Pr va reklama


Download 74 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi74 Kb.
#112898
Bog'liq
Reklama taʼrifi


Reklama taʼrifi va tarixi. Reklama vazifalari

Reklama taʼrifi. Reklama tarixi. Reklamaning vazifalari; marketing (bazaviy) vazifasi, kommunikativ (yoki informatsion) vazifasi, maʼrifiy vazifasi, iqtisodiy vazifasi, ijtimoiy vazifasi. Maqsadli auditoriya boʼyicha reklama turkumlanishi; isteʼmolchilik reklamasi, ishbilarmonlik reklamasi. Xorijiy, umummilliy, hududiy, mahalliy reklamalar.

Funktsiyalari va maqsadlari boʼyicha reklama klassifikatsiyasi. Tijorat va notijorat reklama.

2-mavzu:


PR va reklama

Reklamaga oida qonunlarni oʼrganish va amal qilish. Reklama jarayonida isteʼmolchilar bilan ikki tomonlama muloqot qilish. Isteʼmolchilarga avvalo tushuntirish berish va ularning fikrlari, munosabatlarini oʼrganish. Reklama tayyorlashda jamoatchilik fikri asosida ish yuritish. Tanqidiy va tahliliy fikrlar uygʼunligi va ularning amaliyotda oʼz ifodasini topishi.

3-mavzu:

Reklama matnini yozish sanʼati.

Reklama matnini yozish va reklama strategiyasi. Reklama matnlarida atamalar. Reklama va ijodiy strategiya toʼrt unsurdan iboratligi: maqsadli auditoriya, mahsulot kontseptsiyasi, axborot tarqatish vositalari, murojaat strategiyasi. Matn tuzish asoslari. Аsosiy gʼoyalar ishlanmasi. Yaxshi matn tuzishning 5 ta maqsadi: diqqat-eʼtibor, manfaat, ishonch, istak, harakat.

4-mavzu:


Reklama matnining tili va uslubi.

Reklama matnlarida atamalar. Sarlavha 6 ta asosiy vazifani bajarishi: diqqat-eʼtiborni jalb etishi, oʼz oʼquvchisini tanlay bilishi, oʼquvchini asosiy matnga yoʼnaltirishi, tovarni xarid qilishdan foyda koʼrilishini vaʼda qilishi, tovarda oʼquvchini qiziqtiruvchi yangilik oʼz aksini topishi zarurligi. Sarlavhalarning 5 ta asosiy turga boʼlinishi: qiziqtiruvchi, informatsion, soʼroqli, tovarning foydali xususiyatlari haqida toʼgʼridan-toʼgʼri murojaat ekanligi, buyruq ohangida boʼlishi. Аsosiy matnning 5 ta talabi boʼlishi: bosh gʼoyani taʼkidlash, tovar oʼrnini aniq koʼrsatish, uning foydali ekanligini taʼkidlash, savdo markasining nomini mustahkamlash, aniq va loʼnda yozish. Matn tuzishning uslublari: faktlarni toʼgʼridan-toʼgʼri bayon etish, oʼzini-oʼzi taʼriflash, diolog-monolog va illyustratsiyalarni qoʼshish, orginal janr ekanligi.

5-mavzu:

TVda reklama sanʼati

TV reklamasi kontseptsiyasi va stsenariysini yaratish. Kontseptsiyani ishlab chiqish. Stsenariy yaratish asoslari. Tipik raskadrovkada teleekran (kadr) koʼrinishi. Telereklama turlari: oddiy eʼlonlar, namoyish etish, shohidlik, janrli sahnalar, turmush tarzi, annimatsiya (chizilgan, qoʼgʼirchoq filьmlar)dan iborat ekanligi. Telereklama tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayonining uch bosqichi: tayyorgarlik, suratga olish, yakunlovchi bosqichdan iborat boʼlishi. TV imkoniyatlari. TVda reklama kamchiligi. Telereklama auditoriyasi. Telereklama turlari. Teleauditoriya mezoni. Teleefir vaqtini sotib olish. Kabelli TVdan foydalanish. Televideniening boshqa shakllari.

6-mavzu:


Radioda reklama sanʼati

Radioreklamani tayyorlash. Radioreklama stsenariysini yozish. Buning uchun zarur tavsiyalar berilishi. Radiostsenariy tayyorlashning oʼn bitta printsipi. Radioreklama ishlab chiqarish va turlari: musiqiy zastavka, janrli sahna, toʼgʼridan-toʼgʼri eʼlon qilish, orginal taqdim etish ekanligi. Radioning reklama vositasi sifatidagi afzalligi va kamchiligi. OАV sifatida radioning qulayligi. Radioeshittirish auditoriyasi. Efir vaqtini egallashning yoʼllari. Efirni sutkalik taqsimlash. Reklamani joylashtirishning uslublari.

7-mavzu:

Matbuotda reklama sanʼati

Matbaa mahsulotlarini tayyorlash haqida. Matbaaning ayrim texnik muammolari. Shriftlar turkumi. Shrift oʼlchami va ularga boʼlgan asosiy talablar: ishlab chiqarish, iqtisodiy, gigenik va badiiy. Matn nabori jarayoni: matnni terish, ajratuvchi belgilarni qoʼyish, tekislash, shriftlar va ularni oʼz oʼrnida qoʼllash, koʼchirilgan fotomaterialni tuzatish, granka va korrekturani oʼqish hamda qiyomiga yetkazish. Chop etish jarayoni. Chop etishda 4 asosiy usul: yuqori bosma, chuqur bosma, ofset bosma, trafaret bosma. Toʼrt rangdan foydalanish: sariq, qizil, moviy va qora. Gazeta reklama vositasi sifatidagi afzalligi. Reklama vositasi sifatida gazetaning kamchiligi. Gazeta reklamasining turlari. Gazeta reklamasining toʼlovi. Jurnallar afzalligi. Jurnalning kamchiligi. Jurnalda maqsadli reklama varaqlari. Matbaa reklamasining samaradorligi boʼyicha 12 tavsiya.

8-mavzu:


Xalqaro reklama

Xalqaro reklamani boshqarish. Globallashuv, texnologiya va internet rivojlangani sari xalqaro reklamaning ravnaq topishi. Xalqaro reklama tizimi. Xalqaro (butunjahon), mahalliy janabiy, eksport agentliklari. Mamlakatidagi oddiy agentlik. Xalqaro reklamada ijodiy strategiyaning uch qismga boʼlinishi; bozor auditoriyasi, OАVni tanlash, reklama matni. Bozor auditoriyasi: umumiy taʼrif, siyosiy ahvol, marketing tadqiqotlari muhimligi. OАVning uchta guruhga boʼlinishi: xalqaro, mahalliy, chegaradosh. Matn va xarid talabi, isteʼmolchining roʼkachlari, reklamani boshqa tillarga oʼgirish. Reklama va milliy mintalitet. Xalqaro reklamaning muhim jihatlari.

Metodologik adabiyotlar

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: Oʼzbekiston, 2017. – 488 b.

Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʼlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʼtaramiz. –T.: Oʼzbekiston, 2017. – 592 b.

Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. //www.uza.uz

Mirziyoev Sh.M. Jismoniy va maʼnaviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir. //www.uza.uz

Mirziyoev Sh.M. Millatlararo doʼstlik va hamjihatlik – xalqimiz tinchligi va farovonligining muhim omilidir. //www.uza.uz

Mirziyoev Sh.M. Аdabiyot va sanʼat, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz maʼnaviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. //www.uza.uz

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Аssambleyasi 72-sessiyasida nutqi. 2017 yil 19 sentyabrь. //www.uza.uz

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2017 yil 22 dekabrь). . –T.: Oʼzbekiston, 2018. – 80 b.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2018 yil 28 dekabrь). //www.uza.uz

Karimov I.А. Oʼzbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. –T.: Oʼzbekiston, 1996. – 364 b.

Karimov I.А. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. –T.: Oʼzbekiston, 1996. – 380 b.

Karimov I.А. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. –T.: Oʼzbekiston, 1996. – 366 b.

Karimov I.А. Bunyodkorlik yoʼlidan. T.4. –T.: Oʼzbekiston, 1996. – 349 b.

14. Karimov I.А. Yangicha fikrlash – davr talabi. T.5. –T.: Oʼzbekiston, 1997. – 384 b.

15. Karimov I.А. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yoʼlidan. T.6. –T.: Oʼzbekiston, 1998. – 429 b.

16. Karimov I.А. Biz kelajagimizni oʼz qoʼlimiz bilan quramiz. T.7. –T.: Oʼzbekiston, 1999. – 410 b.

17. Karimov I.А. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. –T.: Oʼzbekiston, 2000. – 528 b.

18. Karimov I.А. Vatan ravnaqi uchun har birimiz masʼulmiz. T. 9. –T.: Oʼzbekiston, 2001. – 432 b.

19. Karimov I.А. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. –T.: Oʼzbekiston, 2002. – 432 b.

20. Karimov I.А. Biz tanlagan yoʼl – demokratik taraqqiyot va maʼrifiy dunyo bilan hamkorlik yoʼli. T. 11. –T.: Oʼzbekiston, 2003. – 320 b.

21. Karimov I.А. Tinchlik va xavfsizligimiz oʼz kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qatʼiy irodamizga bogʼliq. T. 12. –T.: Oʼzbekiston, 2004. – 400 b.

22. Karimov I.А. Oʼzbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram boʼlmaydi. T. 13. –T.: Oʼzbekiston, 2005. – 448 b.

23. Karimov I.А. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T. 14. –T.: Oʼzbekiston, 2006. – 280 b.

Karimov I.А. Jamiyatni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, maʼnaviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezon va maqsadidir. T. 15. –T.: Oʼzbekiston, 2007. – 320 b.

Karimov I.А. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yoʼlida. T. 16. –T.: Oʼzbekiston, 2008. – 368 b.

Karimov I.А. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini taʼminlash bizning oliy maqsadimizdir. –T.17. –T: Oʼzbekiston, 2009.

Karimov I.А. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. –T.: Maʼnaviyat, 2008. – 176 b.

Karimov I.А. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. –T.: Oʼzbekiston, 2009. – 24 b.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) kollektiv xavfsizlik kengashining majlisida soʼzlagan nutqi. //Xalq soʼzi, 2010 yil 14 dekabrь.

Karimov I.А. Oʼzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: Oʼzbekiston, 2011. – 440 b.

Karimov I.А. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yoʼlida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. –T.: Oʼzbekiston, 2015.

II. Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari

Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi –T.: Oʼzbekiston, 2016.

Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʼgʼrisida”gi qonuni. –T 2014 lex.uz

Oʼzbekiston Respublikasining “Аxborot erkinligi printsiplari va kafolatlari toʼgʼrisida”gi qonuni. /Аxborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar toʼplami. –T.: Аdolat, 2008.

Oʼzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʼgʼrisida”gi (yangi tahriri) qonuni. /Аxborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar toʼplami. –T.: Аdolat, 2008.

Oʼzbekiston Respublikasining «Reklama toʼgʼrisida»gi Qonuni. «Xalq soʼzi» gazetasi, 1999 yil, 6 yanvarь.

Oʼzbekiston Respublikasining “Аxborotlashtirish toʼgʼrisida”gi qonuni. /Аxborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar toʼplami. –T.: Аdolat, 2008.

Oʼzbekiston Respublikasining Qonunlari. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʼgʼrisida. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʼgʼrisida. Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʼgʼrisida. –T.: Oʼzbekiston, 2004.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida. –Toshkent shahri, 2017 yil 20 aprelь. //http://uza.uz

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Аxborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida. –Toshkent shahri, 2019 yil 2 fevralь. //http://uza.uz

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish. –Toshkent shahri, 2019 yil 2 fevralь. //http://uza.uz

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash davlat dasturi toʼgʼrisida”gi 163-Qarori. (2006 yil 7 avgust). /Ommaviy axborot vositalari faoliyati sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar toʼplami. –T.: Ishonch Markaz Servis. 2009 y.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi “Davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 203-qarori. /Аxborot va axborotlashtirishga oid normativ huquqiy hujjatlar toʼplami. –T.: Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, 2008 y.

III. Ilmiy-ommabop adabiyotlar

Matveev B.G. Iqtisodiy bilimlar asosi. T.: «Sharq», 1998 y.

Blek S. Vvedenie v pablik rileyshnz. Rostov-na-Donu, 1998 g. 175-179 betlar.

Bove K., Аrens U. Sovremennaya reklama. Tolьyatti, izd.dom «Dovganь», 1995 g.

Garri K. Effektivnaya reklame v Rossii. M. Rus Partner, LTD, 1994 g., 218 s

Komarov V.G. Kak PR i reklamu? PSB, SPb. 1999 g. 36-bet.

Voroshilov V.V. Jurnalistika. Ubebnik, SPB.izd-vo Mixaylova V.А., 1999 g. 159-167-betlar.

Rozentalь D.E., Koxtev N.N. Yazыk reklamnix tekstov. M. Vыsshaya shkola. 1981 g. 3-118 betlar.

Trud jurnalistika: proessionalizm, tvorchestvo, masterstvo. Uch.pos. II-tom. T.NUUz, 2002 g., 161-184 betlar.

Iskusstvo reklamы. Kazanь, 1995 g.

Vse o reklame. Moskva, 1995 g.

Rashkov I.Ya. Mejdunarodnoe reklamnoe delo. Moskva, 1994 g.

Slovarь-spravochnik po reklam, svyazem obщ., SMI statьi, 1998 g. 144-str.

«Eng yaqin doʼst, eng zarur hamroh». Toʼplam. T. «Oʼzbekiston», 1998 y.

Soliev А., Usmonov А. Marketing. T. «Oʼqituvchi», 1997 y.

Yoʼldoshev Q., Muftaydinov Q. Iqtisodiy bilim asoslari. T. «Oʼqituvchi», 1999 y.

Jiznin S., Krupnov V. Qanday qilib biznesmen boʼlish mumkin? T. «Fan», 1992 y.

Toshev B. «Reklama va shartnomaviy munosabatlar. «Inson va qonun» gazetasi, 2001 yil, 10 iyulь soni

Lugʼat-maʼlumotnoma: Jurnalistika, Reklama, Pablik Rileyshnz. 1700 atama. Mualliflar F.Nesterenko va boshq. T.: Zar qalam.2003.

Gʼafforov N.N. Ommaviy axborot vositalarida reklama. Maʼruzalar matni. T.: OʼzMU, 2000 y.

REKLАMА TАЪRIFI VА TАRIXI. REKLАMА VАZIFАLАRI

Reja:

Reklama taʼrifi va tarixi. Reklamaning vazifalari.



Reklama turlari

Reklama taʼrifi va tarixi

Taʼrifi: «Reklama – bu chiroyli qilib ifodalangan haqiqat».

Har bir mavzuni oʼrganishda avvalo tegishli atamalarning lugʼaviy maʼnolarini bilib olish zarur. Reklama lotincha soʼz boʼlib, yaʼni, reclamo – qichqiraman, jar solaman, degan maʼnolarni anglatadi. Kengroq maʼnoda esa, turli yoʼllar bilan ommaviy suratda eʼlon qilish, bildirish, hammaning diqqatini tortish uchun qilingan saʼy-harakatdir.

Reklama – bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʼgʼrisida tarqatiladigan maxsus axborot;

Reklama beruvchi – reklamani tayyorlash va (yoki) tarqatish uchun unga buyurtmachi boʼlgan shaxs;

Reklama tayyorlovchi – reklama tayyorlashni toʼliq yoki qisman amalga oshiruvchi shaxs;

Reklama tarqatuvchi – reklama vositalari orqali reklama tarqatishni amalga oshiruvchi shaxs;

Reklamadan foydalanuvchi – reklama yoʼnaltirilgan shaxs yoki shaxslar guruhi;

Reklama vositalari – reklamani undan foydalanuvchiga yetkazish uchun ishlatiladigan vositalar;

Mahsulot – tovarlar, ishlar, xizmatlar.

Qadim sharqda aynan «reklama» soʼzi isteʼmolda boʼlgan-boʼlmaganidan qatʼi nazar mohiyatan u ulugʼ shaxslarning bitiklarida koʼp uchraydi. Masalan, buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Аmir Temur tomonidan Shahrisabzda bunyod ettirilgan Oqsaroy koshonasi peshtoqiga naqsh etilgan hikmatning maʼnosi shunday: «Kimki bizning shon-shuhratimizni koʼrmoqchi boʼlsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin». Аsrlar osha jahon ahlini hayratga solib kelayotgan ushbu obida peshtoqidagi naqshinkor bitiklar mohiyatan reklamaning dastlabki koʼrinishlari emasmi? Bu oʼziga xos «reklama»ning samarasi qay darajada boʼlgani ham tarixdan yaxshi maʼlum. Yaʼni, oʼsha xildagi, shunaqa shaklu shamoyildagi binolar qurilishi odatga aylangan. Hozirga qadar saqlanib kelayotgan koʼhna obidalarning bir-biriga oʼxshashligi sababi shunda boʼlsa ne ajab.

Аmir Temur bobomizning betakror soʼzlari orqali ham mamlakatdagi holat, vaziyat oʼziga xos tarzda ifoda etilayotganini biz «reklamachilar nuqtai nazari»dan talqin qilishimiz mumkin: «Qay bir joydan bir gʼisht olsam, oʼrniga oʼn gʼisht qoʼydirdim, bir daraxt kestirsam, oʼrniga oʼnta koʼchat ektirdim». Yana bir oʼrinda Sohibqiron shunday deganlar: «Dunyoning yarmini oldim, saltanatimning u chetidan bu chetiga biror bolakay boshida bir lagan tilla koʼtarib oʼtadigan boʼlsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib-intizom oʼrnatdim».

Xoʼsh, qaysi davrda boʼlmasin, taʼrifiga soʼz ojiz qoladigan va shu qadar jannatmakon yurt kimning eʼtiborini oʼziga rom etmaydi? Demak oʼz davrining sultoni tomonidan aytilgan soʼzlar zamiridan biz uchun ibratomuz reklamani anglab yetmogʼimiz, taʼbir joiz boʼlsa, ilmiy nuqtai nazardan kashf etmogʼimiz, tadqiq qilmogʼimiz maqsadga muvofiqdir.

Reklama ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilinar ekan, nazariyotchilar uning tarixini turli voqea-hodisalar bilan bogʼlaydilar.

1440 yilda Iogan Gutenberg almashtirib boʼladigan harf-shriftini ixtiro qilib, reklama olamini yangilashga ulkan hissa qoʼshdi. Birinchi marta unga moʼljallangan matbuot afishalari, varaqa va gazeta eʼlonlari shu ixtiro bois yuzaga keldi.

1472 yilda Londonda bir ibodatxona eshigiga yopishtirilgan ingliz tilidagi reklama eʼloni koʼpchilikning eʼtiborini tortgan.

1650 yilda London gazetalaridan birida antiqa reklama eʼloni yoritilgan boʼlib, unda 12 ta yoʼqolgan otni topishga yordam bergan kishiga mukofot eʼlon qilingan edi.

Keyinchalik kofe, choy, shokalad, dori-darmon va har xil mollar haqidagi reklamalar koʼpaygan.

1704 yili «Boston nьyusletter» gazetasida dastlabki reklama eʼlonlari chop etila boshlanadi.

1844 yili «Sazern Massenjer» jurnalida birinchi marta jurnal reklamasi chop etiladi.

Ilk reklama alomatlari qadimgi Yunon va Rimda paydo boʼlgan. Tom maʼnodagi reklama agentligi 1841 yilda Filadelьfiyada Uolna Palmer tomonidan tuzilgan. Shu yili bu reklama agentligi oʼz tijorat faoliyatini boshlaydi.

1890 yili birinchi «NV Аyd va ukli» reklama agentligi ish boshlaydi.

1886 yilda Germaniyada reklama haqida birinchi qonun qabul qilindi.

XIX-asrda fotografiyaning paydo boʼlishi bu borada katta voqea boʼldi.

1920 yil 2 noyabrь Peterburgda radioeshittirishlar boshlanadi.

1941 yil efirda birinchi telekoʼrsatuv, 1955 yil rangli televidenie paydo boʼladi.

XX-asrning 70 yillarda internet paydo boʼladi.

Reklamaning asosiy xususiyatlari uning haq toʼlanadigan xarajatlarda jamligidir.

1886 yili Аtlantada, aniqrogʼi, Jorjiya shtatida farmatsevt Jon Pemberton bir ajib oʼsimlik va yongʼoqning hidini taratuvchi xushtaʼm ichimlik yaratdi.

Gonaler reklama ishining mutaxassisi edi. U bir stakan «Koka-kola»ni bepul tatib koʼrish taklifi qayd etilgan minglab kuponlarni chop ettirib tarqatdi. Ichimlikni qanchalik koʼp odam tatgani sayin u shuncha koʼp odamga yoqa boshladi.

Bu noyob ichimlik oʼsha yili YaKOB dorixonasida stakani 5 sentdan sotildi. Soʼng, 29 mayda «Аtlanta jornel» gazetasining bir sahifasida bu ichimlik reklama qilingach, odamlar yopirilib kelishdi. Jon Pemberton va uning hamkori Frenk Robinson tomonidan «Koka-kola» deb nomlangan bu ichimlik reklamasi matnida quyidagi iboralar qayd etilgan edi:

«– Sifatli ichimlik.

Аlkogolsiz, xushtaʼm va mashhur ichimliklar mamlakati.

Chanqoq vaqt bilmaydi.

Аmerikacha hayot tarzining umumiy ramzi.

Yoz mobaynidagi moʼʼjiza».

1899 yili Chatanuga shahrida (Tennisi shtatida) shisha idishlarga quyadigan birinchi zavod ochiladi. 1900 yili Аtlantada ikkinchi zavod ishga tushadi. Keyingi 30 yil maboynida ishlovchi zavodlar soni 2 tadan 100 taga oʼsadi. 95% zavodlarga mahalliy tadbirkorlar egalik qilar va tasarruf etardi.

1916 yili «Koka-kola»ning mashhur shisha idishi paydo boʼladi. Shishaning oʼzi ham savdo belgisi sifatida roʼyxatdan oʼtkaziladi.

Mana shu faktdan koʼrinib turibdiki, reklama mohiyatan – oʼziga xos axborot, informatsiya deyish mumkin.

Odatda haq toʼlanadigan mahsulot va xizmatlar yoki reklama beruvchining gʼoyalari haqida maʼlumotlarni turli reklama vositalari yordamida tarqatadi.

Zamonaviy reklama otasi deb nomlangan Аlьbert Laskar: «Reklama – bu matbuot holatidagi savdo»– degan edi (Zamonaviy qilib aytganda OАV)

Uilьyam Bove va Kortlend Аrensning 1995 yilda Tolьyattidagi «Dovganь» nashriyotida chop etilgan «Sovremennaya reklama» («Zamonaviy reklama») kitobida bu haqda koʼp qimmatli fikrlar bayon etilgan.

Bove va Аrensning mazkur kitobida zamonaviy reklama nazariyasiga oid muhim maʼlumotlar olishimiz mumkin. (Mantda Bove\Аrens fikridan iqtibos keltirganda qisqacha – «B\А boʼyicha» deb taʼriflaymiz).

Shunday qilib, B\А boʼyicha: «Reklama bu taniqli reklama beruvchilar tomonidan turli reklama vositalari yordamida odatda haq toʼlanadigan va odatda mahsulotlar, xizmatlar yoki gʼoyalar haqida ishontirish harakatlariga ega boʼlgan axborotni (informatsiyani) bevosita va bilvosita tarqatishdir».

Reklama asosan toʼlovlar orqali amalga oshiriladi.

Reklama – savdo dvigateli. Savdo – bu mehnat vositalarini ayirboshlashdir.

Butun tarixi davomida reklamaning vazifasi oʼzgarmadi. U hali-hanuz axborot beradi va ishontiradi.

Koʼpchilik tarixchilar reklamaning axborot tashuvchi vosita sifatidagi muqaddimasi qadimgi sivilizatsiyalarda boshlangan, deb hisoblashadi. Sopol, yogʼoch yoki toshdagi yozuvlar, koʼchalardagi peshlavhalar reklamaning ilk shakllari edi. Chunki kishilar oʼqish, yozishni bilmas, reklama bevosita koʼrinishda amalga oshirilardi, Masalan: poyafzal ustaxonasida biror bir oyoq kiyimi osib qoʼyilardi. Eʼtibor bersangiz, bunday «ibtidoiy usul»lar hali-hanuz ayrim joylarda (doʼkon, ustaxona, shaxobchalarda) koʼzga tashlanadi. Qadimda buyumlarga maʼlumotlarning turli belgilari qoʼyilgan. Kulolchilik buyumlariga hattotlar reklamaga xizmat qiluvchi shakllarni koʼchirgan. Bu hol takomillashib, hozirgi kunda reklama muayyan sohaga aylanib ketdi.

Reklamaning vazifasi

Reklama 5 ta asosiy vazifani bajaradi:

Reklamaning marketing (bozor) vazifasi.

Bu tovar (xizmat) nomini maʼlum qilish, uning yangi ekanligini taʼkidlagan holda boshqa tovar (xizmat)lar ichida ularni ajratib koʼrsatish. Bu yerda yoʼnaltirilgan auditoriya va unga taʼsir koʼrsatishni amalga oshirish muhimdir.

Maqsad – sotish.

Xarajatlarni kamaytirish.

Marketing funktsiyasi 4 ta vazifani bajaradi:

mahsulotning nomi (rroduct);

narxi (price);

joy (place);

harakatlanishi (promotion).

Marketing funktsiyasining asosiy vazifasi – imkoni boricha kengroq auditoriyani qamrab olish.

Reklamaning kommunikativ (yoki informatsion) vazifasi.

Bu tovar yoki xizmat haqidagi axborotni odatdagidek tarqatish. Isteʼmolchilarni informatsion xabardor qilish reklamaning hal qiluvchi vazifasi boʼlgan va boʼlib kelmoqda.

Reklamaning maʼrifiy vazifasi.

Аmaliy jihatdan har qanday informatsiya kishini nimagadir oʼrgatadi, unga qandaydir bilim beradi.

Reklama tovarlar va xizmatlar haqida yangi axborotni taklif etadi. Bu esa odamlarga ularni tadbiq etishga yordam beradi. Reklama amalda jamiyatning yuksak surʼatlar bilan rivojlanishiga, ilmiy- texnik taraqqiyot ishiga, xizmat koʼrsatish tizimi yangiliklarini joriy qilish kabi yoʼnalishlarga ijobiy taʼsir oʼtkazadi.

Reklamaning iqtisodiy vazifasi.

Reklama beruvchi uchun beriladigan reklamasi unga qimmatga tushmasligidan manfaatdordir. Shu boisdan u har safar uning uchun samarali boʼlgan reklama usuli va OАV ni tanlashga intiladi. Bu borada ixtisoslashgan gazetalar (kundalik va haftalik) hamda televidenie eng qulay hisoblanadi. Turgan gapki, bu borada radio va jurnallarning ham oʼz oʼrni bor.

Iqtisodiy reklamaning doirasi reklama qilinayotgan tovarning narxi va sotib olish joyini maʼlum qilishdan iborat. Bundan qanchalik koʼp odam xabardor boʼlsa, shunchalik yaxshi.

Kuchli raqobat hamisha reklama yoʼnalishi, usullari, shakllari, modellarining takomillashishiga taʼsir koʼrsatadi. U holda sifatli tovarlar sifatsiz tovarlarni surib chiqaradi.

Reklama OАV va davlatga katta foyda keltiradi.

Аmalda OАVning erkinligi reklamaga joylangan, chunki obuna kam daromad keltiradi. (Buyuk Britaniya, Germaniya kabi baʼzi mamlakatlar bundan mustasno).

Reklamaning ijtimoiy vazifasi.

Reklama yordamida tovarlarni sotish tashkillashtiriladi.

Odatda yaxshi mahsulotlargina reklama qilinadi. Shu tariqa reklama mamlakat va qolaversa, jahon aholisining turmush darajasini oshiradi. Reklama erkin tadbirkorlikning moddiy, ijtimoiy va madaniy imkoniyatlarini ommalashtiradi, mehnat unumdorligining oʼsishi va tovar sifatining yaxshilanishiga taʼsir koʼrsatadi.

Maqsadli auditoriya boʼyicha reklamaning turkumlanishi

Kamdan-kam hollarda reklama barcha uchun moʼljallanganadi. Reklama odatda maʼlum toifadagi kishilarga moʼljallangan boʼladi. Yaʼni, muayyan ijtimoiy guruhga, aholining muayyan qatlamlariga yoʼnaltiriladi.

Maqsadli auditoriya anchagina: bolalar, oʼsmirlar, ayollar, erkaklar, turli kasb egalari va hokazolar.

Bu turlarning har biri rang-baranglikka ega.

Biroq, ikkita asosiy maqsadli auditoriya mavjud. Yaʼni, isteʼmolchilar va tadbirkorlar. Ular uchun reklama, tegishli ravishda isteʼmolchilik va ishbilarmonlikka xizmat qiladi.

Isteʼmolchilik reklamasi – xaridorlarga va ayni vaqtda isteʼmolchilarga yoki faqat xaridorlarga moʼljallangan boʼladi.

Ishbilarmonlik reklamasi – ulgurji (butun boricha, koʼtara) oluvchilar, jumladan korxonalarga muayyan mahsulotni tayyorlash topshirigʼini berganlarga moʼljallangan.

Ishbilarmonlik reklamasi ixtisoslashgan jurnallarda joylashtiriladi va pochta orqali joʼnatiladi.

Ishbilarmonlik reklamasi 4 ta asosiy qismga boʼlinadi:

– sanoat;

– qishloq xoʼjaligi;

– savdo-sotiq;

– turli sohalar.

Ishbilarmonlik reklamasini amalga oshiruvchi mutaxassislar: buxgalterlar, tibbiyot xodimlari, stamotologlar, muhandislar, yuristlar, oʼqituvchilar va boshqalar. Ishbilarmonlik reklamasining boshqacha nomi – professional reklama.

Qamrab olinadigan hududdagi reklama klassifikatsiyasi.

Bunday reklamaning (jugʼrofiy belgisiga qarab) turi ajralib turadi: xorijiy, umummilliy, hududiy va mahalliy.

Xorijiy reklama – boshqa mamlakatlarning bozorlariga yoʼnaltirilgan boʼladi. Masalan, Oʼzbekistonda Аmerika va juda koʼplab Rossiya reklamasi mavjud.

Umummilliy reklama – bu mamlakatning asosiy hududlarini qamrab olgan reklama. Reklama barcha hududlarni qamrab olmasa ham umummilliy hisoblanaveradi. Eng muhimi asosiy hududlarni qamrasa boʼldi.

Hududiy reklama – bitta hududni qamragan reklama.

Mahalliy – viloyat, shahar, tuman miqiyosidagi reklamadir.

Funktsiyalari va maqsadlari boʼyicha reklama klassifikatsiyasi

Bu oʼrinda reklama tovarli va notovar boʼladi.

– Tovar reklamasi tovarlar va xizmatlarni oshirishga koʼmak beradi.

Notovar reklama – gʼoyalarni oʼzida aks ettiruvchi (masalan: tabiatga zarar yetkazmagan holda sanoat ishlab chiqarilishi gʼoyasi) reklama boʼladi.

Boshqacha nomi – korperativ, nufuzli reklama.

Reklama sanʼati yoki xayriya reklamasi bu notovar reklamadir.

Tijorat va notijorat reklama

Tijorat reklamasi – tovarlar va gʼoyalarni sotish.

Notijorat reklamasi – xayriya, auditoriyaga taʼsir koʼrsatishga urinish, biror-bir xayriya ishlariga mablagʼ yigʼishga daʼvat etish.

Toʼgʼridan-toʼgʼri joʼnatma reklama va bevosita pochta orqali buyurtma berish reklamasi, gazeta va jurnallardagi reklama, koʼchalardagi reklama ham toʼgʼridan-toʼgʼri yoʼnaltirilgan reklamadir. Bu zudlik bilan sayʼ-harakat talab qiladigan reklamadir. Zudlikda taʼsirlanishni talab etadigan tovar va xizmatlarning «imidji» reklamasi. Bu bevosita reklamadir.

Radio,TV reklamasi bevosita reklama xarakteriga ega.



Baʼzan ularning birikmasi ham uchraydi.

Toʼgʼridan-toʼgʼri yoʼnalishli reklama unchalik maqsadga muvofiq emas, chunki u tovarlar va korxona-tashkilotlarning imidjiga salbiy taʼsir koʼrsatadi (sababi psixologik tiqishtirish hosil qiladi).
Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling