24. Ikki sonning ayirmasi kamayuvchidan 3 taga kam, ayriluvchidan esa 4 taga
ko’p. Shu ayirmani toping.
A) 7 B) 9 C) 10 D) 12
25. Allaqaysi sayyorada 1 yil 20 oy ekan. 1 oy esa 6 hafta ekan. Ta’til kunlari
chorak yil ekan. Ta’til kunlari necha hafta davom etarkan?
A) 5 B) 6 C)10 D) 30
26. 7 nafar bola dumaloq stol atrofida o’tiripti. Hech qaysi 2 ta o’g’il bola
yonma-yon o’tirmagan, hech qaysi 3 ta qiz ketma-ket (birgalikda) o’tirmagan.
Stol atrofida nechta qiz bola bor?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
27. Yozda bolalar dala hovlidan ko’lgacha velosipedda kelishdi. Hovli va ko’l
orasi 3 km. Ilyos bu masofani 10 minutda, Mashhura esa undan 2
marta
ko’proq vaqtda o’tadi.
Muqaddas esa Mashhurdan tezroq,
ammo Ilyosdan
sekinroq yuradi. Uning tezligi qanday bo’lishi mumkin?
A) 20 km/soat B) 18 km/soat C) 12 km/soat D) 9 km/soat
28. Maxinada 20
ta qizil, 15 ta ko’k va 30 ta yashil rangli kublar bor. U
kublarni ustma-ust qo’yib, minora yasamoqchi. Minoraning 2 ta qo’shni
kublarning rangi turlicha bo’lishi kerak. Maxina qurishi mumkin bo’lgan eng
baland minorada nechta kub bo’ladi?
A) 30 B) 32 C) 56 D) 51
29. Malika 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 sonlarini qog’ozga yozdi. 3
ta toq sonni
o’chirdi, keyin boshqa 2 ta 3 ga bo’linadigan sonni o’chirdi. So’ngra 5 ta
o’chirilgan sonlarni qo’shib chiqdi. Bu yig’indi
eng kamida nechaga teng
bo’lishi mumkin.
A) 18 B) 20 C) 22 D) 24
@piimatestts
– Prezident maktabiga tayyorlov testlari STATISTIKA MARKAZI.
Test tuzuvchi:
Nurbek Namozov
30. Zilola 3 xil rangda konfet sotib oldi: oq, qora, yashil. Bir dona oq konfet
40 so’m, 1 dona qora konfet 20 so’m, 1 dona yashil konfet 10 so’m ekan.
Zilola 10 ta konfet uchun 160 so’m pul to’ladi. U necha dona oq konfet sotib
olgan?
A) 5 B) 4 C)3 D) 1