Principles for designing materials
Download 64.03 Kb.
|
Material development
RESYUME
Ushbu kurs ishi chet tillarini o’qitishda foydalaniladigan turli o’qitish materiallari, ularning turlari va shu kabi materiallarni tayyorlashda talab qilinadigan mezonlarga bag'ishlangan. Shuni aytib o’tish joizki, o’quv materiallari, shu jumladan, darsliklar, jurnal va boshqa turdagi adabiyotlardan foydalanmasdan darsni samarali tashkil qilish va olib borish mushkul ekanligini hisobga olib, har bir o’qituvchi dars jarayonida o’zi foydalanadigan materiallar haqida aniq tushunchaga ega bo’lishi shu bilan birga, o’zi ham material yarata olish ko’nikma va bilimlariga ega bo’lishi talab qilinadi. Ma’lumki, o’quv materiallarini loyihalash, ularni dars jarayonigacha saralab, o’quvchilar ehtiyojiga moslashtirish darsni tashkil qilishning muhim komponentlaridan biri hisoblanadi. Kurs ishi yaratilishida Brian Tomlinsonning Materials Development kitobi hamda shunga asoslanib yaratilgan boshqa materiallar tayanch manbalar hisoblanadi. Brian Tomlinson MATSDA(The Materials Development Association) – xalqaro materiallar tayyorlash assotsatsiyasiga 1993 yilda asos solgan. Bu assotsatsiya xorijiy va ikkinchi chet tili o’rganuvchilarga sifatli materiallarni ishlab chiqish va bu ishda hamkorlik uchun o’qituvchilar, olimlar, yozuvchi va nashriyotchilarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan. O‘tilayotgan darsda talabalarga axborot yetkazish, ularni darsni puxta o‘zlashtirishlari va faol qatnashishlarini ta‘minlashda tarqatma materiallarning ahamiyati katta. Darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo‘llanilmoqda. Tarqatiladigan materialning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita talabaning qo‘lida bo‘lib, uzoqdan ko‘rsatiladigan ko‘rgazmali qurollarga xos kamchiliklardan holi. Material tayyorlash jarayoni ham o’z ichiga bir qancha bosqichlarni qamrab oladi. Birinchi qismda nazariy ma’lumotlar keltirilgan bo’lsa, ikkinchi qism amaliy hisoblanadi. Kurs ishi kirish, ikkita bo’lim, xulosa, rezyume va foydlanalilgandabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Kurs ishida dars uchun materiallar tayyorlash jarayoni, materiallar haqida ma’lumotlar shu kabi qator ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Download 64.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling