Presentation toshkent Moliya instituti


Korxonalarni boshqarishda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uslubiyoti


Download 211.4 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi211.4 Kb.
#1013377
1   2   3   4
Bog'liq
sultonov kamronbek presentatsion of economics

Korxonalarni boshqarishda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uslubiyoti.

  • Yirik korxonalarning rahbarlari malum bir vazifani bajarsalar-da, bu ular faqat bir ish bilan mashg’ul degani emas. Yirik korxonalarda rahbarlar ishi aniq belgilanibgana qolmay, balki boshqaruv vazifalarining hajmi taqsimlanishi ham kerak. Boshqaruv vazifalari taqsimlashining bir turi ufqiy tavsifga ega: alohida bo’limlarga muayyan rahbarlarni qo’yish (masalan, ko’pchilik korxonalarda rejalashtirish bo’limi, texnik bo’lim, marketing xizmati bo’limi boshliqlari, bosh mexanik mavjud). İshlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun mehnat ufqiy taqsimlangan korxona, o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun ufqiy taqsimlangan boshqaruv vazifalari bir-biriga muvofiqlashtirilgan bo’lishi kerak. Bazi rahbarlarning vaqti o’zidan quyi rahbarlarning ishlarini muvofiqlashtirishga ketadi, ayni paytda bu rahbarlar o’zidan quyi rahbarlarning mehnatini muvofiqlashtiradi.

. Mehnatning bunday tik taqsimlanishi boshqaruv bosqichlarini anglatadi. Boshqaruvning nechta bosqichi borligidan qatiy nazar, rahbarlar ananaviy ravishda uchta toifaga - quyi bo’g’in, o’rta bo’g’in, yuqori bo’g’in rahbarlariga bo’linadi. T. Parson fikri bo’yicha, quyi bo’g’in rahbarlari (texnikaviy daraja) bevosita ishchilar va boshqa ishlovchilarga rahbarlik qiladi va asosan ishlab chiqarish jamoasi samarali ishlashini taminlash uchun zarur kundalik mehnat jarayonini amalga oshiradilar (bajarilayotgan vazifalar to’g’ri ekanligi haqida axborot bilan taminlash uchun ishlab chiqarish vazifalarining bajarilishini nazorat qiladilar, ularga bo’lib berilgan resurslar — xomashyo va uskunalardan to’g’ri foydalanish uchun javobgardirlar. Usta, navbatma-navbat, bo’lim boshlig’i, katta hamshira, kafedra mudiri quyi bo’g’in rahbarlari qatoriga kiradi. Quyi bo’g’in rahbarining mehnati ancha murakkab va turlituman. Unga tez-tez uzilishlar, bir vazifadan ikkinchisiga o’tish xos. O’rta bo’g’in rahbarlari (boshqaruv bosqichiga ko’ra quyi bo’g’in rahbarlarining faoliyatini uyg’unlashtiradi va nazorat qiladi.
Keyingi davrlarda o’rta bo’g’in boshqaruvchilari soni va ahamiyati ortdi. O’rta bo’g’in raxbarlarining eng yorqin namoyondalari - bo’lim boshliqlari (biznesda), dekan, mintaqa bo’yicha savdo bo’limi boshqaruvchisi, shohobcha (tarmoq) direktori, tsex boshlig’i va h.k. Armiyada leytenantdan boshlab polkovnikkacha bo’lgan zobitlar o’z qismlarida o’rta bo’g’in rahbarlaridir. O’rta bo’g’in rahbarlarining faoliyati ham juda turli-tuman. Bazi tashkilotlarda o’rta bo’g’in rahbarlariga katta vakolatlar berilib, natijada ularning faoliyati muammolarni aniqlash, ijodiy tavsiyalar ishlash, boshqaruv qarorlari qabul qilish kabi vazifalarni hal etuvchi oliy bo’g’in rahbarlari faoliyatiga o’xshab ketadi. Masalan, sanoat korxonasidagi ishlab chiqarish bo’limi. Rahbar faoliyati quyi bo’g’in rahbarlarining faoliyatini uyg’unlashtirish va boshqarish, maxsulot ishlab chiqarish to’g’risidagi malumotlarni tahlil etish, muhandis va boshqa yangi mahsulot ishlab chiqaruvchi bo’linmalar rahbarlari bilan o’zaro aloqada bo’lishdan iboratdir. O’rta bo’g’in raxbarlari oliy va quyi bo’g’in rahbarlari o’rtasida vositachi sifatida amal qiladilar. Ular oliy bo’g’in rahbarlari boshqaruv qarorlari qabul qilishlari uchun axborot tayyorlaydilar. o’rta bo’g’in rahbarlari ish vaqtining katta qismi barcha bo’g’in rahbarlari bilan muloqotda bo’lishga sarflanadi. Yuqori bo’g’in rahbarlari — oliy tashkiliy (institutsional) daraja vakillari.
Ular uncha ko’p emas, hatto yirik korxonalarda ham bir necha kishidan iborat bo’ladi. Yuqori bo’g’in rahbarlari bo’lib, biznesda-direktorlar kengashining raisi, korporatsiya prezidenti, vitse-prezident, armiyada - general, davlat arboblaridan — vazir, oliy o’quv yurtida — rektor. İnstitutsional darajadagi rahbarlar faoliyati asosan uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarni ishlash, maqsadlarni belgilashdan iborat. Tashkilotni muhit o’zgarishga moslashtirish. Tashkilot va tashqi muxit, jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni boshqarishdan iboratdir. Ular tashkilot uchun muhim qarorlarni qabul qilishda masuldirlar. Yuqori bo’g’indagi kuchli rahbarlar butun tashkilot faoliyatiga tasir etadi. Muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi yuqori bo’g’in rahbarlari juda qadrlanadi va ular mehnatiga yuqori haq to’lanadi. Lekin ular lavozimning o’z qiyinchiliklari ham mavjud — yuqor bo’g’in rahbarlari kun davomida juda katta surat va hajmda ish bajaradilar, buning asosiy sababi - ular faoliyati aniq bir vaqt bilan chegaralanmaydi. Odatda bunday rahbarning ish haftasi 60-80 soatga teng bo’ladi.

Download 211.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling