Prezidentlik institutining shakllanishi
Download 140.53 Kb.
|
Xolto\'rayev Farxod 3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Abdug’aniyevich Karimov (1938-2016)
Prezidentlik institutining mohiyati va ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobi prezidentlik institutiga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi. Bundan yigirma yetti yil avval, 1990 yil 24 martda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish maqsadida MDH davlatlari ichida esa birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti lavozimi ta’sis etildi (1).O‘zbekiston tarixida ilk daf’a joriy etilgan Respublika Prezidenti lavozimi yangi O‘zbekiston davlat hokimiyati organlari tizimida markaziy o‘rinni egalladi. U siyosiy tizimning o‘zagi bo‘lib qoldi. Prezidentlik hokimiyatida Prezidentning davlat boshlig‘i ... vakolatlari mujassamlashgan. Bu hokimiyat jamiyatdagi barqarorlikning va O‘zbekiston islohotlar yo‘lidan muvaffaqiyatli olg‘a borishining kafolati bo‘lgani holda, yangi o‘zbek davlatchiligi binosining asosiy tayanchiga aylanib qoldi (2). O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik lavozimi milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz bilan rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini uyg‘unlashtirish natijasida vujudga keldi. O‘zbekistonda ta’sis etilgan Prezident lavozimining huquqiy asoslarini tahlil qilib baralla aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda Prezidentning saylanishi, vakolatlari demokratik standartlarga mos to‘la keladi.Islom Abdug’aniyevich Karimov (1938-2016)Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentyabr, Toshkent shahri[2]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.Download 140.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling