Pravoslav cherkovlari diniy atributlari Reja: Pravoslav oqimi haqida Pravoslav oqimi bayramlari Pravoslav cherkovining asosiy xususiyatlari Xulosa
Download 102.81 Kb.
|
Azizbek dinshunoslik
Rus Pravoslaviyasining ko’p kunlik postlari to’rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel kuni oldidan, Bogoroditsa uyqusidan oldin va Iso tug’ilgan kundan oldin. Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi. Pasxa Isoning o’lganidan so’ng qayta tirilganini nishonlab o’tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprelidan may oyining birinchi yakshanbasigacha o’tkaziladigan bayram. U «Ottsovskiy den»dan avval o’tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi pesax bayrami bilan bog’liq bo’lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to’la ajralib chiqqach pasxa yangicha tus olgan. Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular: Iso tug’ilishi, Sretenie, Isoni cho’qintirish, Preobrajenie, Quddusga kirish, Isoning osmonga ko’tarilishi, Troitsa Muqaddas butning osmonga ko’tarilishi, Blagoveshanie (Injilning nozil bo’lishi), Rojdestvo Bogoroditsi (Isoning xochga osilishi) va hakozo.X asr o‘rtalarida nasroniylik katolitsizm va pravoslaviyaga asta-sekin ajrala boshladi. 1054- yildan keyin, papa Lev IX Vizantiya imperiyasi cherkovini la'natlagach, pravoslaviya mustaqil yo‘nalish sifatida butunlay ajralib chiqdi. Avval boshdanoq pravoslaviyening yagona markazi bo‘lmagan, chunki Vizantiyadagi cherkov hokimiyati imperiyaning eng katta viloyatlarida joylashgan to‘rt patriarx o‘rtasida taqsimlangandi. Bular — Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya (Yunon) va Quddus patriarxlari edi. Vizantiya imperiyasi parchalanib ketgach, patriarxlarini har biri mustaqil pravoslav cherkovini boshqara boshladi. Keyinchalik Yaqin sharq va Sharqiy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham avtonom pravoslav cherkovlari vujudga keldi. Pravoslav ta'limoti asosini muqaddas kitob (Bibliya) hamda muqaddas rivoyatlar (cherkov rahnamolari hamda dunyo nasroniylari yig‘ini qarorlari) tashkil etadi. Pravoslavlar ham, katoliklar singari, nasroniylikning asosiy aqidalarini e'tirof etishadi. Ular — Xudoning uch birlikdan iboratligi, xudoning gavdalanishi, istigfor, Iisus Xristning tirilishi va arshi a'loga ko‘tari l ishi dir.Download 102.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling