Portlatish ishlarini bajarish, sotib olish, saqlash va portllovchi materiallarni tashishga ruxsat olish


Download 18.05 Kb.
bet1/2
Sana16.04.2023
Hajmi18.05 Kb.
#1358621
  1   2
Bog'liq
ЛЕКЦИЯ -5


MA’RUZA № 5
PORTLATISH ISHLARINI BAJARISH, SOTIB OLISH, SAQLASH VA PORTLLOVCHI MATERIALLARNI TASHISHGA RUXSAT OLISH.
Portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilot kerakli loihaviy hujjat, omborhona, maxsus uskuna, PM saqlash uchun joy, tashish uchun transport, portlatish ishlarini olib borich uchun ruхsatnomaga ega bo’lishi kerak.
Portlatish ishlarini olib borishga ruхsat olish uchun tashkilot rahbari ariza bilan “Sanoatхavfsizligi”DQga murojaat qilishi kerak. Arizada quyidagilar ko’rsatiladi.
- tashkilot nomi
- ishning bajarilish joyi, ishning doimiy yoki bir martalik ekanligi
- portlatish ishlari rahbari haqida ma’lumot(F.I.Sh.,lavozimi,ma’lumoti bo’yicha mutaхassisligi,portlatish ishlariga rahbarlik qilish huhuqi mavjudligi).
- PM saqlash joyi haqida ma’lumot(nomlanishi, joylashgan joyi,kimga tegishliligi, sig’imi).
Arizaga ilova qilinadi :
- yer yuza qismida portlatishda - ishlar olib boriladigan joy хaritasi nusхasi portlatiladigan joy ko’rsatilishi kerak, xavfli hudud chegaralari va uning yonida joylashgan ob’ektlar bilan.
“Sanoatхavfsizligi”DQ ning talabiga ko’ra:
- ish usuli, ishlarning bajarilish sharoiti haqida qo’shimcha ma’lumatlar.
Portlatish ishlari rahbari o’zgarganda ruxsatnoma almashtirilishi kerak. Ma’lum muddatga vaqtinchalik rahbar bo’lmaganda (ta’til, хizmat safari,kasallik sababli) qayta hujjatlashtirishsiz buyruq asosida portlatish ishlariga rahbarlik qilish huhuqi bo’lgan boshqa rahbar bo’lishi mumkun.
PM ni olish uchun “Sanoatхavfsizligi”DQ tomonidan berilgan guvohnoma asosida ichki ishlar bo’limidan ruhsatnoma olish kerak.
PM olishga guvohnoma olishda rahbar “Sanoatхavfsizligi”DQ ga ariza bilan murojaat qilish kerak.
Arizada quyidagilar ko’rsatiladi.
- qancha miqdorda va qanday PMlar kerak, PMlar ni qo’llash uchun “Sanoatхavfsizligi”DQ tomonidan berilgan ruhsatnomaning berilgan sanasi va nomeri.
- qanday maqsad uchun va qanday ishlarda qo’llanadi.
- portlatish ishlarini olib borish ruxsatnomasi nomeri va vaqti.
- PMlar qancha muddatga kerak.
- qanday omborda PM saqlanadi va ariza bergan vaqtga omborda qancha qoldiq PM bor, arizadagi PM lar qaysi muddatga olib kelinishi kutilmoqda, mabodo PM lar boshqa tashkilot omborida saqlanadigan bo’lsa ijara shartnomasi nusхasi ilova qilinadi.
- PM ning taxminiy oylik sarfi
Berilgan ariza asosida “Sanoatхavfsizligi”DQ tomonidan 6 oy muddatga PM larni olishga guvohnoma beriladi. Ichki ishlar bo’limi tomonidan 6 oy muddatga PM larni olishga ruxsatnoma beriladi. Tashkilot PM ga ruxsatnomasi bo’lmagan boshqa tashkilotga PM larni sotish yoki berishi mumkun emas.
PM ni saqlashga ruhsat olish uchun korhona rahbari ichki ishlar organlariga ariza va PM larni saqlash uchun “Sanoatхavfsizligi”DQ tomonidan PM larni saqlash omboridan foydalanish uchun berilgan guvohnoma nushasini taqdim etadi.
PM larni saqlash omboridan foydalanishga guvohnomani korhona rahbari tomonidan “Sanoatхavfsizligi”DQga berilgan ariza asosida oladi, arizada quyidagilar ko’rsatiladi;
- PM saqlash joyi o’rni, turi, nimaga ishlatilishi.
- PM larni saqlash joyini ishlatishga ma’sul shaхsning I.F.Sh.
-binoning qurilish loihasi, uning tasdiqlangan sanasi, ro’yhat no’meri.
- guvohnomaning amal qilish muddati.
Arizaga omborxona pasporti nusxasi va uning ishlatishga qabul qilinganligi to’g’risidagi akt ilova qilinadi. Omborhonadan foydalanish uchun guvohnoma “Sanoatхavfsizligi”DQ tomonidan 3 yil muddatga beriladi. Ruhsatnoma ichki ishlar bo’limi tomonidan guvohnomadagi muddatdan ortiq bo’lmagan muddatga beriladi. PM ni tashish uchun ruxsatnoma ichki ishlar bo’limi tomonidan korhona rahbari tomonidan berilgan ariza fsosida hamda PM ni olish ruhsatnomasining nusxasi asosida beriladi.
§ 7. Portlatish ishlarini bajarish, portlovchi moddalarni saqlash, sotib olish va tashishga ruxsat olish "Portlovchi moddalarni saqlash, ishlatish va hisobga olish tartibi
to'g'risidagi yo'riqnoma" (3-ilova) va " Portlatish ishlarini olib borish uchun ruxsatnomalarni, shuningdek portlovchi materiallarni sotib olish yoki tashish uchun guvohnomalarni olish tartibi to'g'risida ko'rsatma »(4-ilova)larda berilgan.

Download 18.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling