Презентация Камалов Хожимурод


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 117.56 Kb.
bet7/7
Sana05.04.2023
Hajmi117.56 Kb.
#1277069
TuriПрезентация
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Камалов Х.

Asosiy tayanch tushunchalar:

  • Ishchi kuchi - mehnat qilishga yaroqli bo’lgan insonning jismoniy va aqliy mehnatining majmuidir.
  • Mehnat predmetlari – inson mehnati ta‘sir etadigan, ya‘ni mahsulot tayyorlanadigan barcha narsalardir. Masalan yer, suv, xom ashyo, barcha materiallardan tashkil topadi.
  • Mehnat qurollari bu insonni tabiatga, mehnat predmetlariga ta‘sir ko’rsatishda qo’llaniladigan (ishlatiladigan) vositalar-narsalardir. Ya‘ni: mashinalar, stanoklar, asboblar, traktorlar, uskunalar, arra, bolta va boshqalardan tashkil topadi.
  • Kapital – bu ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tarmoq va sohalarda ishlatilib, o’z egasiga daromad keltiradigan tovarlar, ishlab chiqarish vositalari va pul mablag’laridir.
  • Tabiiy resurslar - yer-suv, unumdor tuproq, o’rmon, qazilma boyliklar, utloqlar foydalanishga tortilsa, ular ham daromad keltiradi.
  • Tadbirkorlik – bu insonning yaratuvchilik faoliyati bo’lib, uni amalga oshirish uchun insonda tashabbus, tashkilotchilik ishbilarmonlik qobiliyatlari bo’lishi kerak va iqtisodiy xaf-xatardan, tavakkalchilik hamda javobgarlikdan ham cho’chimasligi lozim degan ma‘noni bildiradi.
  • Ishlab chiqarish jarayoni – bu iqtisodiy kategoriya bo’lib, o’zini va insonlarni iste‘moliga zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne‘matlar yaratish maqsadida o’z qobiliyatini ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishidir. Ishlab chiqarish tufayli iste‘mol qiymat va qiymat yaratiladi.
  • Ishlab chiqarishning umumiy samarasi - bu ishlab chiqarishga sarf qilingan resurslar xarajatlari bilan hosil qilingan daromadlar o’rtasidagi nisbatdan iboratdir.
  • Zaruriy mahsulot – bu ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning (ishchi, xizmatchi, dehqon, fermer va h.k) zaruriy ish vaqtida yaratgan va ularni ishchi kuchini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulotlardan iboratdir.
  • Qo’shimcha mahsulot - bu ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning qo’shimcha ish vaqtida yaratilgan mahsulotidir. U sof mahsulotining zaruriy mahsulotdan oshiqcha qismi bo’lib, tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga tegishli bo’ladi.
  • Ishlab chiqarish funktsiyasi - bu ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o’rtasidagi bog’liqlikdan iborat.
  • Qo’shilgan kapital - bu ishlab chiqarishda band bo’lgan kapital miqdoriga yangi qushimcha ravishda qo’shilgan kapital yoki kapital yoki kapital miqdorining o’sgan qismidir.
  • O’rtacha mahsulot - ishlab chiqarishga jalb qilingan to’g’ri keladigan mahsulot miqdoridan iborat.
  • So’nggi qo’shilgan mahsulot - so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga kupaygan (o’sgan) mahsulotni bildiradi.

Тамом


Download 117.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling