Prinsipiga doir mantiqiy masalalarni yechish


Dirixle prinsipi asosida mantiqiy masalalarni yechish usullari


Download 119.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana27.01.2023
Hajmi119.03 Kb.
#1132898
1   2   3
Bog'liq
5-MAVZU

Dirixle prinsipi asosida mantiqiy masalalarni yechish usullari. 
Dirixle prinsipi berilgan xossalarga ega bo`lgan ob’ektning 
mavjudligini bilvosita isbotlashda qo`llaniladigan mantiqiy usullardan 
biri bo`lib, uning mazmuni quyidagichadir: n ta qutiga soni n dan ortiq 
bo`lgan predmetlar joylashtirilsa, u holda shunday quti topiladiki, unda 
bittadan ortiq predmet joylashadi. 
Dirixle prinsipini qo`llab mantiqiy masalalarni yechish uchun 
masala 
shartida 
“quti” lar nimani anglatishi va ularga 
joylashtirilayotgan “predmetlar” nimani anglatishini tushunib etish 
muhimdir. 
1- 
masala. Umumiy o`rta ta’lim maktabida 30 ta sinf bo`lib, unga 
yaqin “ Kengash” mahallasida maktabning 34 ta o`quvchisi yashaydi. 
Bu o`quvchilar ichidan hech bo`lmaganda ikkitasi albatta sinfdosh 
ekanligini tasdiqlash mumkinmi? 
Yechish. Masala savoliga javob berish uchun qanday hol “eng 
yomon” bo`lishligini aniqlaymiz. Bu aniqki, maktabning har bir sinfida 
“Kengash” mahallasida yashovchi o`quvchining bor ekanligi bo`ladi. 
Lekin maktabda 30 ta sinf bo`lib, “Kengash” mahallasida yashovchi 
o`quvchilar soni 34 tadir. Demak, “Kengash” mahallasida yashovchi 34 
ta o`quvchilardan sinfdosh bo`lgan hech bo`lmaganda ikkita o`quvchi 
albatta topiladi. 
2- 
masala. Sinfda 25 ta o`quvchi bor. Ularning ichidan tug`ilgan 
kuni bir oyda bo`lgan 3 ta o`quvchi topiladi deb tasdiqlash 


mumkinmi? 
Yechish. Masala shartida “quti”lar bu oylar soni bo`lib, 
“predmetlar” esa sinfdagi o`quvchilar sonidir. Kalendar yilda 12 oy 
bo`lgani uchun, “eng yomon “ hol har bir sinfda bir oyda tug`ilgan 
o`quvchilar soni 2 ta bo`lishidir.Bu holda ularning soni 24 ta bo`ladi. 
Demak 25 - o`quvchi tug`ilgan kuni bir oyda bo`ladigan uchinchi 
o`quvchi bo`ladi. 

Download 119.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling