Pp-303 guruh talabasi Nurbekova Nodira "Alturizimni rivojlantirish"


Download 25.23 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi25.23 Kb.
#1419827
Bog'liq
Alturizimni rivojlantirish


PP-303 guruh talabasi Nurbekova Nodira
"Alturizimni rivojlantirish" mavzusidagi trening mashgʼuloti

Maqsad: Umrning bebaho neʼmat ekanligi, har qanday vaziyatda ham insonlarga qo'lidan kelganicha beminnat yordami berish ko'nikmasini shakllantirish.
Trening mashgʼulotining borishi:
1. Kirish qismi
Trening qoidalari:
- intizom
- faollik
- koʼngilli ishtirok
- boshqalar fikrini hurmat qilish - oʼz fikrini qisqa va loʼnda bildirish.
Tanishuv “ism+ Imo ishora orqali namoyish qilish ….” o'yini


Maqsad: ishtirokchilarga bir-birlari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish imkonini yaratish.


2. Аsosiy qism.
Yaxshi qadamlar ” o'yini.
Maqsad: mavzu moxiyatini ochib berish, mavzuga aniqlik kiritish, bilim, tasavvur, fikr doirasi kengligini aniqlash va birgalikda ishlashga oʼrgatish.
Oʼtkazish tartibi?
Kerakli jihozlar: klassik musiqa.
Ko'rsatma: Hozir biz ikki guruhga bo'linamiz, orangizdagi masofa yetti qadam oralig'ida bo'lishi kerak. Har but guruhdan bittadan ishtirokchi o'rtaga chiqadi va qarama-qarshi tomondagi ishtirokchiga qarab qadam tashlaydi. Har qadam tashlanganda bittadan ijobiy so'z aytib qadam tashlanadi. Qadamlar so'ngida yuzma-yuz kelgan ishtirokchilar qo'llarini keng yozib bir-birlarini bag'riga bosishadi( agar ular qarama-qarshi jins vakillari bo'lishsa qo'l berib so'rashadilar).

" Ko'rinmas sovg'a" o'yini.
Maqsad: ishtirokchilarni ahilligini oshirish.
Oʼtkazish tartibi:
Ko'rsatma: ishtirokchilar davra qurib olishadi. Boshlovchi qo'lida narsani yasash mumkin bo'lgan ko'rinmas loy borligini va ishtirokchilar undan sovg'a tashab, o'ng tomondagi ishtirokchiga uzatishlari lozimligini aytadi. Sovg'a yasaladi va qabul qilib olingach, yana boshqatdan sovg'a yasalib, navbatdagi ishtirokchiga taqdim etiladi. Shu tariq barcha '' sovg'a " olmagunicha bu harakatlar takrorlanadi. O'yin oxirida kimning nima sovg'a qilgani va sababi so'raladi.
Maruza qismi. "Omonat masalasi"
Bir kuni bir keksa ayol yosh yigitga bolam men qolimdagi omonatimni senga bersam ikkimizning yolimiz bir ekan men aytgan manzilga oborib berolasanmi meni bu yerda ishlarim ko'p edi o'zim borolmayman. Agar sen yo'q desang ham hafa bolmayman, biroq hop desang meni mushkulimni oson qilarding bolam debdi. Yigit shunda keksa ayolga qarab, holajon havotir olmang omanatizni six aytgan manzilga yetqazib beraman debdi. Shunda keksa ayol bu dunyoda insondan faqat yaxshilik qoladi sen men yordami berding meni omonatimni olib mushkulimni oson qilding raxmat senga bolam ilohim senga o'xshagan qolidan kelganicha biz kabi insonlarga yordami beradigan insonlar kopaysin deb duo qolibdi. Yigit ham bu hayotda chindan ham insondan yaxshilik qoladi deb o'sha kundan boshlab savob amallarini ko'paytirib boribdi.
6. Yakuniy qism.
Tilla sandiq ichiga sovg'a solib berish" mashqi.
Maqsad: ko'rinmas g'aroyib sandiq ichiga sovg'a solish orqali yonidagi insonni kayfiyatini ko'tarish.
"Nima yoqdi yoki qayta aloqa" mashqi
Maqsad: Ishtirokchilarning kutuvlari amalga oshganlik darajasini aniqlash. Ularning mashgʼulotdan olgan bilimlarini mustahkamlanganligini aniqlash, xulosa qilishga oʼrganish.
Download 25.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling