Portugaliya kichik biznesi va xususiy tadbirkorligi
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZulfizarAbdumurodova.120-guruh
Reja: 1.Kirish 2.Portugaliya iqtisodiyoti . 3.Kichik biznes faoliyatini tashkil etish afzalliklari va kamchiliklari. 4. Portugaliya iqtisodiyotini O’zbekiston bilan taqqoslash.
Davlatning yuridik nomi:Portugaliya Respublikasi Portugaliya (Portugal), Portugaliya Respublikasi (República Portuguesa) — Yevropaning janubiy - gʻarbida, Pirenei yarim orolda joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor orollari va Madeyra arxipelagini oʻz ichiga oladi. Maydoni 92,3 ming km². Aholisi 10,53 mln. kishi (2012). Poytaxti — Lissabon shahri Maʼmuriy jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okrug (distrito)ra boʻlingan, shundan 18 tasi materikda joylashgan boʻlib, 11 tarixiy viloyatga birlashgan.
Davlat bayrog’I
Davlat gerbi
Madhiya: A Portuguesa
Poytaxt :Lissabon Rasmiy til(lar) :Portugal tili Hukumat : Parlamentlar Respublika Prezident:Anibal Kavako Silva Bosh Vazir:Pedro Passos Coelho Yilda tashkil etilgan:868 Maydon Butun:92,391 km² (110-) Suv (%):0.5
Aholi :2002 roʻyxat 10,566,212 (75- oʻrin) Zichlik :114/km² YaIM (XQT) :2005- yil roʻyxati Butun:AQSh$196,300 mil. (41-) Jon boshiga:AQSh$18,578 Pul birligi :Yevro (EUR) Vaqt Mintaqasi :(UTC+0) Yoz (DST) :(UTC+1) Qisqartma :PO Internet domen :.pt Telefon prefiksi :+351 Portugaliya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 30%, qishloq xoʻjaligi ulushi — 6% atrofida. 20-asr oxirlarida sanoatda mehnatga layoqatli aholining 33% ishladi va yalpi milliy mahsulotning 40% dan koʻprogʻini ishlab chiqardi. Temir, volfram, mis, uran, qalay rudalari, kumir, oltin, kumush qazib chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajra-tib olinadi. Mayda metallurgiya korxonalarida va Lissabon yaqinidagi Seyshal shahridagi zavodda metall eritiladi. Sanoat ishlab chiqarish qiymatining salkam 30% mashinasozlik va metall ishlash korxonalari ulushiga toʻgʻri keladi. Kemasozlik, avtomobil yigʻuv, velosiped, mototsikl, motorlar, ayrim turdagi stanoklar, roʻzgʻor mashinalari, elektrotexnika va radioelektronika asbob-uskunalari ishlab chiqarish rivojlangan. Kime va neft kimyosi korxonalarida oltingugurt kislotasi, mineral ugʻit, sintetik tola va plastmassa ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik (ip va jun gazlama toʻqish), tikuvchilik, ozik,-ovqat (zaytun yogʻi, baliq konservalari, vino ishlab chiqarish) sanoati azaldan eksport uchun ishlaydi. Sement, chinni, oyna va sopol ishlab chiqarish korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi (asosan, GESlarda). Asosiy sanoat markazlari: Lissabon, Portu, Setubal, Barreyru, Braga.
Qishloq xoʻjaligining asosini dex.qonchilik tashkil etadi. P. hududining 50% ishlanadi, shundan 30% haydaladigan yerlar. 10% bogʻ va tok-zor, sitruszor, zaytunzorlar. Asosiy oziqovqat ekinlari: bugʻdoy, makka- joʻxori, javdar, arpa, iyuli, kartoshka. Orollarda banan, ananas, shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi. Qishloq xoʻjaligi aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qoplamaydi. Trans p ortining asosiy turi — dengiz kema qatnovi. Dengiz savdo flo- tiningtonnaji 1,1 mln. t dedveyt. Transport yoʻli uzunligi — 3,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 70,1 ming km. Lissabonda 1960 yildan metropoliten ishlaydi. Lissabon va Azor orollari (Santamariya)da xalkaro aeroport bor. Asosiy dengiz portlari — Lissabon, Portu.
Portugaliya chetga mineral xom ashyo, toʻqimachilik va tikuvchilik buyumlari, vino, meva, poʻkak, qogʻoz, oziqovqat mahsulotlari, mashina-uskunalar chiqaradi. Chetdan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xom ashyo va yoqilgʻi (asosan, neft va neft mahsulotlari), mashina va uskunalar, kimyoviy mahsulotlar keltiradi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — eskudo.
Oʻzbekiston — Portugaliya munosabatlari — Oʻzbekiston Respublikasi bilan Portugaliya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning meʼyoriy-huquqiy asoslari shakllangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil 2–3 dekabrda Portugaliyaga rasmiy tashrifi chogʻida havo transport qatnovi va turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar imzolandi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdosotikda eng koʻp qulaylik yaratib berish haqida kelishib olindi. 2002 yil Oʻzbekiston Respublikasi bilan Portugaliya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 9,53 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Respublikasi da Portugaliya sarmoyasi ishtirokidagi "Osiyo toʻqimachilik assotsiatsiyasi" korxonasi paxta tolasini kayta ishlash va kalava ipdan mahsulot ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.[1] Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling