Презентация на тему- "pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida jamiyat taraqqiyotidagi orni talabalar abdullayev Xurshidbek Allaberganova Dilafruz Allaberganova.". Скачать бесплатно и без регистрации


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
Sana24.09.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1687302
TuriПрезентация
Bog'liq
Презентация на тему- "PEDAGOGIKANING IJTIMOIY FAN SIFATIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI ORNI TALABALAR Abdullayev Xurshidbek Abdullayev Xurshidbek Allaberganova Dilafruz Allaberganova.". Скачать бесплатно и без реги



PEDAGOGIKANING IJTIMOIY FAN SIFATIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI ORNI
TALABALAR Abdullayev Xurshidbek Abdullayev Xurshidbek Allaberganova Dilafruz
Allaberganova.
Презентация:
Advertisements
litimoiypedagogikafaniningpredmeti,obyekti,maqsadiva
vazifalari
Pedagogikaumummetodologikfansifatidata'limvatarbiyanazariyasigaoidbilimlarnio'zidaaksettirishbilan
birgalikdajamiyathayotidagikoplabijtimoiymuammolarnio'rganadivatadgigetadi.Hozirgikungakelib
pedagogikafaniningko'plabyangidan-yangifansohalarishakllanib,rivojlanibbormoqda.
Pedagogikafanishaxsnirivojlantirishningikkimuhimjihati-unio'gitishvatarbiyalashgaasosiye'tiborni
garatganligiboisdidaktika(ta'limnazariyasi)vatarbiyanazariyasifanningmuhimtarkibiygismlarihisoblanadi.
Didaktika(ta'limnazariyasi,yunonchadidaktikos«'rgatuvchi»,didasko«'rganuvchi»)ta'limningnazariy
jihatlari,ta'limjarayoniningmohiyati,gonunvagonuniyatlari,tamoyillario'qituvchivao'gituvchifaoliyati,
ta'limningmaqsadi,mazmuni,shakl,metod,vositalari,natijasi,talimjarayoninitakomillashtirishyo'llarikabi
masalalarnitadqigetadi.
Tarbiyanazariyasi-pedagogikaningmuhimtarkibiygismlaridanbiribo'lib,tarbiyajarayoniningmazmuni,
tarbiyaturlari,shakl,metod,vositavausullari,unitashkiletishmasalalarinio'rganadi.
litimoiytarbiyafugarolik,aqliy,axloqiy,jismoniy,mehnat,estetik,hugugiy,igtisodiy,ckologiktarbiyakabi
yo'nalishlardatashkiletiladi.
Pedagogika-ta'limvatarbiyajarayoniniyaxlitlikdao'rganadiganfansoha
aiMyShared
24/09/23, 15:47
Стр. 1 из 9


Похожие презентации
Транксрипт:
PEDAGOGIKANING IJTIMOIY FAN SIFATIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI ORNI
TALABALAR Abdullayev Xurshidbek Abdullayev Xurshidbek Allaberganova Dilafruz
Allaberganova Dilafruz Aminbayev Munisbek Aminbayev Munisbek
REJA: 1.Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, obyekti. 2.Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi
va vazifalari. 3.Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotida tutgan orni va roli, jamiyatda
ijtimoiylashuv jarayonining globallashuvi.
Pedagogika umummetodologik fan sifatida talim va tarbiya nazariyasiga oid bilimlarni ozida aks
ettirish bilan birgalikda jamiyat hayotidagi koplab ijtimoiy muammolarni organadi va tadqiq etadi.
Hozirgi kunga kelib pedagogika fanining koplab yangidan-yangi fan sohalari shakllanib, rivojlanib
bormoqda. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni oqitish va
tarbiyalashga asosiy etiborni qaratganligi bois didaktika (talim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi
fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (talim nazariyasi, yunoncha didaktikos
«orgatuvchi», didasko «organuvchi») talimning nazariy jihatlari, talim jarayonining mohiyati,
qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,oqituvchi va oqituvchi faoliyati, talimning maqsadi, mazmuni,
shakl, metod, vositalari, natijasi, talim jarayonini takomillashtirish yollari kabi masalalarni tadqiq
etadi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bolib, tarbiya
jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish
masalalarini organadi. Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy,
24/09/23, 15:47
Стр. 2 из 9


iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yonalishlarda tashkil etiladi. Pedagogika – talim va tarbiya
jarayonini yaxlitlikda organadigan fan sohasi. Ijtimoiy pedagogika fanining predmeti, obyekti,
maqsadi va vazifalari.
Quyida qator pedagogik fanlar tizimi haqidagi malumotlarga toxtalamiz. Umumiy pedagogika –
pedagogikaning kontseptual masalalari va amaliy jihatlarini tadqiq etadi. Pedagogika nazariyasi –
pedagogikaning umumnazariy masalalari, qonuniyatlari va tamoyillari hamda tasniflashga oid
masalalarni organadi. Pedagogika tarixi – pedagogik fikrlarning taraqqiy etishi, maktab va talim
turlarining davriy xususiyatlari, oziga xoj jihatlari va ahamiyatini tadqiq etadi. Pedagogik mahorat
– oqituvchilarni pedagogik faoliyatga samarali tayyorlash taktikasi, pedagogik qobiliyatlarni
shakllantirish, pedagogik madaniyat va texnikani tarkib toptirish hamda nutq texnikasini egallash
yollarini organadi. Maktabgacha talim pedagogikasi – maktabgacha talim yoshidagi bolalarni
tarbiyalash, ularni intellektual, manaviy- axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish
masalalarini organadi. Boshlangich talim pedagogikasi – boshlangich sinf oquvchilarini
tarbiyalash, ularga talim berish, ularning oziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini
tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, manaviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga
etkazish masalalarini organadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika – jismoniy yoki ruhiy
rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalarni tarbiyalash va oqitish bilan bogliq muammolarni organadi.
Metodika – xususiy fanlarni oqitish mazmuni, qonuniyatlari, tashkiliy shart-shroitlarini tadqiq
etadi. Pedagogik texnologiya – talim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qollash, texnologik yondashuv asosida talim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish
muammolarini organadi. Talim menejmenti – talim muassasalarining faoliyatini tashkil etish,
boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini organadi. Ijtimoiy
pedagogika – shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy meyordan ogishishning pedagogik diagnostikasi,
korrektsiyasi va reabilitatsiyasi hamda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish masalalarini
tadqiq etadi.
Oila pedagogikasi – oilaviy talim-tarbiya, oilada bolalarni yuksak manaviy-axloqiy sifatlar asosida
tarbiyalash, ota- onalarning pedagogik madaniyatini oshirish masalalarini organadi. Xalq
pedagogikasi – xalq ogzaki ijodi, urf-odatlar, marosimlar, milliy va bolalar oyinlari, oyinchoqlari
kabilarda saqlanib qolgan pedagogik malumotlar va milliy tarbiyaga doir tajribalar majmuidir.
Qiyosiy pedagogika – qiyosiy aspektda turli davlat, hudud, umuman dunyo miqyosida, turli tarixiy
davrlarda pedagogika nazariyasi va amaliyotining mavjud holati, rivojlanish tendensiyalari va
qonuniyatlarini organadigan pedagogik fan sohasi. Pedagogik innovatika – pedagogik
innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini organadigan, shuningdek
pedagogik ananalar bilan istiqboldagi talim loyihalarining ozaro aloqadorligini taminlaydigan fan.
Pedagogik aksiologiya talim oluvchi va talimni qadriyat deb etirof etgan holda, talimiy
qadriyatlarni organish hamda talim-tarbiyaga aksiologik yondashuvni qaror toptirishga xizmat
qiluvchi pedagogik bilimlar sohasidir. Neyropedagogika – bu bosh miya (ong va chap miya yarim
sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar togrisidagi bilimlar hamda mazkur
bilimlarni talim-tarbiya jarayonida qollay olish haqidagi amaliy fan sohasi. Muzey pedagogikasi –
pedagogika, psixologiya va muzeyshunslikning ozaro uygunligi natijasida shakllangan fan sohasi
bolib, muzey muhitida talim-tarbiya berish yollarini tadqiq etadi. Muzeydagi mazkur marifiy
yonalish bilan shugyllanadigan xodim muzey pedagogi deb ataladi. Pedagogik antropologiya –
falsafiy, ijtimoiy, psixologik antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda talim oluvchi uchun
24/09/23, 15:47
Стр. 3 из 9


qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda talimning antropologik modeli va
taexnologiyasini organuvchi fan sohasi. Pedagogik akmeologiya – barcha yosh davrlari
psixologiyasi bilan bogliqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsnig yetuk rivojlanish choqqisi – «akme
shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, texnika va texnologiyasini tadqiq etadi.
Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika fani jamiyatdagi har bir
shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal qilish, talim va tarbiya
masalalari bilan shugullanish, keksalar, qariyalar, kasal va boquvchisini yoqotganlar masalalarini
organadi, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olish bilan birga,
fohishabozlik, narkomaniya va qonunbuzarlikka qarshi kurashish ishlariga etibor qaratadi. Ijtimoiy
«autsayderlar», yani qariyalar, nogironlar, yolgiz yashovchilar, iqgisodiy nochor ahvolda
yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy
pedagogning maqsadlaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy tasir vositasida insonlarda
insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, masuliyatlilik singari fazilatlarni shakllantiradi.
Mazkur jarayon oila, maktab va boshqa oquv muassasalarida amalga oshadi. Ijtimoiy pedagogika
fanining asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini organish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika
fanining amaliy vazifalarini korib chiqamiz. Bunda ijtimoiy pedagog har bir bolaning yosh va
oziga xos xususiyatlarni etiborga olishi talab etiladi. 1) Bola (osmir) ongida yaxshilik va adolat
tushunchasiga sobitlikni tarbiyalash, borliqni, ijodni sevishga orgatib, ozaro tushunish hissini
uygotish; 2) Inqirozli vaziyatdan mustaqil chiqib keta olish maqsadini qoyish, odamlar bilan
muloqot qilishni organish va hayotda oz maqsad va mazmunini aniqlash yollarini korsatish; 3)
Tevarak-olam, inson va uning mukammalligi, jismoniy va manaviy xususiyatlarini, jamiyatdagi
huquq va burchlarini anglashga intilishni rivojlantirish; 4) Oz shani, mustaqilligi va oziga ishonch
kabi tuygularni rivojlantirish;
Bola (osmir) da maktab, ish, oila va tengdoshlari jamoasida, katta-kichik guruhlarda odamlar bilan
muloqot ornatish istagi va qobiliyatini kuchaytirish. Shu orinda ijtimoiy pedagogdan oz
tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga oid yuksak bilim talab etiladi. SHuningdek, bolaga
uni orab turgan muhit, ijtimoiy munosabatlarning manaviy huquqiy meyorlariga tayanib, jamiyat,
odamlar va shaxslararo ziddiyatlarni bahamjihat hal etishni orgatish ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Shu kabi amaliy vazifalarni qisqacha tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: yaxshilik
qilishga orgatish, oz hayotini qurishda komaklashish, bilimga qiziqishini orttirish, oz
individualligini rivojlantirishga imkon yaratib, qobiliyati va layoqatini takomillashtirish. Ijtimoiy
tarbiya insonparvaligi shaxsni majburlashga emas, unga yordam berishga qaratilganligi, har bir
shaxsning ozligini anglashi, inson sifatida betakrorligi, yagonaligiga ishonish, oz hayotiga masul
bolish, boshqalar xatti-harakatini muhokamasiz qabul qilish, tang vaziyatda qolganlarni qollab-
quvvatlash va yordam berishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy pedagogikaning
jamoatchilik mohiyati xavf ostida qolgan odamga madad qolini chozish, oila va bolaga oz hayot
yolini topishda komaklashish, oz qobiliyati va istagidan kelib chiqib rivojlanishiga imkon
berishdan iborat. Shuningdek, har bir insonga axloqiy munosabatlar ornatishdagi intilishlariga
yordam berish ham ijtimoiy pedagogika vazifalaridan biridir. Ijtimoiy pedagogika bu ijtimoiy
talim-tarbiya faoliyatining maxsus metodlariga ega pedagogikaning mustaqil bolimidir.
Ijtimoiy pedagogika metodlari shaxsga, uning takomillashuvi, tarbiyasi, ozini anglashi va shaxs
sifatida shakllanishiga yonaltirilgandir. Ijtimoiy pedagogika funktsiyalari. Ijtimoiy pedagogika
funktsiyalarini organar ekanmiz, bunda bir qator talablar mavjudligini korish mumkin. Ularning
24/09/23, 15:47
Стр. 4 из 9


ayrimlari ustida toxtalamiz. Bola (osmir)ni, uning ahvoli, oila, maktab, hovlidagi guruhlar bilan
munosabati, ziddiyatli vaziyatda ozini tutishi kabilarni organish tang ahvolda qolgan bolaga
komaklashish, inqirozdan chiqish variantlari, yollarini topish, qiyin vaziyatda qollab-quvvatlash
bolani orab turgan va unga tasir otkazuvchi turli ijtimoiy muhit ijtimoiy tarbiyasi holatini tahlil
qilish. Bola (osmir) faoliyatini (ozini) tarbiyalash, bilim olish, oz hayoti va xatti-harakatlarini
mustaqil shakllantirish layoqatiga yonaltirish bola (osmir) huquqlari muhofazalanishiga taalluqli
va uning muammolarini hal etish maqsadida faoliyat yurituvchi tashkilot va turli mutaxassislar
birlashuvi, muvofiqlashuvi bilan shugullanish, ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini tadqiq
etishni tashkil qilish; ijtimoiy pedagoglar, jamoalar, turli pedagogik markazlar faoliyatini tahlil
qilishdan iborat. Shunday qilib, yuqoridagilarni umumlashtirgan holda ijtimoiy pedagogika
funktsiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin: Bular: 1. Tarbiyaviy funktsiya; 2. Ijtimoiy-huquqiy
funktsiya; 3. Ijtimoiy-soglomlashtirishfunktsiyasi.
Tarbiyaviy funktsiya bolani atrof-muhitga qoshilishi, ijtimoiylashuvi jarayonini, uning talim-
tarbiya jarayoniga moslashuvini taqozo qiladi. Ijtimoiy-huquqiy funktsiya davlatning bolalar
haqidagamxorlshi, ularni huquqiy muhofazalanishini anglatadi. Ijtimoiy-soglomlashtirish
funktsiyasi bu nogiron bolalar, yani jismoniy yoki ruhiy nuqsonga ega bolalar bilan tarbiyaviy va
talim ishlarini olib borish bolib, bunda pedagog asosiy ijtimoiy vazifa bajaruvchi hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilganlardan esa ijtimoiy pedagogikaning amaliy vazifalari yuzaga chiqadi.
Bundan ijtimoiy pedagog va xodim oz faoliyatini nimaga mutanosib shakllantirishi, nimaga
yonaltirishi lozimligi aniqlanadi. Ozbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi
bosqichga kotarish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini organish, shu sohadagi ilmiy bilimlar va
milliy tadbirlarni rivojlantirish, bu jarayon davomida yuzaga keladigan muammo va
qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta rol oynaydi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning
rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida gamxorlik va etibor talab
etadigan madaniy-tarixiy anana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda «rahm-
shavqat», «xayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda kop ishlatiladi. Ammo ularning aniq
ifodalangan oziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular
rasman tan olingan institut sifatida namoyon boldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy
himoyalash sohas ida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida takidlanganidek, talim
tizimida va yoshlar ishlari boyicha qomita muassasalarida rivojlandi.
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy
pedagogika shugullanadi. Ijtimoiy pedagogika bu pedagogik fanlarning muhim yonalishlaridan
biri, uning tadqiqot obekti shaxs bolib, u aniq manzilga ega. Yani ijtimoiy pedagogikaning obekti
jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy hayotda adashgan, odob-axloq, meyorlaridan
ogishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat azolarining ongini
tarbiyalashdan iborat. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika bu shaxslarning ijtimoiylashuvi hamda ularga ijtimoiy talim va ijtimoiy
tarbiya berish qonuniyatlarini organuvchi pedagogika fanining tarmogidir. Shaxsning
ijtimoiylashuvi bu malum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, meyorlar, xatti-harakatlar tizimidan
iborat ijtimoiy hayotga kirib borish jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotida tutgan orni va roli, jamiyatda ijtimoiylashuv
jarayonining globallashuvi Shaxs ijtimoiy munosabatlar iarayonida shakllanadi. Chunki ta'lim
jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi.
24/09/23, 15:47
Стр. 5 из 9


Bu jarayonda o'quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Ular ma'lum
ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko'rsatma) orttiradilar, ya'ni,
ijtimoiylashadilar.munosabatlar iarayonida Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab
jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar,
axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul
qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning
uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida
amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g'oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir
ko'rsatadi. Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni
o'rganadilar. Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson
jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga,
shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak.
Lekin hayotda ba'zan aksi ham bo'ladi: to'liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo
muhitda ba'zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko'rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko'p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o'qituvchilar hamda ota-onalarga ham
taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g'oyasi yordamidagina bartaraf etilishi
mumkin. Zero, O'zbekiston Respublikasining DTS va oquv meyoriy hujjatlarida ham ta'kidlab
o'tilganidek, uzluksiz ta'limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta'limning ijtimoiylashuviga
erishish dolzarb masaladir. Ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda
yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy
talablar hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan yana biri bu ijtimoiylashuv va mazkur jarayonning
globallashuvi hisoblanadi. Mazkur holatni tushuntirish uchun dastlab globallashuv hamda
ijtimoiylashuv tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilishimiz lozim. Globallashuv
(globalizatsiya) - lotincha globe sozidan olingan bolib, aynan uni yerning dumaloqlashuvi,
kurralashuvi deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari
tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun
ishlatiladi. Globallashuv tushunchasi lugaviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida
umumiylashuv, lotin tilida esa globus - Yer shari ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm
tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bogliq bolgan
katta muammolarni, sayyoraviy, - dunyoviy muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini oziga
qamrab oladi. Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan. Bu
atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan yilga kelib amerikalik sotsiolog R.
Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan. Globalizatsiya atamasi birinchi bolib
iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qollanilib kelingan. Ammo bu sozning toliq manosi,
konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan toliq ochib
berilgan.
Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes
rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar
ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini globallashuv deb
atagan. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan. O`z
davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart - tushunchalar ma`nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning
yarmini adashishdan saqlaydi - deb yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz globallashuv
24/09/23, 15:47
Стр. 6 из 9


tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu sozga quyidagicha tarif berish
mumkin: Globallashuv – Jahon xojaligi rivojlanishining obektiv jarayoni bolib, juda kop ijobiy
xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xojaligining ozaro aloqasi, xorijiy
sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnologiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda
davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga komaklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv
butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir biriga yaqinlashuv)
jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab
chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni
standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qoshilish va yaqinlashuvidir.
Bu obektiv jarayon bolib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga
ega.standartlashtirish
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari ortasidagi ozaro ta'sir
va bog`liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga bеrilgan ta'riflar juda kop. Frantsuz tadqiqotchisi
B.Bandi ta'rifida globallashuv jarayonining 3 olchovli ekaniga urg`u bеriladi: 1. Globallashuv -
muttasil davom etadigan tarixiy jarayon. 2. Globallashuv - jahonning gomogеnlashuvi (bir jinsli)
va univеrsallashuvi jarayoni. 3. Globallashuv - milliy chеgaralarning «yuvilib kеtish» jarayoni.
Rossiyalik A.Parshеv globallashuvga quyidagicha ta'rif bеradi: «Aslida, globallashuvning asosiy
mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qoshimcha qiymatini, dunyodagi
asosiy zahiralarini ozlashtirishdan iborat».qoshimcha qiymatini Globallashuvning mamlakatlar
iqtisodiy siyosati va ma'naviyatiga otkazishi mumkin bolgan ijobiy va salbiy ta'siri xususida
Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi sozlarida yaxshi ifodalangan:
«Mеn uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam bеrkitib otira olmayman, chunki uyimga
toza havo kirib turishi kеrak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va dеrazalarimdan kirayotgan havo
dovul bolib uyimni ag`dar-tuntar qilib tashlashi, ozimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».
Ijtimoiylashuv kontseptsiyasi. Insonning atrofdagi dunyo bilan o'zaro aloqada rivojlanish jarayoni
sotsializatsiya deb ataladi. Amerikalik sotsiolog N. Smelser sotsializatsiyani "shaxslarning ijtimoiy
rollariga mos keladigan ko'nikmalarini va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirish jarayoni" deb
ta'riflaydi. Polshalik sotsiolog Y. Shepanskiy sotsializatsiyani "shaxsni jamoat hayotida
qatnashishga tanishtiradigan, unga madaniyatni tushunishga, jamoalardagi o'zini tutishini
o'rgatadigan, o'zini o'zi tasdiqlaydigan va turli xil ijtimoiy rollarni bajaradigan atrof- muhitning
ta'siri" deb tushunadi. Turli lug'atlarda ijtimoiylashish quyidagicha ta'riflangan: 1) "shaxs o'z
hayoti davomida o'zi tegishli bo'lgan jamiyatning ijtimoiy me'yorlari va madaniy qadriyatlarini
o'zlashtirish jarayoni"; 2) assimilyatsiya jarayoni va keyingi rivojlanish ijtimoiy va madaniy
tajribaning individualligi»;keyingi rivojlanish 3) "shaxsni shakllantirish, o'rganish va ma'lum bir
jamiyat, ijtimoiy hamjamiyat, guruhga xos bo'lgan qadriyatlarni, me'yorlarni, munosabatlarni,
xulq-atvor usullarining shaxs tomonidan o'rganilishi".
Ijtimoiy moslashuv - individning ijtimoiy muhitga doimiy faol moslashish jarayoni va bu
jarayonning natijasi. Ijtimoiy moslashuv uzluksiz xususiyatga ega ekanligiga qaramasdan, uni,
odatda, individning o ʻ z faoliyatini va o ʻ zini o ʻ rab turgan ijtimoiy davrasini tubdan o ʻ
zgartirish davrlari bilan bog ʻ laydilar. Moslashish jarayonining ijtimoiy muxitga faol ta ʼ sir etish
ko ʻ rinishi va muhitdagi maqsad va qadriyatlarni kelishuvchanlik b-n, passiv qabul qilish ko ʻ
rinishi bo ʻ ladi. Ijtimoiy moslashuv shaxs ijtimoiylashuvining asosiy ijtimoiy-psixologik
omillaridan biridir. Ijtimoiy moslashuvning samaradorligi ko ʻ p jihatdan individ o ʻ zini va o ʻ
24/09/23, 15:47
Стр. 7 из 9


zining ijtimoiy aloqalarini qanchalik o ʻ xshash (adekvat) anglashiga bog ʻ liq. O ʻ zi to ʻ g ʻ
risidagi ijtimoiy tasavvurning noto ʻ g ʻ riligi yoki yetarlicha emasligi Ijtimoiy moslashuv ning
buzilishiga olib keladi, bu holat (voqelik) ning eng ayanchli ko ʻ ri-nishi autizm (individning
atrofdagilar bilan muloqot qilishdan qochib, o ʻ zining ichki kechinmalari dunyosiga g ʻ arq bo ʻ
lishi) dir. Ijtimoiy moslashuv muammosi jahon psixologiyasida psixoanaliz, autizm, deprivatsiya
kabi ilmiy yo ʻ nalishlarda tadqiq etib kelinadi. Bunda asosiy e ʼ tibor moslashuvning buzilishiga
(ruhiy sohadagi buzilishlar, begonalashish, apatiya, alkogolizm, giyohvandlik va b.) va uni tuzatish
(korreksiyalash) ning psixoterapevtik uslublariga, autotrening, sotsiotrening vositalariga yo ʻ
naltiriladi. Muhitga shaxsning kirishib ketishi uning xulqi, faoliyati, muomalasi orqali sodir bo ʻ
lsa moslashishning mukammalligi vujudga keladi. Shaxsning katta yoki kichik guruxlar muhitiga
moslashishi i.ch. samaradorligini oshiradi, ta ʼ lim-tarbiya jarayonini yaxshilashga yordam beradi.
(E.Goziyev).
Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning
hamma narsani egallashga bolgan obektiv ehtiyoji jarayonidapaydo boladi. Biroq bu bilan uzviy
ravishda bola boshqa bir obektiv ehtiyoj -oziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi.
Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida
uning individuallashuvi roy beradi. Bu hodisa shunda namoyon boladiki, shaxsning ijtimoiy
ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon boladi, uning
ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega boladi. SHunday qilib bolaning ijtimoiy
rivojlanishi ikki ozaro bogliq yonalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv (ijtimoiy madaniy tajriba
madaniyatni ozlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy oziga xoslikni qolga kiritish).
Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va
individuallashuv jarayonlari bilan bogliq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning
aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv subekt va ijtimoiy muhit faolliklarining
yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit
talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv)
individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. Indivuallashuv insonning hali
yoshligidayoq paydo boladigan obektiv ehtiyojlari bilan bogliq jamiyatdagi oz-ozini egallashdir.
Bu ehtiyoj: a) oz qarashlariga ega bolish; b) oziga xosliklariga ega bolish; v) unga tegishli bolgan
masalalarni hal qilish, uning oz darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga
qarshi turish xohishi sifatida namoyon boladi. Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv
va individuallashuv jarayonlari ortasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi
roy beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning ozaro tasir etishi ham sodir boladi.
Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv ortasida muvozanat
saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi: - faoliyat-
turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qolga kiritish, erkin moljal olish. - muomala -
muloqoqt doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor meyorlarini
ozlashtirish; - anglash - shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish,
oz ijtimoiy mansubligi va ornini anglash, oziga baho berishni shakllantirish.
Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bolgan
universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: godakni ovqatlantirish va gamxorlik qilish
usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni orab turuvchi moddiy madaniyat
mahsulotlari, manaviy madaniyat unsurlari (alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va
24/09/23, 15:47
Стр. 8 из 9


mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi
kop sonli munosabatlari - muloqot, oyinlar, manaviy-amaliy faoliyat, sport bilan shugullanish
kiradi.va mukofotlash uslublari Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy taqiqlar-
man etish, ruxsat berish, majburlash chora- tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida
inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan meyoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola
ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan)
hamda faoliyat (oyin, oqish, ijod, sport)dir. Pedagogik-psixologik-pedagogik tadqiqotlar
jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan. Bolaning meyorida
rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muloqot va faoliyatning yetakchi
turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qollaniladi: - godaklik davri - bevosita hissiy-ruhiy; -
godaklikdan keyingi davr - predmetli faoliyat; - maktabgacha davr - rolli oyinlar; - ilk maktab
davri - oquv faoliyati; - osmirlik davri - kasb talimi faoliyati; - ospirinlik davri - shaxsiy muloqot
faoliyati.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I.Egamberdiyeva N.M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. T.:
2009 II.Internet manbalar
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
24/09/23, 15:47
Стр. 9 из 9

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling