Prezi — onlayn dasturiy vositasi


Download 1.73 Mb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1605145
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu

Insert: o'zimizga kerakli ma'lumotlar sifatida tasvirlar, videolar va boshqa fayllarni qo'shish imkonini beradi. Shu yerda foydalanish uchun juda kata bibliotekaga ega bo'lgan klipartga ahamiyat berish lozim. Bu yerda taqdimotni nazorat qilishda foydalaniluvchi musiqalarni ham berish imkoniyati mavjud

Prezi taqdimotini tahrir qilish oynasi

Theme: bu menyu vizual jihozlashga javob beradi. Bu menyu yordamida taqdimot uchun ixtiyoriy vaqtda boshqa temani tanlash hamda alohida elementlarni o'zgartirish imkoniyatlariga ega bo'lish mumkin.

Ish jarayonining ixtiyoriy bosqichida taqdimotni nitajasini ko'rish mumkin. Buning uchun ekranning yuqori qismida Present nomli tugma mavjud. Bu tugmaning yonida esa, bekor qilish hamda saqlash tugmalari ham mavjud. Prezi dasturining servis xizmatida jarayonda bajarilgan ishlarni avtomatik saqlash rejimi ham mavjud bo'lib, dasturdan chiqishdan avval albatta shu tugmani bosish tavsiya etiladi

Taqdimotni saqlash oynasi

Tayyorlangan taqdimot ishini saqlash bo'yicha chuqurroq to'xtalib o'tamiz. Birinchidan, yaratilgan taqdimotga shunday ishorat ko'rsatiladiki, u bajarilgan ishni reklama qilish, tarqatishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, on-layn taqdimot o'tkazish imkoniyatiga ega bo'linadi. Buning uchun maxsus sahifa mavjud bo'lib, unda taqdimotdan foydalanuvchilar belgilangan vaqt oralig'ida sizni yaratgan taqdimotingizni ko'rishlari va foydalanishlari mumkin bo'ladi.

Taqdimotni saqlash oynasi

Taqdimotni saqlashning yana bir usuli uchun PDF formatida saqlash imkoniyati ham mavjud. Yana bir imkoniyatlaridan biri, yaratilgan taqdimotni agar internet tarmog'iga ulanish bo'lmasa, taqdimotni komp`yuterga ko'chirib olish va uni avtonom rejimida qo'llash imkoniyati ham mavjud.

Multimediyali taqdimot mazmuniga qo`yilgan talablar:

  • taqdimot mazmuni darsning maqsadi va vazifalariga mos kelishi;
  • qabul qilingan imlo, tinish belgilari, qisqatirish va matnni kiritish qoidalariga amal qilish;
  • ma`lumotlarni taqdim etishda aniq va ishonchli faktlarga asoslangan bo`lishi va bu borada xatolarga yo`l qo`ymaslik;
  • slayddagi matnni qisqa va aniq bo`lishi;
  • slayddagi har bir matnli ma`limot qismi mazmuni mantiqan tugallangan bo`lishi;
  • bayoning qisqaligi va matnning axboriyligining yuqoriligi;
  • ma`lumotning slaydda joylashuvi (ma`lumtolarning gorizatal joylashishi afzaldir,
  • ma`lumotlarning muhim qismi slaydning o`rta qismida joylashuvi muhim; agar
  • slaydda surat bo`lsa u holda matn uning pastki qismida joylashish maqul bo`ladi,
  • matn chekka qismlarini tekislash zarur)
  • ma`lumotni jalb qiluvchi va o`zgacha bo`lishi o`quvchi e`tiborini tortadi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling