«Men to‘polonchi emasman»
To‘qqiz yoshdagi holat
O‘qituvchining nazaridan qolmaslikka intiladi. Sinfdoshlari orasida tayin do‘stlari bo‘ladi. O‘rganayotganlari kundalik hayotda kerak bo‘lishini anglaydi. Vazifalarni mustaqil bajara oladi. O‘quvchilik burchlarini sekin-asta tushunib yetadi.
sinfda o‗zini ancha dadil his qiladi. Alohida qobiliyatini namoyish etishga urinadi. Jamoadagi o‗rnini mustahkamlash uchun o‗z qiziqishlari, iqtidorini oshkor qila boshlaydi. Bilimi kengaygan sari o‗qishga munosabati kuchayadi. Ijodiy izlanishda ham mustaqillashadi.
Ayni yoshdagi bola idroki aniq va ravonligi bilan avvalgi davridan farq qiladi,
deydi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 281- maktab boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi Nigora Azimova. — Sinchkovlikka o‗rganadi. Ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilar unga yosh boladek emas, balki o‗z vazifalari, majburiyatlari bor, o‗z xususiyatlariga ko‗ra hurmatga sazovor shaxs deya munosabatda bo‗lishlarini istaydi. O‗z-o‗zini boshqarish malakasini egallay boshlaydi, vaziyatga qarab ish yuritadi. O‗ziga baho bera oladi. «Men yaxshi bolaman» yoki «Men to‗polonchi emasman» kabi fikrlarini isbotlashga urinadi. Yana bir xususiyati, faqatgina o‗z fikrini bayon etibgina qolmay, suhbatdoshining diqqatini o‗ziga jalb qilishga ham urinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |