Presentation toshkent Moliya instituti
Download 211.4 Kb.
|
sultonov kamronbek presentatsion of economics
Menejment — bu bozor iqtisodida amal qilayotgan, faoliyat yuritayotgan korxonaning optimal xo‘jalik natijalariga ko‘p turli menejment mexanizmining ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillari, funksiyalari va uslublarini qo‘llash asosida erishishga yo‘naltirilgan alohida kasb faoliyatidir. Menejment korxonada odamlar ishini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasini ham bildiradi. Bu samarali imkoniyatlar o‘rganiladigan bilimlar sohasidir. Menejment — bu kasbiy faoliyat, fan va san’atdir. Bu tashkil etish, rejalashtirish, nazorat, tashkilot ichidagi o‘zaro ta’sir etishni muvofiqlashtirish, tashkilot salohiyatidan foydalanish orqali ishlami amalga oshirishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to‘g‘risida ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan quyidagi fikrlar mavjud: • Yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov • Mustaqil fan • Faoliyat turi, funksiya • Jarayon • Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar • Boshqaruv apparati yoki organi Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to‘g‘ri bajara olish, ma’qul va ishonchli qaror qabul qila olish hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qilishga bog‘liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo‘yicha to‘g‘ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab qiladi. Bu jihatlar xarajat miqdori, naf va bahodir. Xarajat — mahsulotni ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va uni sotish hamda ish haqi toMashga sarflanadigan mablag‘lar yig‘ indisidir. Xarajat tarkibiga: mahsulot (xizmat) tannarxi; ma’muriy xarajatlar; ijara va foiz to‘lovlari; ish haqi; soliqlar kiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tanlash qoidasi yanada jiddiyroq tus oladi. Chunki, ishlab chiqarish uchun resurslar to‘g‘ri tanlansa va ulardan samarali foydalanilsagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin. Naf — bu mahsulot (xizmat)ning iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishidir. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli tovami tanlashga intiladi. Shundagina u qoniqish hosil qiladi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori boMsa, uning narxi ham shuncha qimmat boMadi. Bu esa, xaridorning sotib olish qobiliyatini pasaytiradi. Baho — bu tovar va xizmatlaming pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani bajaradi: (1) resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi; (2) ishlab chiqarish uchun turtki boMib xizmat qiladi. Foydaga ta’sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan boshqaruvchigina tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishi va oqilona qaror qabul qilishi mumkin. Boshqaruv san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon boMishi va natijada yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Shunday qilib, oddiyroq qilib aytganda: Boshqaruv — bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. Download 211.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling