1994-yil noyabrda Oʻrta Osiyo temir yoʻlning Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan temir yoʻl korxonalari va boʻlimlari, loyihakonstruktorlik va boshqa tashkilotlari, muassasalari negizida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlataksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi tashkil etildi. Respublika temir yoʻl transportini rivojlantirish istiqbollari Iktisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining Kvetta rejasida belgilangan vazifalar qatoridan oʻrin olgan. - 1994-yil noyabrda Oʻrta Osiyo temir yoʻlning Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan temir yoʻl korxonalari va boʻlimlari, loyihakonstruktorlik va boshqa tashkilotlari, muassasalari negizida "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlataksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi tashkil etildi. Respublika temir yoʻl transportini rivojlantirish istiqbollari Iktisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining Kvetta rejasida belgilangan vazifalar qatoridan oʻrin olgan.
- 21-asr boshida Oʻzbekiston Transport yoʻlit. tarkibida ijtimoiy sohalar va ishlab chiqarish.ga yoʻnaltirilgan korxona muassasa va tashkilotlardan iborat boʻlgan yagona texnologikishlab chiqarish. majmuiga aylandi. Kompaniyaning temir yoʻldan foydalanishga masʼul boʻlgan Toshkent, Fargʻona, Qoʻqon, Buxoro, Qoʻngʻirot, Qarshi— Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzellari fao, liyat koʻrsatadi (2004).
- Yuk tashishda teplovozlar (respublika temir yoʻlda parovoz 1974-yilgacha ishlatildi), yoʻlovchilar tashishda teplovoz va elektrovozlar xizmat koʻrsatadi. Transport yoʻlini elektrlashtirish dastlab 1970-yil Toshkent—Yangiyoʻl uchastkasida boshlangan. Keyinchalik Xoʻjakent—Sirdaryo liniyasi (148 km)da elektr poyezdlari katnovi yoʻlga qoʻyiddi. 1985-yildan temir yoʻlni oʻzgaruvchan tokda elektrlashtirishga oʻtildi. 1993-yilda Transport yoʻlining Xovos—Bekobod va Xovos—Jizzax liniyalari elektrlashtirildi. 2003-yildan Toshkent—Samarqand yoʻnalishida "Registon" elektropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning yagona temir yoʻl tarmogʻini vujudga keltirish boʻyicha uz. 700 km ga yaqin Navoiy — Uchquduk — Nukus temir yoʻli kurib bitkazildi, 223 km li Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻli kurilishi boshlab yuborildi. Bu yoʻllar xududlarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. - Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning yagona temir yoʻl tarmogʻini vujudga keltirish boʻyicha uz. 700 km ga yaqin Navoiy — Uchquduk — Nukus temir yoʻli kurib bitkazildi, 223 km li Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻli kurilishi boshlab yuborildi. Bu yoʻllar xududlarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
- "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi tasarrufida asosiy temir yoʻlning foydalanish uz. 3992 km. Bundan tashqari, 1992,7 km stya yoʻllari va 362,4 km respublika korxonalari shoxobcha yoʻllaridan foydalaniladi. Elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyalari uz. 620 km (2004-yil 1 yanvar).
- 2003-yilda umumiy foydalaniladigan Transport yoʻlit.da asosiy qismi toshkoʻmir, neft yuklari, kurilish yuklari, sement, kimyoviy va mineral oʻgʻitlar, don mahsulotlari va boshqalardan iborat boʻlgan 45,1 mln. t yuk tashildi, yuk aylanmasi 19,1 mlrd.t. km ni tashkil etdi (2000-yilda tegishlicha 42,4; 15,4). Mamlakat ichida tashilgan jami yuklarning 9,7%, uzoq xorij mamlakatlariga joʻnatilgan yuklarning 40,7% Transport yoʻlit. hissasiga toʻgʻri keldi. Temir yoʻl transportida joʻnatilgan yoʻlovchilar esa 15,3 mln. kishidan, yoʻlovchi aylanmasi — 2,065 mlrd. yoʻlovchi. km dan iborat boʻldi (2000-yilda tegishlicha 14,5; 2,2).
Do'stlaringiz bilan baham: |