Hozirgi kunda Mobil dasturlash sohasi kundan-kunga rivojlanib bormoqda va bu
tizimda foydalanuvchilar soni oshgan sari oshmoqdagi kamaygani yo’q. Buni
Android dasturchilariga bo’layotgan talablardan ham bilib olsak bo’ladi.
(
Indeed.com
)
Android platformasiga ilova yaratish uchun sizda
Java dasturlash tilida
(yoki
Kotlin),
Android APIs
, va
Android application architecture
dan xabaringiz bo’lishi
kerak.Bundan tashqari, yana bir muhim yordamchi albatta foydali, har tomonla
qulay sharoitga ega bo’lgan dastur kerak.Ko’p yillar davomida, Eclipse IDE
Android dasturlash uchun ishlatilib kelindi.Lekin bugun Android Studio o’zining
imkoniyatlari bilan yetakchilikni qo’lga oldi.
Android Studio da yangi bo’lsangiz, bu maqola siz uchun ancha foydali bo’ladi deb
o’yladim.Men qisqacha Android development platformasi bilan tanishtirib o’taman
so’ngra qanday qilib ko’chirishni, o’rnatishni, va birinchi ilovani chiqarishni
o’rganamiz.
Android Studio
Android Studio Google ning Android ilovalarini qurish uchun ishlab chiqqan
rasmiy IDE hisoblanadi.Bu IDE IntelliJ IDEA asosida qurilgan, bu IDE
dasturchilarga kerakli bo’lgan ko’plab foydali imkoniyatlarni taqdim etadi.
Android Studioni Ko’chirish (Download)
Google Android Studioni Windows, Mac OS X va albatta Linux platformalari
uchun ishlab chiqqan.Siz Android studioni Android Studioni
rasmiy sahifasidan
ko’chirib
olishingiz mumkin, u yerda siz Android Studioga kerak bo’ladigan SDK
ni ham topishingiz mumkin bo’ladi. Android Studioni ko’chirishdan oldin
o’zingizni kompyuteringizni tuzilishiga qarab chiqing:
Do'stlaringiz bilan baham: