Presentation toshkent Moliya instituti


Boshqaruv jarayonining bosqichlari


Download 211.4 Kb.
bet4/4
Sana28.12.2022
Hajmi211.4 Kb.
#1013377
1   2   3   4
Bog'liq
sultonov kamronbek presentatsion of economics

Boshqaruv jarayonining bosqichlari

  • Boshqaruv operatsiyalari — rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo’lib, ular tartibi va birikishi natijasida boshqaruv jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahliliy faoliyati uchun korxonaning yillik va oylik hisobotlarini olish, ular tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni boshqaruv jarayoniga tadbiq qilish lozim. Boshqaruv jarayonini amalga oshirish vositalariga avvalo, axborotni kiritish lozim. Boshqaruv operatsiyalarining katta qismi axborot bilan ishlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati ishida keng qo’llanadigan texnikaviy vositalar ham shular jumlasiga kiradi. Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari ananaviy orgtexnika vositalaridir. Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyati axborot yig’ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash; taxlil, hisob-kitob, qaror turlarini ishlashdan iborat; tashkiliy faoliyatga - tushuntirish, ishontirish, rag’batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.k.lar kiradi.

Boshqarish uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Rahbarning tashkilotchilik faoliyati ayni shu operatsiyalar yig’indisitashkil etadi. Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznes-reja va taminot, moliyalashtirish va biznes-reja; narxni belgilash va kredit berish funktsiyalarini bog’lashni taminlash, boshqaruv tizimi ayrim unsurlari (maqsad-usul, maqsad-kadr, qaror-usul, usul-tarkib) muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni taminlash zarur. Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim bo’lgan boshqaruv jarayonini tashkil etish bilan bog’liq muhim muammo rasman bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan boshqaruv tashkilotlari o’rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo’lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot istemolchilari, xomashyo bilan taminlovchilar va korxona o’rtasida va h.k.). Boshqaruv usullari bu boshqaruv subektining boshqaruv obektiga maksadli yo’naltirilgan tasir o’tkazish usullari, yani boshqaruvchining o’zi boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyatini uyg’unlashtirishni taminlashdir. Boshqaruv usullari vositasida iktisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida tasir etiladi. İshlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to’g’ri shakllanligi bilan uzviy bog’liqtsir. Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv konun va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir.
Mehnat jamoasiga tasir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqgisodiyoti sharoitida boshqaruv obektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilargina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar tasirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohotlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligining texnikaviy taminlanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va h.k.) kiradi. İchki omillar jumlasiga: yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish uyg’unlashuvini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir guruhtsan ikkinchisiga o’gkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mehnatning texnika bilan taminlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va boshqarish; ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin.
Boshqaruv uslubi - bu boshliq o'z bilimlari, qiziqishlari, maqsadlari asosida boshqaradigan boshqaruv usullari to'plami. Ushbu uslub shakllanish davrida, ya'ni tashkilotning, uning mehnat jamoasining shakllanishining dastlabki bosqichida, xodimlar maqsadlar va ularga erishish usullarini ko'rish qobiliyatiga ega bo'lmaganda ko'proq talabga ega. Avtoritar uslubning salbiy fazilatlari shundaki, u bo'ysunuvchilarning ijodiy tashabbusini kamaytirishga yordam beradi, ijtimoiy-psixologik iqlimni yomonlashtiradi va kadrlar almashinuviga olib keladi.
Boshqaruv tajribasida qaror qabul qilishda 2 asosiy yondashuv vujudga keldi: individual va guruxli. Individual yondashuvda qaror qabul qilishni markazlashganligi asosiy rol o‘ynaydi. Bunda tashkilotda asosan qarorlar yuqori bo‘g‘inda qabul qilinadi, qoida bo‘yicha bitta yoki bir nechamenejerlar ishtirok etadi. Ya’ni markazlashgan yondashuvdaasosiy urg‘u, qaror yuqori darajada qabul qilinishiga qaratiladi.Guruhli yondashuvda qaror qabul qilish uchun ixtiyoriy boshqaruv darajasidagi menejer xodimlarni jalb etadi. Bunday holatda yuqori boshqaruv darajasidagi menejer mazkur qarorni qabul qilishga javobgar. Bu yondashuv bosh menejerni kundalik kichkina muammolarni yechish bilan o‘ralashib qolishdan saqlaydi. Bu yondashuvning afzal taraflaridan biri, bu javobgarlik va vakolat quyi boshqaruv darajasidagi xodimlarga beriladi. Bu esa qaror qabul qilishdagi samaradorlikni oshiradi. Qaror qabul qilish jarayonini ko‘rib chiqishda 2 asosiy holatni inobatga olmoq darkor: 1) qaror qabul qilish qiyin emas, ammo yaxshi qaror qabul qilish qiyin; 2) qaror qabul qilish — bu ruhiy jarayon, chunki rahbar qaror qabul qilishda ishlatiladigan usullar beixtiyorlikdan to yuqori mantiqiylikgacha variatsiya qilinadi. Bu yerda shuni ta’kidlash mumkinki, qaror qabul qilish jarayonida intuitiv, ya’ni fikrlashga asoslangan hamda ratsional xarakterga egadir.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 211.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling