Prezentatsiya Mavzu: yo’l bo’yi landshaft dizayni
Yo’l boyi landshafti o’zbekistonda
Download 11.17 Kb.
|
Yo‘l poyi
Yo’l boyi landshafti o’zbekistondaAvtomobil yo‘llari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yo‘l harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilingan. Qarorda ta’kidlanishicha, yo‘l belgilarini ishlab chiqish va o‘rnatish, o‘chib ketmaydigan chiziqlar tortishga tizimli yondashilmagan.Yo‘llarda 70 mingdan ortiq eskirgan yo‘l belgilari mavjud, shuningdek 136 mingta qo‘shimcha yangi ko‘rsatkichlarni o‘rnatish zarur.Shu munosabat bilan qarorga muvofiq, 2018–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi doirasida yo‘l infratuzilmasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.Endilikda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobil kommunikatsiya texnologiyalari, texnik vositalar va dasturiy mahsulotlar avtomobil yo‘llarini qurish, to‘g‘rilash va ulardan foydalanish jarayoniga keng joriy etiladi.Shuningdek, 2019–2023 yillarda yo‘l belgilarini ishlab chiqarishni va ularni respublika avtomobil yo‘llariga o‘rnatishni, yo‘l ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish dasturi tasdiqlandi2018–2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida “Avtomobil yo‘llari estetikasi”, “Yo‘l bo‘yi hududlarining landshaft dizayni”, “Yo‘l ustiga chiziqlar tortish”, “Yo‘l harakatini tashkil etish” yo‘nalishlari bo‘yicha texnik kadrlar malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI AVTOMOBIL YO‘LLARINI KO‘KALAMZORLASHTIRISH VA ARXITEKTURA-LANDSHAFT JIHATDAN TUZISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAAvtomobil yo‘llarining arxitektura-badiiy tuzilishi darajasini tubdan oshirish, respublikaning avtomobil yo‘llari bo‘ylab yo‘l chekkalari polosalariga yashil nav-nihollar o‘tkazish va ularni obodonlashtirishga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha zamonaviy talablar bilan chambarchas bog‘liq holda yagona tizimli va kompleks yondoshuvni shakllantirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi zimmasiga avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish borasida qo‘shimcha vazifalar va funksiyalar yuklansin, quyidagilar uning ushbu sohadagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishi va landshaft dizayni qismida zamonaviy yondoshuvlarni shakllantirish va amalga oshirish borasida yagona davlat siyosatini olib borish yo‘li bilan avtomobil yo‘llariga ajratilgan polosalardagi yo‘l bo‘yi hududlarini tegishli holatda saqlash bilan bog‘liq ishlarni samarali tashkillashtirish va tizimli asosda amalga oshirish; respublikaning har bir mintaqasidagi iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish sohasida ilg‘or zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarni keng ko‘lamda qo‘llash orqali ilmiy-tadqiqot ishlarini oqilona tashkil etish; avtomobil yo‘llari va ularning konstruktiv elementlarini noqulay ob-havo-iqlim omillarining ta’siridan himoya qilish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani sinchiklab o‘rganish natijalariga ko‘ra avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni transportning bulg‘ashi va tashlanmalaridan muhofaza qilishning eng samarali va amaliyotda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan zamonaviy usul va texnologiyalarini joriy etish; idoraviy oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari negizida, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llarini loyihalash, arxitektura-badiiy jihatdan tuzish va landshaft dizayni bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni sifatli tashkil etish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi huzuridagi “Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” (keyingi o‘rinlarda — “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK deb yuritiladi) unitar korxonasi etib qayta tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: umumfoydalanadigan avtomobil yo‘llariga ajratilgan uchastkalar chegarasidagi yo‘l bo‘yi hududlarini saqlash; Download 11.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling