Bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyati. Tasviriy san’atda chizmatasvir, rangtasvir, kompozitsiya fanlari mukammal o’qitiladi. «Kompozitsiya» tasviriy va amaliy san’atning hamma turlar janrlar mavjud bo’lib, asarning asosiy negizini tashkil etadi.
Natija va ilmiy faraz sifatida juda ko’p ma’lumotlarga asоslanib yangicha fikrlar taklif qilish o’rinsiz. Ammо, zamоnaviy innоvatsiоn texnоlоgiyalar texnikalari kirib kelishi tasviriy san’atning yangicha tasvirlash usullarini paydo bo’lishiga asos bo’lib xizmat qilmoqda. Shu sababli zamonaviy tasviriy san’atni rivojlanishida kompyuter grafikasi sohasida ham mukammal mutaxassis sifatida rassom dizaynerlar faoliyat yuritsa maqsadga muvofiq bo’lardi.
Bitiruv malakaviy ishining strukturasi. Bitiruv malakaviy ishi 3 bob, 6 bo`lim, xulosa, foydalangan adabiyotlar ro`yxati va illyustratsiyalardan iborat.
I-BOB. DUNYO SAN’ATIDA TASVIRIY SAN’ATNING O‘RNI.
1.1-§. Tasviriy san’at turlari va janrlari haqida tushuncha.
San'at azaldan insoniyat hayotining ajralmas qismi bo'lib kelgan. Vaqt o'tishi bilan san'at atamalari murakkablashadi; Bu nafaqat biror narsaga, balki jarayonga ham tegishlidir. Biroq, san'atning go'zalligi haqida gapiradigan bo'lsak, tasviriy san'atdan ko'ra ifodaliroq narsa yo'qdir.
Tasviriy san’atda manzara, turmush, natyurmort, portret, tarixiy animal,
afsonaviy, marina janrlari mavjud. Janr rassom nimani tasvirlayotganligiga qarab belgilanadi. Masalan, odam rasmini ishlansa “Portret” tabiat va shaxar ko’rinishlari tasvirlansa “Manzara” hayot va mehnat jarayonlari tasvirlansa “Turmush” janriga xos bo’ladi. Shuningdek, tarixiy voqealarni tasvirlash tarixiy janrga, xayvonlarni tasvirlash, animal janr deb yuritiladi.15
Afsonaviy, marina, natyurmort janrlari ham bo’ladi “animal” janri lotincha “anima” so’zidan kelib chiqqan bo’lib xayvon ma’nosini anglatadi. “Batal” janri esa frantsuzcha “batay” so’zidan olingan bo’lib jang, ”NYu” janri frantsuzcha yalang’och ma’nosini anglatadi. Ba`zi asarlar ikki va undan ortiq janrlarga mansub bo’lib. Misol, portret va nyu, marina va manzara v.b.
Do'stlaringiz bilan baham: |