Prezident Mak


Download 62.36 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2023
Hajmi62.36 Kb.
#1089478
  1   2   3
Bog'liq
A DARAJA TANQIDIY FIKRLASH 2020





Prezident Maktablari Imtihoniga Tayyorgarlik Testi Asosiy bosqich uchun repetitsion savollar


Test A: Tanqidiy Fikrlash
1. Quyida berilgan bayonotdan keyin I va II bilan raqamlangan ikkita argument keltirilgan. Siz argumentlardan qaysi biri "kuchli", qaysi biri "zaif" argument ekanligini hal qilishingiz kerak. Bayonot: O’zbekiston energiya ehtiyojlarini qondirish uchun quyosh energiyasidan foydalanishga harakat qilishi kerakmi?
Argumentlar:
I. Ha, hozirgi paytda ishlatiladigan ko'pgina energiya manbalari tugaydi.
II, Yo'q. Quyosh energiyasidan foydalanish O’zbekistonga yetishmayotgan katta kapitalni
talab qiladi.
A) Faqat I argument kuchli B) Faqat II argument kuchli C) Yoki I yoki II kuchli
D) I ham, II ham zaif
E) I ham, II ham kuchli
2. Kontrabanda bilan bog'liq ishlarda katta foyda tufayli yuzlab odamlar ushbu faoliyatga jalb qilingan. Ularning ba'zilari bir kechada millionerga aylanishadi. Hech shubha yo'qki, bunga qarshi ishlar hukumat tomonidan nazoratga olingan, ba’zi reydlar orqali bu kabi jinoyatchilar qo’lga olinadi, ammo bu kamlik qilmoqda.


Yuqoridagi parcha quyidagi qaysi bayonotni eng yaxshi tarzda qo'llab-quvvatlaydi?


A) kontrabanda millatning iqtisodiy rivojlanishiga xalaqit beradi. B) kontrabandaga chek qo'yish kerak.
C) rasmiylari kontrabandani cheklash uchun qat'iy choralar ko'rmoqda.
D) kontrabanda tezkor foyda keltirishi tufayli tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda. E) eng qimmat kontrabanda mahsuloti bu filning suyagidir
Quyidagi bayonotga I va II raqamli ikkita taklif berilgan. Siz bayonotdagi hamma narsani haqiqat deb qabul qilishingiz va bayonotda keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib, tavsiya etilgan takliflardan qaysi biri mantiqan to'g'ri kelishini aniqlang
3. Bayonot: Mamlakatning bir necha qismida qattiq qurg'oqchilik boshlangani xabar qilinmoqda.
1-taklif: Hukumat zudlik bilan zarar ko'rganlarga moddiy yordam ko'rsatish uchun choralar
ko'rishi kerak.
2-taklif: Odamlar va mollarni qutqarish uchun zudlik bilan ushbu joylarga oziq-ovqat, suv va ozuqa yuborilishi kerak.
A) Faqat I B) Faqat II C) Yoki I yoki II D) I ham II ham emas E) I ham II ham
Dastlabki ikkita bayonotga asoslanib, uchinchi bayonot to'g'ri, yolg'on yoki noaniq bo'lishi mumkin.
4. Tohir Odildan katta, Hasan Tohirdan katta, Odil Hasandan katta
Agar dastlabki ikkita gap to'g'ri bo'lsa, uchinchi bayon
A) Rost B) Yolg’on C) Noaniq
Har bir savol vaziyatni keltirib chiqaradi va ushbu holat bo'yicha qaror qabul qilishingizni so'raydi. Berilgan ma'lumotlarga asoslanib javobni tanlang.


5. Maktab direktoriga ota-onalardan tanaffus vaqtida maktab hovlisidagi bezorilik haqida shikoyatlar kelib tushgan. U ushbu vaziyatni iloji boricha tezroq tekshirishni va tugatishni istaydi, shuning uchun u tanaffus paytida yordamchilaridan diqqat bilan kuzatishni iltimos qildi. Tanaffusda yordamchilari qanday vaziyatda direktorga hisobot berishlari kerak?


A) Qizcha skameykada kitob o'qiyotgancha bemalol o'tirib, tengdoshlari bilan muloqot qilmayapti. B) To'rt qiz yana bir qizni o'rab olishadi va uning sumkasini egallab olib qo’yishganga o'xshaydi. C) Ikki o'g'il bola basketbolning yakkama-yakka o'yinini o'tkazmoqda va oxirgi urilgan gol haqida bahslashmoqda.
D) Uchta o'g'il bola maktab atrofida video o'yin ko’rishmoqda.
E) Maktab oshxonasida 2 ta o’quvchi ovqat narhidan norozi bo’lmoqda
6. Bu yerda sun'iy tildan tarjima qilingan ba'zi so'zlar mavjud.
gorblflur erkatoy qizni anglatadi pixngorbl qizning ko’ylagi
arthtusl - katta shahar degan ma'noni anglatadi
Qaysi so'z "katta qiz " degan ma'noni anglatishi mumkin?
A) gorbltusl B) flurgorbl C) artflur
D) pikselart
E) arthpixn
7. O'zingizning javobingizni faqat dastlabki uchta faktda keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib tanlang.
1-fakt: Barcha itlar yugurishni yaxshi ko'radilar.
2-fakt: Ba'zi itlar suzishni yaxshi ko'radilar.
3-fakt: Ba'zi itlar o'zlarining xo'jayinlariga sodiqdir.
Agar dastlabki uchta gap fakt bo’lsa, quyidagilardan qaysi biri haqiqat bo'lishi kerak?
I: Suzishni yaxshi ko'radigan barcha itlar o'z xo'jayinlariga sodirdir. II: Suzishni yaxshi ko'radigan itlar ham yugurishni yaxshi ko'radilar. III: Yugurishni yaxshi ko'radigan itlar xo'jayinlariga sodiqdir.
A) Faqat I B) Faqat II
C) Faqat II va III D) Hech biri
E) Faqat I va II
8. Inson texnologiyasi taxminan ikki yarim million yil avval dastlabki tosh qurollardan rivojlangan. Boshida rivojlanish darajasi sust edi. Yuz minglab yillar juda katta o'zgarishsiz o'tdi. Bugungi kunda har kuni televizor va gazetalarda yangi texnologiyalar haqida xabar beriladi.
Yuqoridagi paragraf quyidagi qaysi bayonotni eng yaxshi tarzda qo'llab-quvvatlaydi
A) Toshdan yasalgan qurollar aslida texnologiya emas edi.
B) Tosh qurollari ikki yarim million yil davomida ishlatilgan
C) Tosh qurollar qachon ishga tushirilganligini bilishning imkoni yo'q.
D) Hozirgi dunyoda doimiy ravishda yangi texnologiyalar ishlab chiqilmoqda
E) Eng yangi texnologiyalarning hech biri toshdan yasalgan asboblarni yaratish kabi ahamiyatli emas.
Quyidagi parchani diqqat bilan o'qing va 9-10 - savollarga javob bering:
Maktabda bolalarga kompyuter berish bu o'qituvchilarning vaqtini yo'qotishdir. Ushbu bolalar kompyuterlardan samarali foydalanishni o'rganish uchun juda yoshdirlar, sababi arifmetika va o'qish kabi muhim vazifalarni o'rganishga vaqt sarflashlari kerak. Axir, bola yurishdan oldin emaklab yurishi kerak.

Download 62.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling