Предмет физической химии


Termodinamikaning birinchi qonuni


Download 2 Mb.
bet6/6
Sana25.10.2023
Hajmi2 Mb.
#1719781
1   2   3   4   5   6

Termodinamikaning birinchi qonuni

  • Sistemaga tashqi muhitdan berilgan issiqlik uning ichki energiyasini oshirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi.
  • δQ = dU + δW
  • Q-issiqlik
  • U-ichki energiyaning o’zgarishi
  • W-bajarilgan ish
  • Birinchi turdagi abadiy ishlovchi dvigatel bo’lishi mumkin emas, ya’ni tegishli miqdordagi issiqlik sarf qilmasdan ishlaydigan mashinani qurish mumkin emas
  • Sistemaga berilgan issiqlik uning ichki energiyasining o’zgarishiga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi.

Ikkinchi qonunning asosiy vazifasi jarayonning yo`nalishi va borish chegarasini oldindan nazariy, ya’ni tajriba o`tkazmasdan aytib berishdan iboratdir.

  • Ikkinchi qonunning asosiy vazifasi jarayonning yo`nalishi va borish chegarasini oldindan nazariy, ya’ni tajriba o`tkazmasdan aytib berishdan iboratdir.
  • Agar biror jarayonning tashqi belgilariga qarab, u qaysi jarayonga mansubligi aniqlansa, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunidan foydalanib, jarayonning qaysi tomonga yo`nalishini oldindan aytish mumkin. Buni aniqlashda termodinamik funksiyalar deb atalgan kattaliklar Gelmgols funksiyasi, Gibbs funksiyasi, kimyoviy potentsial qiymatlarining o`zgarishidan foydalaniladi. Bu funksiyalarning o`zgarishi kimyoviy muvozanatning qanday sharoitda qaror topishini ko`rsatadi, ya’ni muvozanatning termodinamik shartlarini aniqlab beradi. Shunga ko`ra, termodinamikaning II bosh qonuni asosan, yuqorida nomlari keltirilgan funksiyalarning turli jarayonlardagi o`zgarishini o`rganadi.
    • Karno sikli. Foydali ish koeffitsiеnti.
  • II bosh qonun 1824 yilda S. Karno tomonidan ochilgan va Karno sikli bilan bog’langan. Shunga ko`ra, bu sikl amaliy hamda tarixiy ahamiyatga egadir. Karno siklida, o`z-o`zicha bormaydigan – issiqlikni ishga aylanish jarayoni o`z-o`zicha boruvchi jarayonni issiqdikning issiq jismdan sovuq jismga o`z-o`zicha o`tish jarayoni bilan qo`shib birgalikda olib borganda amalga oshishi mumkinligi, shu bilan birga texnikada amaliy ahamiyatga ega bo`lgan foydali ish koeffitsienti ning nimalarga bog’liqligi va uni oshirish usullari ko`rsatilgan.
  • Karno sikli T1 – temperaturali issiqlik manbai va T2 – temperaturali sovitkich rezervuaridan iborat. Ular juda katta hajmda bo`lib, isitkichdan issiqlik olinganda va sovitkichga issiqlik berilganda, ularning temperaturasi deyarli o`zgarmaydi. Hamma jarayonlar kvazistatik muvozanat holatidan cheksiz kichik farq qiladigan holatda bosqichlab olib boriladi. Bular esa hamma jarayonni termodinamik qaytar ravishda olib borishni ta’min qiladi. Karno sikli aylanma jarayon bo`lib, jarayondan so`ng sistema va tashqi muhit o`zining oldingi holatiga qaytadi. Ikki rezervuar o`rtasida ishchi jism – ideal gaz o`rnatilgan, gaz kengaygan-siqilganda porshen ideal holatda harakat qiladi.
  • Karno siklida ish bajarish siklik, ya’ni aylanma jarayon natijasida amalga oshiriladi. Bu sikl birin-ketin boradigan to’rtta qaytar jarayondan iborat:
  • a) gazning izotermik kengayishi – AB izotermasi;
  • b) gazning adiabatik kengayib, sovishi – BC adiabatasi;
  • v) gazning izotermik siqilishi – CD izotermasi;
  • d) gazning adiabatik siqilib, isishi – DA adiabatasi;
  • adiabata
  • adiabata
  • hajm
  • izoterma
  • izoterma
  • bosim
    • Karno sikli.

Energiyaning saqlanish qonuni

  • Energiya yo’qdan bor bo'lmaydi va yo'qolmaydi, faqat bir shakldan boshqasiga o'tadi.
  • Har qanday izolyatsiyalangan sistemada energiya zaxirasi doimiy bo'lib qoladi.
  • Turli xil energiya shakllari bir-biriga mutlaqo ekvivalent miqdorda o'tadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling