Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoev tarix fani oldiga qanday vazifalarni qo‘ydi?


Download 18.24 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi18.24 Kb.
#210468
1   2
Bog'liq
3savol javobi

ijtimoiy yondashuv tamoyiliga rioya etish zarur. Ijtimoiy yondashuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o‘rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv bo‘lib, u tarixni soxtalashtiradi, to‘g‘ri xulosaga olib kelmaydi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalarning tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‘rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatni u yoki bu yo‘ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa qilib aytganda, ilmiylik, xolislik, tarixiylik metodlari tarixni yoritishning asosiy kaliti hisoblanadi.

Qisqacha aytganda, Axsikent sayyohlik manziliga aylanishi uchun barcha sharoitlar, zarur infratuzilma yaratiladi, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari quriladi. Shavkat Mirziyoev majmuada qadimiy tariximizni tarannum etuvchi festival o‘tkazish,

Namangan davlat universitetida arxeologiya ta’lim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Tarixni tarixiy ob’ektlarda o‘qitish, maktab va universitetdagi amaliy mashg‘ulotlar va darslarnig ayrimlarini shu yerda o‘tish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yil 19 mart kungi videoselektorda, yoshlar kelajagida muhim ahamiyat kasb etuvchi beshta tashabbusni ilgari surib, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, buyuk mutafakkirlarimizning badiiy, adabiy, tarixiy, diniy va ilmiy merosini o‘rganish, ularning jahon tamadduni taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasini targ‘ib etish yoshlarning dunyoqarashining o‘sishiga, ilm-fanga qiziqishini oshishiga xizmat qiladigan muhim vazifalardan biridir. Innovatsion taraqqiyot yo‘lini tanlagan davlatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar davrida hali o‘rganilmagan, uzoq vaqtlar davomida aholi qo‘lida saqlangan qo‘lyozmalarni tadqiq etish alohida ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-2995-son qaroriga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligi aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilib, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondiga taqdim etmoqda.

– Jamg‘arma tomonidan 2018 yilda 117 turdagi 158,1 mln. so‘mlik noyob hujjatlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Fondiga o‘tkazildi. Joriy 2019 yilda esa 161 turdagi jami 417,6 mln. so‘mlik noyob qo‘lyozma va tarixiy manbalar xarid qilindi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Fondiga taqdim etildi.

Xarid qilingan manbalarning turi, fan sohasiga ko‘ra tarix, adabiyot, tabobat, islom qonunshunosligi, aqida, tafsir va boshqa turli mavzularga tegishli bo‘lgan kitoblar, shuningdek xonlarning buyruqlari, qozilarning yuridik hujjatlarining original nusxalar ham mavjud.

Tarixni bilish va uni o‘rganish, ota-bobolarimizdan qolgan boy merosni asrab-avaylash, yoshlarda milliy g‘ururni, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga bo‘lgan e’tibor Prezident Sh.Mirziyoevning 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham o‘z aksini topgan. “Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. O‘tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo‘lishi zarur. Afsuski, yurtimiz tarixini o‘rganishda o‘tgan davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmadi. Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va San’atshunoslik institutlari faoliyatini, oliy o‘quv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur. Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak.

Shu maqsadda, O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi tarkibida “O‘zbekiston tarixi” kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. Mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozim”. Murojaatnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida 2019 yilning sentabr oyidan boshlab O‘zbekiston tarixi telekanali o‘z faoliyatini boshladi. Telekanalda Vatan tarixini o‘rgatuvchi turli xil ko‘rsatuvlar efirga o‘zatilmoqda.




Download 18.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling