Press-reliz


Download 9.76 Kb.
Pdf просмотр
Sana10.06.2019
Hajmi9.76 Kb.
background image
 

2016 yil 11 may  



press-reliz  

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk ajdodlarimiz hayoti va ilmiy-ma’naviy 

meroslariga bag‘ishlangan “Hazrat Imom al-Buxoriy” va “Ikki ulug‘ donishmand. Abu 

Iso at-Termiziy. Al-Hakim at Termiziy” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

 

2016  yil  11  may  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasida  buyuk  ajdodlarimiz  hayoti  va 

ilmiy-ma’naviy  meroslariga  bag‘ishlangan  asarlar  “Hazrat  Imom  al-Buxoriy”,  “Ikki  ulug‘ 

donishmand. Abu Iso at-Termiziy.  Al-Hakim at Termiziy” kitoblari 

taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda 

sharqshunoslar, 

faylasuflar, 

dinshunoslar, 

talabalar 

va 

kutubxona 



foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 

U.Uvatov  tomonidan  arab  tilidan  tarjima  qilingan  Shayx  Abdussalom  al-

Muborakfuriyning  “Hazrat  Imom  al-Buxoriy”  kitobi  kitobxonlarga  Imom  al-Buxoriy 

hayoti,  diniy  faoliyati,  zamondoshlari  va  izdoshlarining  uning  ta’limoti  va  ilmiy  ishlariga 

qarashlari  haqida  hikoya  qiladi.  Kitob  to‘qqiz  fasl,  xotima  va  Imom  al-Buxoriy  shogirdlari 

haqidagi  ma’lumotlardan  iborat.  Kitobda  Imom  al-Buxoriyning  mashhur  asarlari  qisqacha 

mazmuni va ularning tasnifi, al-Buxoriyning ustozlari, al-Buxoriyning quvvai hofiza va kuchli 

xotirasi,  “Al-Jome’  as-Saxih”  asarining  yozilishiga  turtki  bo‘lgan  sabablar,  uning  islom 

olamidagi o‘rni va martabasi haqida ma’lumotlar mujassam. 

“Ikki ulug‘ donishmand. Abu Iso at-Termiziy. Al-Hakim at Termiziy” kitobi islom 

tariqati  vakillari,  xadisshunoslar  Termiz  shahrining  nomini  dunyo  tamaddunida  tanitib 

abadiylashtirgan ikki buyuk donishmand Abu Iso at-Termiziy va Al-Hakim at Termiziylarga  

bag‘ishlangan. 

Abu 

Iso 


at-

Termiziyning 

ko‘plab 

asarlari 

orasida 

U.Uvatov  

payg‘ambarimiz  Muhammad  s.a.v.ning  insoniy  fazilatlari,    xislarlari  va  chizgilariga 

bag‘ishlangan  "Al-Jome’  as-saxih",  “Al-ilal  fi-l-xadis”  va  “Ash-shamoil  an-nabaviya” 

asarlariga o‘z e’tiborini aratadi. Muallif shuningdek, kitobida sharq tariqatining yirik vakili, 

faylasuf  al-Hakim  at-Termiziyning  hayoti,  faoliyati,  ustozlari,  tahalluslari  va  asarlari 

haqida qiziqarli ma’lumotlarni yoritadi. 

Ikkala kitob ham buyuk ajdodlarimiz, hayoti va ilmiy izlanishlariga bag‘ishlangan 

bo‘lib, nafaqat o‘quvchilar va talabalarga, balki ilmiy izlanishlar doirasidagi diniy qonun-

qoidalarga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangandir.



 

 

ALIShER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON 

MILLIY KUTUBXONASI 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling