Porshenli dvigatelni havo bilan sovitish tizimini taxminiy hisoblash


Download 161.29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi161.29 Kb.
#1532782
Bog'liq
Новый документ (2)



Porshenli dvigatelni havo bilan sovitish tizimini
taxminiy hisoblash
Sovitish tizimi dvigatelning optimal issiqlik rejimini saqlab turish
uchun zarur bo’lib, lozim darajadagi issiqlik miqdori esa qizib ketgan
detallardan chiqqan harorat hisobiga saqlanib turadi.
Issiqlik belgilangan haroratda ushlab turilmasa dvigatel qizib
ketadi, natijada uning quvvati kamayib, yorulg’i sarfi ortadi. Bulardan
tashqari, karburatorli dvigatellarda portlab yonish (detonatsiya) yuzaga
kelishi mumkin. O’ta qizish oqibatida podshipnik ichqo’ymalarining
sidirilishi va erib ketishi, tirsakli val bo’yinlari sirtlarining buzilishi,
porshenning tiqilib qolishi va boshqa hodisalar ro’y berishi mumkin.
Ikkinchi tomondan, dvigatelni sovib ketishi ham yaxshi emas, chunki
buning oqibatida uning yorulg’i tejamkorligi yomonlashadi hamda xizmat
muddati sezilarli darajada qisqaradi.
Avtomobil dvigatellarida asosan suyuqlik bilan, ba’zan esa havo
bilan ishlaydigan sovitish tizimi qo’llaruladi. Suyuqlik bilan sovitiladigan
tizimlarda detallardagi issiqlik avval suyuqlikka beriladi va undan tashqi
muhitga (havoga) tarqatiladi. Dvigatel ishlayotgan paytda suyuqlik
harorati 85-100
0
C bo’ladi.
Sovitish suyuqligi silindrlar btoki va uning kallagi bilan hosil bo’lgan
qo’shaloq devorlar oralig’idagi bo’shliqda aylanadi. Tirsakli valdan tasma
orqali harakat oluvchi nasos suyuqlikning aylanishini ta’minlaydi.
Sovitish suyuqligining aylanish jadalligi termostat yoki sovitish
shamolparragini uzish va ulash orqali rostlanadi. Issiqlik sovitish
suyuqligidan atrof-muhitga radiator orqali tarqatiladi.


Sovitish suyuqligi sifatida suvdan yoki antifrizdan (etilenglikolning
suvli eritmalari) foydalaruladi. “Tosol-A40” va “Tosol-A65”antifrizlarining
muzlash harorati -40 va -65
0
C ni tashkil etadi.
Havo bilan sovitiladigan tizimning o’ziga xos husisiyati, issiqlikni
atmosferaga bevosita uzatilishdir. Sovitishning kerakli jadalligiga sovitish
qavariqlari, shamolparrak va deflektor (havo oqimini o’zgartiruvchi
qurilma) yordamida erishiladi. Sovituvchi havo sarfini rostlab turish
mumkin. Tizim-tuzilishi va undan foydalanish jihatidan ancha sodda,
dvigatel yurgazilgan paytda uni tez isishini ta’minlaydi, og’irligi katta
emas. Havo bilan sovitish tizimining kamchiliklariga shamolparrak
yuritmasiga sarf etiladigan quvvatning yuqoriligini, ishlaganda shovqin
chiqarashini, silindr balandligi bo’yicha issiqlikni bir xilda olib
ketilmasligini kiritish mumkin.
Suyuqlik bilan sovitiladigan tizimning tuzilishi
Markazdan qochma turiga mansub bo’lgan suyuqlik nasosi sovitish
tizimidagi
suyuqliklarning
aylanishini
ta’minlaydi.
Nasosning
chig’anoqsimon korpusida parrakli valikpodshipniklarda aylanadi. Valik
korpusga va uning qopqog’iga salnik va manjet bilan zichlanadi. U shkiv
va tasmali uzatma vositasida aylantiriladi.
Suyuqlik qisqa quvur orqali parrak markaziga keladi va birgalikda
aylanadi. Markazdan qochma kuch suyuqlikm markazdan chetga
(periferiyaga) qarab uloqtiradi. Natijada parrakning markazida bosim
pasayib, chekkalarida ko'tarilib ketadi. Xuddi shu bosimlar farqi hisobiga
suyuqlikning sovitish tizimidagi aylanishi amalga oshadi. Radiator
dvigateldan
issiqlikni
olib
ketuvchi
suyuqlikni
sovitish
uchun
mo'ljallangan. Sovitish, pastki
va yuqorigi bakchalarni birlashtirib
turuvchi o'zakni (serdsevina), havo bilan puflash hisobiga sodir bo'ladi.


O'zak jez, mis yoki aluminiy trubkalardan va jez yoki po'lat-dan
tayyorlangan sovituvchi qa-variqlardan iborat.
Radiator o'zagini havo bilan puflash jadalligini haydovchi o'rnidan
rostlash mumkin. Buning uchun richaglar tizimi va dastakli
tros
yordamida
jalyuz
tabaqalarining
holati
o'zgartiriladi.
KaMAZ, “Jigulli”, GAZ- 24 "Volga" va AZLK-2140 avtomobillarining
sovitish tizimiga, sovitish suyuqligi “Tosol”ni isishi (dvigatel ishlaganda)
va sovishi (dvigatel to'xtagandan so'ng) tufayli hajmining o'zgarishini
kompensatsiyalash uchun mo'ljallangan kengayish idishi o'rnatiladi.
KaMAZ-740 dizeli tizimidagi kengayish idishida (22), "Tosol"
sovitish suyuqligi sathini nazorat qiluvchi kran mavjud. Idish qopqog’i
kiritish va chiqarish klapanlariga ega. Yuqorigi bakchaning quyish bo'g'zi


radiator qopqog’i bilan berkitiladi. Qopqoqqa chiqarish (bug' chiqarish)
va o'tkazish klapanlari o'rnatilgan. Sovitish suyuqligi harorati o'zgarishi
bilan (demak, hajmi ham o'zgaradi), u bemalol klapan orqali, radiatordan
kengayish idishiga o'ta oladi yoki aksincha. Agar suyuqlikning harorati
100°C dan ortib ketsa, o'tkazuvchi klapan bug'lar bosimi hisobiga
yopiladi. Ammo tizimdagi bosim 0,05 MPadan ortgandan so'ng, chiqarish
klapani ochiladi-da, qaynagan suyuqlikning bug'lari kengayish idishi
tomon yo'naladi va o'sha yerda ular kondensatsiyalanadi (bug'dan suvga
aylanadi).
Shamolparrak atmosfera havosini radiator o'zagi orqali so'rib, radiatorni
puflanishini ta'minlaydi. Shamolparrak qanotlari yassi (listli) po'latdan
yoki plastmassadan tayyorlanadi va Shamolparrak yuritmasiga
sarflanadigan quvvatni kamaytirish uchun ularga maxsus shaki beriladi.
Shamolparrak yuritmasi tirsakli valdan ponasimon tasmali uzatma
vositasida harakat oladi.
Shamolparrak yuritmasiga sarflanadigan quvvatni kamaytirish va
sovitish tizimining ishlashini yaxshilash maqsadida, uzib-ulanadigan
avtomat yuritmali shamolparraklar qo'llaruladi.
VAZ dvigatellarining ayrim modellariga, yuritmasida maxsus elektr
dvigatel bo'lgan shamolparrak o'rnatiladi. Bu shamol parrak sovitish
suyuqligining harorati 75 - 85°C ga yetganda avtomatik tarzda ulanadi,
suyuqlikning bundan past haroratida esa u ishlamaydi. Termostat
dvigatelning barqaror issiqlik rejimini avtomatik ravishda ushlab turadi.
Odatda termostat, sovitish suyuqligini silindrlar kallagining sovitish
g’ilofidan chiqish joyiga yoki suyuqlik quvuryo'lining dvigatelga kirish
qismiga o'rnatiladi.

Download 161.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling