Presentation


Download 4.72 Mb.
Sana16.11.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1778047
Bog'liq
Gulruh xirurgiya 2tema

Мавзу:

Churralar,O'tkir ichak tutilishi,Qorin bo'shlig'i chandiqli kasalliklari


Bajardi: Madaminova Gulruh
Guruh: 411 B B/S
TOSHKENT DAVLAT STOMATOLOGIYA INSTITUTI
Churralar hosil bo’lishining moyillik qiladigan sabablariga churra eng ko’p hosil bo’ladigan joylarda qorin devori tuzilishining mahalliy anatomik xususiyatlari kiradi. Bu kuchsiz joylar yoki «churra nuqtalari» quyidagilardir:
chov kanali sohasi;
sondagi oval chuqurcha sohasi;
qorin oq chizig’i aponevrozining kindik ustidagi va kindik oldidagi bo’limi;
Spigeli chizig’i sohasi;
Pti uchburchagi sohasi;
Gryunfeld-Lesgaft to’rtburchagi sohasi;
yopqich teshik sohasi.
Umumiy moyillik qiladigan omillarga: irsiyat, yosh (umrining birinchi yoshidagi bolalarda ko’krak devori kuchsiz, keksalarda qorin devori to’qimalari atrofiyaga uchragan bo’ladi), jins (ayollarda chanoq va son halqasining tuzilish xususiyatlari, erkaklarda chovning kuchsizligi), gavda tuzilishining xususiyatlari, semiz-oriqlik, tez-tez tug’ish, qorin devori shikastlari, operatsiyadan keyingi chandiqlar, qorin devori nervlari falajini kiritadilar.
Bu umumiy omillar qorin devorining mahalliy zaiflanib qolishiga olib keladi.
Keltirib chiqaradigan omillar
Bu qorin ichida bosimni oshiradigan omillardir, chunonchi: og’ir jismoniy mehnat, tug’ruqning qiyin o’tishi, juda og’ir yuklarni ko’tarish yoki og’ir narsani tutib turish uchun ko’p kuch sarflab zo’riqish shular jumlasiga kiradi. Churraning shu taxlitda hosil bo’lishiga «zo’riqishdan bo’ladigan churra» deyiladi.
Qorin devori muskullari sustlashganda va etishmovchiligida churralar astasekin va bemor uchun sezilarsiz, biror jismoniy kuch ishlatmay va zo’riqmay hosil bo’lishi ham mumkin. Ularni «holsizlikdan paydo bo’ladigan churra» deyiladi (masalan, umurtqa pog’onasi, orqa miya va nervlar shikastlangandan keyin to’qimalar trofikasi pasayganda, tez oriqlab ketishda).
Qorin churralarini aniqlash simptomlari
Simptomlari bo’yicha asoratlanmagan churralar (to’g’rilanadigan, joyiga solinadigan), xronik asoratlangan (to’g’rilanmaydigan) va o’tkir asoratlangan churralarn farq qilish lozim.
Asoratlanmagan tashqi churralar sub’ektiv turli-tuman namoyon bo’ladi. Ba’zan ular umuman bo’lmaydi. Aksariyat bemorlar churra sohasida joylashgan simillagan, qattiq og’riqdan noliydilar. Og’riq, masalan, to’sh osti sohasini boshlang’ich chov churrasida – moyakka, jinsiy labga va boshqa sohalarga beriladi. Og’riq jismoniy zo’riqishda, og’ir yuk ko’tarishda, vertikal vaziyatda kuchayadi. Dispeptik shikoyatlar: kekirish, jig’ildon qaynashi, ko’ngil aynishi, ba’zan qusish, dizuriya, qabziyatlar ham bo’lib turadi.
Bemorlarni tik turganda va yotganda (gorizontal xolatda) tekshiriladi.
Asoratlanmagan tashqi churralarning asosiy ob’ektiv belgilari:
churra joylashuvi uchun xos zonadagi bir oz shish
churra ichidagini qorin bo’shlig’iga kiritishga bog’liq bo’lgan shish ko’rinishi va hajmining tez va ocon o’zgaruvchanligi;
qorin bo’shlig’iga kiritilgan joyda qorin devorining bo’rtib chiqish nuqsoni
«churra darvozasi» borligi – «yo’tal turtkisi» fenomeni borligi.
Qorin tashqi churralari klassifikatsiyasi.
A. Kelib chiqishiga ko‘ra:
I. Tug‘ma churralar.
II. Orttirilgan churralar.
1. Zo‘riqishdan bo‘ladigan churralar.
2. Darmonsizlikdan bo‘ladigan churralar.
3. Operatsiyadan keyingi churralar.
4. Travmatik churralar.
5. Patologik churralar.
B. Anatomik joylashuviga ko‘ra: chov, son, kindik, epigastral, xanjarsimon o‘siq
churralari, qorinning yon churralari, bel, quymich, yopqich teshik, oraliq chur-
ralari.
V. Klinik kechishiga ko‘ra:
1. Asoratlanmagan (to‘g‘rilanadigan) churralar.
2. Asoratlangan churralar (to‘g‘rilanmaydigan, qisilgan, koprostaz, churra yal-
lig‘lanishi).
G. Rivojlanish bosqichlari bo‘yicha:
1. Noto‘liq (boshlang‘ich, kanal, urug‘ tizimchasi churrasi).
2. To‘liq.
Churraning tarkibiy elementlari — churra darvozasi, churra qopchasi, churra
ichidagi narsa, churra pardalaridir
Ichak tutilishi - ichak harakat faoliyatining keskin buzilishi bilan ifodalanadigan ogʻir kasallik. Ichakning toʻla yoki qisman tutilishi, shuningdek, kechishiga koʻra, oʻtkir (ichakdan ovqatning surilmay birdan turib qolishi) yoki surunkali (ovqat massa-sining oz-ozdan, bora-bora butkul oʻtmay qolishi) ichak tutilishi farq qilinadi. ichak tutilishining dinamik va mexanik xili bor. Dinamik ichak tutilishi ichak harakatining buzilishi, baʼzan ichak peristaltikasining toʻxtashi sababli (paralitik shakli), baʼzan ichakning tortishib qisqarishi (spazm) tufayli roʻy beradi.
Pastki ichak tutilishi oshqozon ichak tizimida tugʻma toʻsiq boʻlishi natijasida ovqat (ona koʻkrak suti) mahsulotlarining passaji buzilishi va oʻtmay qolishi.Pastki ichak tutilishi quyidagi klinikalar bilan namoyon boʻladi:
ich oʻtmasligi
qorin dam boʻlishi
qusish (avval hazm boʻlmagan ozuqa bilan, keyin oʻt aralash yoki ichak mahsulotlari bilan)
ichaklar giperperistaltikasi
Pastki ichak tutilishining asosiy xarakterli belgisi qorin boʻshligʻi rentgenogrofiyasida aniqlanadigan 3 va undan ortiq suyuqlik sathi ustida gaz boʻlishi yaʼni kloyber kosachalari hisoblanadi
Kasallikning dastlabki soatlarida qorinni palpatsiya qilishda uning barcha bo'limlarida og'riqlar qayd etiladi. Qorin devorining kuchlanishi aniqlanmagan. Alomat Blumberg - Shchetkin salbiy. Qorin old devorining kuchlanishi kasallikning kech bosqichlarida diffuz peritonit belgilari bilan namoyon bo'ladi.
Ba'zi hollarda Valning alomati paydo bo'ladi - qorin bo'shlig'ida harakatsiz va engil bosish bilan chayqaladigan shovqin chiqaradigan aniq belgilangan cho'zilgan ichak halqasining mavjudligi.
Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling