shatunlar 3-5 guruxlarga ajratiladi. Bunda ogʼirlik farqlari 5-10 gr dan oshmasligi kerak. Ortiqcha ogʼirlik freza yoki keskich bilan kallakning yuzasidagi kompensatsiya maydonchasidan olib tashlanadi. Bu jarayon tarozi bilan jixozlangan maxsus stanokda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Shatunlarni teshik diametri boʼyicha sortlarga ajratish uchun maxsus avtomatlardan foydalaniladi. Teshik diametrlari boʼyicha shatunlar 3-4 guruhga ajratiladi, bunda vtulka diametridagi farq 0,002 – 0,003 mm dan, katta kallak diametridagi farq 0,003-0,004 mm dan oshmasligi kerak. Har bir guruhga belgi qoʼyiladi. XULOSА: xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, yuqoridagi talablar usullar, asboblar, stanoklar bilan ishlov berilgan shatunlarning ishlash muddati oshadi. Yeyilish va tebranish kamayadi. Download 19.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling