Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi


Download 1.63 Mb.
Sana13.02.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1192605
Bog'liq
Nigina slayd

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi

Termiz shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab

internati 6-D sinf o’quvchisi Jo’rayeva Niginaning

“Yosh kitobxon” tanlovi uchun tayyorlagan

TAQDIMOTI

Mening oilam 5 kishidan iborat: Dadam, onam, men va ikkita ukam. Biz oilaviy kitob o’qishni yaxshi ko’ramiz va birgalikda ko’p kitoblar o’qiymiz. Dadam va onam ko’proq badiiy kitoblarni, ukam esa ertak kitoblarni o’qiydi, kichkina ukamga onam ertaklar o’qib beradi. Men esa Xudoyberdi To’xtaboyev asarlarini sevib mutolaa qilaman.

Dadam sevib o’qiydigan kitob bu Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” asari. Dadamning aytishicha, har safar bu kitobni qayta o’qiganlarida asarning yangicha qirralarini kashf qilarkanlar.

Onamning eng yoqtirgan kitobi Cho’lponning “Kecha va kunduz” romani. Onam ushbu asar yoshlarning milliy maʼnaviyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutishi haqida uqtiradilar.

Ukalarim ertak kitoblarni hush ko’radi va miriqib tinglaydi. “Aka-uka Grimm ertaklari”, “Zumrad va Qimmat”, “Qizil qalpoqcha”, “Yetti uloqcha”, “Ur to’qmoq” kabi ertaklarni miriqib tinglashadi.

Mening yoqtirgan asarlarim muallifi barcha bolalarning sevimli yozuvchisi Xudoyberdi To’xtaboyev. Xudoyberdi bobomizning barcha asarlarini o’zgacha zavq bilan o’qiyman. Uning asarlarida biz bolalarga hos bo’lgan qiziquvchanlik, sarguzashtlarga bo’lgan ishtiyoq sezilib turadi. “Sariq devni minib”, “Sariq devning o’limi”, “Shirin qovunlar mamlakati”, “Quyonlar saltanati” kabi asarlari shular jumlasidan.

Mening eng sevimli asarim Xudoyberdi To’xtaboyevning “O’n besh yoshli millioner” asari.


Hikoyaning qahramonlari Egamberdi, Karimberdi, Shakarxon aya, Sobirjon brigadir va boshqalar. Asarning bosh qahramonlari Egamberdi va Karimberdi Egamberdining vafot etgan onasi qabriga oq marmardan qabrtosh qo’yish va o’zlari o’ynab yoqib yuborgan Sobirjon brigadirning traktori o’rniga yangisini olib berish maqsadida pul topish yo’llarini izlaydilar. Buning uchun ular velosipedlarini quyonlarga almashtirishadi. Quyonlarini sehrli quyonlar ekanligiga odamlarni ishontirib, quyonlarni silash evaziga pul olishadi. Hikoya oxirida esa quyonlar haqiqatdan ham sehrli quyonlarga aylanadi, Egamberdi va Karimberdi esa 15 yoshlaridayoq millionerga aylanishadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling