Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorako’l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida


Download 329.76 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi329.76 Kb.
#1482762
Bog'liq
Хисобот ярим йиллик


Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorako’l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida sinfdan tashqari kasbga yo`naltirilgan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo`yicha 2022-2023-o`quv yilining birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar
“HISOBOTI
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son farmonining 6-ilovasida Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarida o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari kasbga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish belgilab qo`yilgan.
Ushbu Farmon ijrosini ta’milash maqsadida Qorako’l tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatining Yo’l xaritasi ishlab chiqildi. Yo’l xaritada belgilangan, o`quv yilining birinchi choragiga mo’ljallangan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

  1. Maktab maslahatchisi va psixologi tomonidan o`quvchilar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma natijasida o`quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalri va boshqa sanoat obektlari ro`yxati shakllantirildi.

  2. Qorako`l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati joylashgan hududga yaqin bo`lgan 2ta ishlab chiqarish korxonasi bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi. Jumladan 2022-yil 14-oktabr kuni “QORAKO`L KUMUSH KALAVA” MChJ va 2022-yil 21-oktabr kuni “PKP PLASTIKSTORG” MChJ bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

  3. Qorako`l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori tomonidan LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY MChJ bosh direktori T. Sh. Gaynanshinga hamkorlik qilish mazmunida rasmiy xat yuborildi. Ushbu xatda Qorako`l tumanida joylashgan eng katta sanoat, ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyatga ega zamonaviy korxona, “Qandim” gazni qayta ishlash majmuasi va Qorako’l tuman ixtisoslashtirilgan maktab internati o`rtasida hamkorlik qilish, maktab-internatining bitiruvchilariga kimyo, biologiya, fizika, matematika va axborot texnologiyalari sohalari mukammal o’qitilayotganligini hamda o`quvchi yoshlarimiz uchun ushbu korxonada kasbga yo’naltitrish mashg’ulotlarini olib borish ko`zda tutilgan. Ayni kunda ushbu taklif ijobiy qabul qilinib, korxona xodimlari tomonidan dastlabki mashg’ulotlar maktab –internati hududidan boshlanishi kelishib olindi.

  4. Qorako`l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o`quvchilarini belgilangan jadval asosida hududdagi sanoat korxonalariga amaliyot mashg’ulotlari o`tkazish uchun olib borilmoqda.

Maktab maslahatchisi: N. To`xtamishov




Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorako`l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi sinf o`quvchilarining amaliyot


BAYONNOMASI


PTMA Qorako`l IMI bitiruvchi sinf o`quvchilari tumanda joylashgan “PKP Plastikstorg” MchJda amaliyot mashgulotlarini o`tkazdilar. Mashg’ulot boshida korxona rahbari Qosim Toxirovich Husenov o`quvchilarga korxona faoliyati, uning tarixi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari haqida qisqacha ma’lumot berdi.



Shundan so’ng korxona bosh texnologi tomonidan Xitoy davlatidan olib kelingan ip yigiruv dastgohlari, ularning ishlash prinsiplari va ushbu dastgohlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.


Bundan tashari o`quvchilarga korxonada ishlayotgan xodimlarning malaka talablari, ish me’yorlari, mehnat shrtnomalari va texnika xavfsizligi qoidalri kabi tushunchalar korxona menejeri tomonidan tushuntirildi.


Amaliy mashg’ulot davomida o`quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi. Ayniqsa, oddiy paxta xom ashyosidan tayyor mahsuot olishgacha bo`lgan texnik jarayon o`quvchilarda katta qiziqish uygotdi. Korxonada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning ichki bozorimizdan tashqari Rossiya davlatiga eksport qilinishi va korxonaning sof daromadi ortib borayotgani o`quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Qorako’l IMI va korxona mas’ullari o`quvchilarni kelgusi mashg’ulotda dastgohlarda mustaqil ishlashga o’rgatishni kelishib olishdi. Buning uchun esa oquvchilarga mustaqil o`rganish uchun nazariy topshiriqlar berildi.
O`quvchilar amaliy mashg’ulotdan katta taassurot va bir qancha rejalar bilan qaytishdi.


Maktab maslahatchisi: N. To`xtamishov
Download 329.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling