Примеры архитектур пк


Download 1.23 Mb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1635064
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16 ()-mavzu Hyperthreading texnologiyasi

Hyper-threading (inglizcha hyper-threading, rasmiy nomi hyper-threading texnologiyasi, HyperThreading yoki HT) - bu Intel tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya. HyperThreading "bir vaqtning o'zida ko’ppotoklilik" (SMT-simultaneous multithreading) g'oyasini amalga oshiradi. HyperThreading - bu Intel Xeon protsessorlarida 2002 yil paydo bo'lgan va 2002 yilda Pentium 4 protsessorlariga qo'shilgan super-threading texnologiyasining rivojlanishi, HyperThreading qo’shilgandan so'ng, bitta fizik protsessor (bitta fizik yadro) operatsion tizim tomonidan ikkita alohida protsessorlar (ikkita mantiqiy yadro) deb qaraladi.
AMD ning dastlabki 2 yadroli protsessori
Muayyan ish yuklamalari ostida HyperThreading-dan foydalanish protsessor ish faoliyatini yaxshilashi mumkin. Texnologiyaning mohiyati: foydali ishni nofaol (bo’sh turgan) qurilmalarga o'tkazish.
HyperThreading texnologiyasi Core 2 («Core 2 Duo», «Core 2 Quad») seriyali protsessorlarda qo’llanilmagan.
Core i3, Core i7 protsessorlarida va ba'zi bir Core i5 protsessorlarida o'z printsiplariga o'xshash texnologiya tatbiq etiladi (Hyper-threading). Texnologiya ishlatilganda, har bir protsessor yadrosi operatsion tizim tomonidan ikkita mantiqiy yadro sifatida aniqlanadi.
Shunga o'xshash texnologiya ba'zi Itanium va Atom seriyali protsessorlarida ham mavjud.
hyper-threading ni qo’llovchi prtosessor:
bir vaqtning o'zida ikkita liniyaning holatini saqlashi mumkin;
har bir mantiqiy protsessor uchun bitta registrlar to'plami va bitta uzilishlar controlleri (APIC) mavjud.
Operatsion tizim bu
protsessorni ikkita mantiqiy
protsessor deb qabul qiladi.
Har bir mantiqiy protsessor-
ning o'ziga xos registrlar
to'plami va uzilishlar
kontrolleri mavjud.
Qolgan fizik elementlar barcha
mantiqiy protsessorlar
uchun umumiy hisoblanadi.
\misol. Jismoniy protsessor birinchi mantiqiy protsessorning buyruqlar oqimini bajaradi. Buyruqlar oqimini bajarish quyidagi sabablarga ko'ra to'xtatiladi:
protsessor “keshga tusha olmaslik” holatida;
tarmoqlanishni noto'g'ri tahmin qilish;
oldingi komandaning natijasi kutilmoqda.
Fizik protsessor bo’sh (ishsiz) qolmaydi, lekin boshqaruvni ikkinchi mantiqiy protsessorning buyruqlar oqimiga o'tkazadi. Shunday qilib, bitta mantiqiy protsessor kutayotgan paytda, (masalan xotiradan ma'lumotlarning kelishini) fizik protsessorning hisoblash resurslari ikkinchi mantiqiy protsessor tomonidan ishlatiladi.
HyperThreading yutuqlari:
  • Bir vaqtda bir necha potoklarni yuklash mumkin (ko’ppotokli kod);
  • Chaqiruv vaqtining qisqaligi;
  • Serverning xizmat qilish doirasini kengaytirish.

  •  Intel kompaniyasiga ko’ra, HyperThreading texnologiyasini Pentium 4 va PentiumXeon da qo’llash bilan:
  • Kristall maydoni va energiya iste’moli oshishi 5% dan ko’p emas;
  • Ba’zi masalalarda esa unumdorlik 15—30 % ga oshgan
  • Tezlik ko’rsatkichi 30 % ga oshgan (HyperThreading siz protsessorlarga nisbatan);

Ishlash samaradorligi har bir dasturda farq qiladi. Ba'zi dasturlar hatto sekinlashishi mumkin. Bu, avvalambor, kerakli hisoblash manbalarini egallaydigan Pentium 4 protsessorlarining "takrorlash tizimi" bilan bog'liq, shu sababli boshqa potoklar ishlanmasdan, turib qolishi kuzatiladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling