Pq-92- sonli Qaroriga Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarma boshlig’i Xusan Mirzayevich tomonidan munosabat
Download 14.92 Kb.
|
munosabat
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92- sonli Qaroriga Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarma boshlig’i Xusan Mirzayevich tomonidan MUNOSABAT Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 19-yanvar kuni “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi qaror imzolandi. Ushbu qaror tub mohiyatida avvalo ishlarni “sektorbay” tizimdan “mahallabay” tizimga o’tkazish nazarda tutiladi. Ya’ni Yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla – tuman – viloyat – respublika” boshqaruv tizimi yaratiladi, shu maqsadda Mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy qilindi. Hozirgi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati muhim bir bo’g’inga aylandi. Sababiki, Yoshlar kelajagimiz bunyodkori hisoblanar ekan, ularning har bir taklifi muhim, ularning manfaatlari davlat manfaatlari bilan bir xil. Shu o’rinda Davlatimiz rahbari tomonidan har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy qilinganligi Yoshlarga oid davlat siyosati borasidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Nima uchun degan savolni beradigan bo’lsak, Yoshlar ishlari agentligining o’tgan davrdagi faoliyati davomida biz bir narsaga e’tiborimizni qaratdik- shu paytgacha birorta mahallada yoshlar manfaatini ko’zlovchi insonlarning bo’lmaganligi, eng quyi bo’g’inda biz bilan birga turib, har bir yoshning manfaatini himoya qiluvchi, bizga ko’makdosh bo’luvchi insonning yo’qligi bizning eng og’riqli nuqtalarimizdan biri edi. Mahalladagi Yoshlar ishlari agentligi vakili lavozimining joriy etilganligi endilikda davlat va jamiyat o’rtasida yana bir muhim ko’prikning paydo bo’lganligini, har bir mahallada Prezidentning Yoshlar manfaatini himoya qiluvchi ishonchli vakili borligini anglatadi. Yoshlarga oid davlat siyosatini quyi bo’g’inda ham har bir mahallada, har bir xonadonga kirib borishini ta’minlashda, huddi shu tizimda ularning muammolarini aniqlab tizimli hal qilishda endilikda bizda juda katta kuch bor. Prezident qaroriga muvofiq yoshlar yetakchilarining faoliyatidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Yetakchilar o’ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini madaniyat va san’atni targ’ib qilish, sog’lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish, ma’naviyat va kitobxonlikni targ’ib qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkorlik g’oyalarini qo’llab-quvvatlash kabi ustuvor yo’nalishlarda amalga oshiradi. Qo’shimcha tarzda 13 turdagi yordam Yoshlar yetakchisining tavsiyasiga binoan beriladigan tartib o’rnatiladi. Undan tashqari Qarorga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ish faoliyati natijalariga ko’ra Yetakchilarni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritadi, bu esa ish faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarni tanlovsiz, to’g’ridan-to’g’ri yuqori lavozimlarga ko’tarilish imkonini yaratadi. Yetakchining ish faoliyati to’liq raqamlashtiriladi. Mahallada yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini kunlik amalga oshirish holati, tadbirlarda mahalladagi yoshlarni to’liq qamrab olingalik darajasi, “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalarini raqamlashtirish darajasi, xorijda yurgan mahalla yoshlari bilan aloqaning yo’lga qo’yilganligini nazarda tutuvchi elektron reyting tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu reytingning amalga oshirilishi yoshlar va davlat o’rtasida mukammal aloqa o’rnatilishini ta’minlaydi. Prezidentimizning qarorni imzolashlari, bugungi olib borilayotgan islohotlardan maqsad yagona – Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muamolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish. Download 14.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling