Presslash jarayonini avtomatlashtirish
Download 46.37 Kb.
|
Presslash jarayonini avtomatlashtirish
Presslash jarayonini avtomatlashtirish Yog’-moy ishlab chiqarishda yanchish uchun kelayotgan mag’iz magnitli usulda tozalanish va yanchilishdan keyin yanchilma namlik bilan ishlov berish uchun namlovchi –bug’lovchi shnekga beriladi. Namlangan mahsulot qovurish qozonlariga beriladi va qovuriladi. Qovurilgan mahsulot presslash qurilmasiga berilishidan oldin quyidagi texnologik parametrlarga ega bo’lishi lozim: Mahsulotning birinchi davr qovurishdan so’ng harorati 80-85 0C, namligi mahsulot turiga qarab 9-15% oralig’ida bo’lishi kerak. Bug’lash va namlash jarayoni imkoniyat boricha tez: 15-20 soniyada amalga oshirish lozim. Qasqonli qozonlardan keyin esa qovurmaning harorati 100-105 0C, dan oshiq bo’lmasligi kerak. Namligi esa 5,5% atrofida bo’lishi kerak. Bu holatda tayyorlangan qovurmaning harorati forpresslashga tayyorlangandan ko’ra yuqoriroq bo’lib, 110-120 0C ni tashkil kiladi. Presslash jarayonini uchun rostlash, nazorat qilish va boshqarish tizimlari quyidagicha: Qovurish qozonining har bir qasqonidagi haroratni nazorat qilish tizimi; Namlovchi-bug’lovchi shnekdagi haroratni rostlash tizimi; Qovurish qozonining quyi qasqonidagi haroratni rostlash tizimi; Norya, forpress va shneklarning elektr yuritgichlarini boshqarish tizimi; Qovurish qozonlarining quyi qasqonidagi haroratni rostlash uchun uchun Pt100 sezgir elementli SITRANS TR elektr qarshilik termometr o’zgartigichi (6-1, 20-1) o’rnatiladi. Ushbu o’lchash komplekti 4-20 mA chiqish signalini shakllantirib beradi. Natijaviy signal raqamli displeyda (6-2, 20-2) ko’rsatilib, ABB termorostlagichda (6-3, 20-3) qabul qilinadi hamda boshqarish ta’siri bug’ trubaquvuridagi rostlash klapaniga (6-4, 20-4) 0-100% ochilish diapozonida uzatiladi. Qasqondagi haroratni rostlab turish texnologik jarayonning issiqlik holatini meyorlab turish uchun zarur. Qovurish qozonining yuqori 5 ta qasqonidagi haroratni nazorat qilish uchun Pt100 sezgir elementli SITRANS TR elektr qarshilik termometr o’zgartigichi (1-1, 2-1, 3-1, 4-1, 5-1, 15-1, 16-1, 17-1, 18-1, 19-1) o’rnatiladi. Ushbu o’lchash komplekti 4-20 mA chiqish signalini shakllantirib beradi. Natijaviy signal raqamli displeyda (1-2, 2-2, 3-2, 4-2, 5-2, 15-2, 16-2, 17-2, 18-2, 19-2) ko’rsatiladi. Namlovchi-bug’lovchi shnekdagi haroratni rostlash uchun uchun Pt100 sezgir elementli SITRANS TR elektr qarshilik termometr o’zgartigichi (7-1, 8-1) o’rnatiladi. Ushbu o’lchash komplekti 4-20 mA chiqish signalini shakllantirib beradi. Natijaviy signal raqamli displeyda (7-2, 8-2) ko’rsatilib, ABB termorostlagichda (7-3, 8-3) qabul qilinadi hamda boshqarish ta’siri bug’ trubaquvuridagi rostlash klapaniga (7-4, 8-4) 0-100% ochilish diapozonida uzatiladi. Avtomatlashtirish vositalarining buyurtma spesifikatsiyasi
Download 46.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling