Portlashning texnologik parametrlari haqida umumiy ma’lumot. Portlatish skvajinalari diametrini tadqiq qilish


Download 49.28 Kb.
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi49.28 Kb.
#1763440
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-m\'ruza

2-jadval
Har xil darzlikka ega bo‘lgan kon jinslari massivini portlatishda tavsiya etiladigan skvajina zaryadlari diametri



Massivning blokliligi (darzlilik kategoriyasi)

Portlashda hosil bo‘ladigan kon jinsi eng katta bo‘lagi va konditsion bo‘lak o‘lchamlari orasidagi munosabat

Portlash natijasida massivga talab etilayotgan ta’sir

Zaryad diametri, mm

1

2

3

4

Mayda blokli
(I-II)

1

Massivni maydalamasdan bo‘laklarga ajratish

250-320

O‘rtacha blokli (III)

1-2

Kon jinslari yirik bo‘laklarini kamida ikki bo‘lakka bo‘lish

190-250

Yirik blokli (IV-V)

>2

Kon jinsi yirik bo‘laklarini maydalash

150 va undan ham kichik

2. Skvajinalar to‘rining ratsional qiymatini tanlashni tadqiq qilish.
Konchilik ishlab chiqarish ob’ektlarida olib borilgan ko‘p yillik tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, portlash ta’sirida kon jinslari maydalanish darajasining yaxshi va bir tekisda bo‘lishi faqatgina bitta skvajina yordamida portlatiladigan kon massasiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki pog‘onadagi skvajina to‘rlari orasidagi masofaga ham bog‘liq bo‘ladi. Pog‘ona ostki qismi qarshilik chizig‘ining qiymati ma’lum bo‘lganda skvajinalar to‘rining joylashishi skvajinalar bir-biriga yaqinlashishini hisobga ouvchi koeffitsient m ning qiymatiga bog‘liq holda aniqlanishi mumkin. So‘nggi yillarda ko‘pgina karerlarda m ning qiymati kattalashishiga erishilgan. Lekin ushunga qaramasdan ba’zi karerlarda portlatish ishlarini olib borishda skvajinalar to‘rini bir-biriga ancha yaqin qilib olinmoqda.
Mustahkamligi f=8÷10 bo‘lgan ohaktoshda (zichligi 2,66 t/m3) skvajinalar bir-biriga yaqinlashish koeffitsienti qiymatining portlovchi modda solishtirma sarfi va aW qiymatlari o‘zgarmas bo‘lganda portlashdan so‘ng negabaritlar chiqishiga ta’siri tadqiq qilingan. Tadqiqot ishlari ko‘rsatishicha skvajinalar bir-biriga yaqinlashish koeffitsienti qiymatini 0.7 dan 1.1 ga o‘zgartirilganda bir qatorli qisqa sekinlashtirilgan portlatish ishlarini oshlib borishda negabaritlar chiqishi ikki marta kamayishi bilan bir qatorda 1 m skvajinadan chiqadigan kon massasi hajmining oshishi (79 dan 115 m3 ga) va portlovchi modda solishtirma sarfining kamayishi (18% ga) ham kuzatilgan.
YAna shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bir qatorli qisqa sekinlashtirilgan portlatishda skvajinalar bir-biriga yaqinlashish koeffitsienti qiymatini 1 dan katta olinganda negabaritlar chiqishi o‘zgarmas bo‘lib qolaveradi. Qisqa sekinlashtirilgan portlatish hisobiga faqatgina ohaktosh konlarida m ning qiymatini 1.2 gacha olish mumkin. Boshqa konlarda (ayniqsa yirik blokli) uning qiymatini 1 gacha olish tavsiya etiladi.
SHunday qilib, skvajinalar bir-biriga yaqinlashish koeffitsienti qiymatini kamytirish orqali pog‘ona ustki qismining yaxshi maydalanishiga erishish mumkin bo‘ladi.

Download 49.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling