Pozitiv fikrlash


Download 21.04 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi21.04 Kb.
#1125268
Bog'liq
6-mavzu “Pozitiv fikrlash” trening dasturi


Pozitiv fikrlash” trening dasturi
Maqsad: Trening ishtirokchilarida har qanday vaziyatlarda pozitiv(ijobiy) fikrlashni saqlab qolish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Vazifalar:

  • Stressli vaziyatlarda ijobiy fikrlashning ahamiyati;

  • Ishtirokchilarda ijobiy fikrlashni shakllantirish;

Qadimgi tabiblardan biri Avitsennaning taʼkidlashicha, vrachning kasallikni yengishi uchun uchta quroli bo‘ladi: so‘z, giyoh va pichoq.


Eʼtibor bering «so‘z» birinchi o‘rinda.
Parij gospitallarining birida yosh psixolog Emili Ki o‘z bemorlariga kuniga uch maxal 10 marotabadan xayolan va ovozini chiqargan xolda «kundan kunga men o‘zimni yaxshi xis qilayapman» deb takrorlashni odat qilgan. Gapirganda xam shunchaki mezanik tarzda emas, balki yurakdan chiqarib, chin dildan aytishgan.
Nima deb o‘ylaysiz, natija qanday bo‘lgan?
Bir oydan keyin bu vrachning bemorlari avval gospitalning tibbiy personallari uchun, keyincha butun fransiyaning muxokama manbaiga aylangan. Ajablanarli, ammo fakt – og‘ir bemorlarning bir oy ichida tuzalib ketgani va xattoki ularning ayrimlariga jarroxlik aralashuvlarini zarurati yo‘qolgani aniqlangan.
Xulosa: qadimgi yunon olimi Paratselsning so‘zlari tasdiqlangan – «ishonch mo‘jiza yaratadi».
Inson salomatligi – uning tafakkurini to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqibati xisoblanadi. Yaʼni insonning ruxiy va jismoniy xolatlari o‘rtasida bevosita bog‘liqlikning mavjudligi xech kimda gumon uyg‘otmaydi.
Yomon narsa haqida o‘ylasang – og‘rib qolasan.
Psixologik qonunlarning birida aytilishicha: «sevgi, simpatiya va qoyil qolishni so‘z orqali ifodalash, u kimga yo‘naltirilgan bo‘lsa, shu insonning hayotiy energiyasini kuchaytiradi». Qaxrli va yovuz so‘zlar esa tinglovchining energiyasini kamaytiradi.
Yomon fikrlar bilan bog‘liq kasalliklarning umumiy soni kundan-kunga o‘sib bormoqda.
Ularga qarshi turish uchun, qadimgi donishmandlar maslaxatiga quloq tutish kerak. Yaʼni, qanchalik og‘ir bo‘lmasin xayotdan quvonish kerak. Shunday qilib, inson sog‘lig‘i, xayoti va taqdiri uning fikrlari bilan bevosita bog‘langan.
Yaxshilikni o‘ylasang – yaxshilikni kut.
Yomonlikni o‘ylasang-o‘ylaganingni olasan.
Inson doimo o‘ylab yuradigan narsalar ishonchga aylanib, shu narsa sodir bo‘lishi kerakligiga zamin yaratiladi va bu eʼtiqod amalga oshadi.
Shunday ekan bugundan boshlab, yaxshilik xaqida o‘ylang, va yaxshi narsalarga umid qiling. Arzimagan narsalarga qayg‘urmang.
Yurak infarkti va yetishmovchiligini profilaktika qilish bo‘yicha mutaxassis amerikalik kardiolog robert eliotning ikkita oltin qoidasini keltirib o‘tamiz:
Birinchi qoida: ahamiyatsiz narsalar uchun qayg‘urmang.
Ikkinchi qoida: hamma narsa ahamiyatsiz.
Quyida mavuga oid xayotiy misol keltiramiz.
Bir bolakay uyiga kelib onasiga: "bu xatni maktabdagi o‘qituvchim berib yubordilar"- deydi. Onasi xatni o‘qib ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tutib turdi. Uni bolasiga baland ovozda o‘qib berdi: «Sizning o‘g‘lingiz daho! Maktabimiz uning qobiliyatiga kichiklik qiladi. Shuning uchun siz bolangizga uyingizda taʼlim bering!». Oradan yillar o‘tdi. Insoniyat tarixiga ulkan ixtiro kashf qilgan inson Edisonning onasi vafot etdi.
Kunlarning birida u onasining javonini ko‘zdan kechirayotib qutidagi xatga ko‘zi tushdi: «Sizning o‘g‘lingiz kaltafahm, tentak. Erta tongdan boshlab uni maktabga kiritmaymiz!». Buni o‘qigan Edison rossa yig‘ladi va o‘zining xotira daftariga ushbu bitiklarni bitib qo‘ydi: «Edison tentak bola bo‘lgan. Lekin aqlli onasining tadbiri ila dahoga aylandi!». Onaning hayotdagi o‘rni shunday, u o‘g‘lini olim darajasiga yetishishiga ishontira olgan, o‘g‘lini ijobiy fikrlari bilan boyita olgan!!!
Bizning «baxt gormonlar»imiz miqdorini oshirib kayfiyatimizga taʼsir etishning oddiy usullari mavjud.
Bizni nima baxtli qilishi mumkinligi haqida o‘zimizdan so‘raganimizda odatda shart-sharoitlar, mol-mulk yoki hayotimizdagi odamlar haqida o‘ylaymiz. Biroq, aslida baxtni his etish kimyoga bog‘liq. Miya ishlab chiqaradigan to‘rt asosiy modda baxt bilan bog‘liq bo‘lgan tuyg‘u va hissiyotlarni yaratishga masʼuldir. Bu juda yaxshi yangilik-a, to‘g‘rimi? Bu deganiki, shart-sharoit, boylik yoki hayotimizdagi odamlarsiz ham baxt gormonlarimizni oshirib kayfiyatimizga taʼsir etishimiz mumkin.
Endorfin. Endorfinlar jismoniy og‘riqlarni yengish uchun markaziy asab tizimidan ishlab chiqariladi. Ularni ishlab chiqarishning zararsiz yo‘li – bu jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish. Bir tadqiqotga ko‘ra, 10 kun davomida 30 minut yugurish yo‘lakchasida yurish klinik depressiyani sezilarli tarzda kamaytirishga yordam berarkan.
Serotonin. Ehtimol, eng mashhur «baxt kimyosi». Bu neyromediator tabiiy ravishda biz har kunlik bajaradigan baʼzi narsalardan kelib chiqadi. Uni miqdorini oshirishning yo‘li: quyosh nurida bo‘lish. Jismoniy mashq va pozitiv fikrlash ham uni ishlab chiqarishda stimul beradi.
Dofamin. Uni ko‘pincha «mukofot kimyosi» deb atashadi. Maqsadingizga erishganingizda yoki istagingiz amalga oshganida – yaxshi ishlaganingizni anglab siz dopaminning yoqimli dozasini olasiz. Yana bir yo‘li siz uni odamlarga yaxshi munosabatda bo‘lib ham his etishingiz mumkin. Volyontyorlik dofamin gormonini oshiradi. Kimnidir sevish va u haqidagi yoqimli o‘ylar ham bu gormonni ishlab chiqaradi.
Oksitotsin. Bu gormon bilan onalarimiz yaxshi tanishlar. Bu gormon tug‘ruq va emizish vaqtida ishlab chiqariladi. U asosan mehribonlik, g‘amxo‘rlik va yaqin munosabatlar bilan bog‘liq. Oksitotsin gormoni ko‘p bo‘lishini istaysizmi? Kimnidir quchoqlang – mushukcha bo‘lsa ham mayli.
Baʼzan, baxt uzoq, yetib bo‘lmas orzu kabi ko‘rinishi mumkin. Yaxshiyamki, bizning tanamizda doimo murakkab kimyoviy jarayonlar mavjud bo‘lib, ular bizning kundalik harakatlarimizga taʼsir qiladi. Bizning gormonlarimiz va neyrotransmitterlarimiz qanday ishlashini tushunganimizda, biz ularni o‘ylaganimizdan ham ko‘ra osonroq «ishga tushirishimiz» mumkin.
Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling