Prinsipiga doir mantiqiy masalalarni yechish
Dirixle prinsipi asosida mantiqiy masalalarni yechish usullari
Download 119.03 Kb. Pdf ko'rish
|
5-MAVZU
Dirixle prinsipi asosida mantiqiy masalalarni yechish usullari.
Dirixle prinsipi berilgan xossalarga ega bo`lgan ob’ektning mavjudligini bilvosita isbotlashda qo`llaniladigan mantiqiy usullardan biri bo`lib, uning mazmuni quyidagichadir: n ta qutiga soni n dan ortiq bo`lgan predmetlar joylashtirilsa, u holda shunday quti topiladiki, unda bittadan ortiq predmet joylashadi. Dirixle prinsipini qo`llab mantiqiy masalalarni yechish uchun masala shartida “quti” lar nimani anglatishi va ularga joylashtirilayotgan “predmetlar” nimani anglatishini tushunib etish muhimdir. 1- masala. Umumiy o`rta ta’lim maktabida 30 ta sinf bo`lib, unga yaqin “ Kengash” mahallasida maktabning 34 ta o`quvchisi yashaydi. Bu o`quvchilar ichidan hech bo`lmaganda ikkitasi albatta sinfdosh ekanligini tasdiqlash mumkinmi? Yechish. Masala savoliga javob berish uchun qanday hol “eng yomon” bo`lishligini aniqlaymiz. Bu aniqki, maktabning har bir sinfida “Kengash” mahallasida yashovchi o`quvchining bor ekanligi bo`ladi. Lekin maktabda 30 ta sinf bo`lib, “Kengash” mahallasida yashovchi o`quvchilar soni 34 tadir. Demak, “Kengash” mahallasida yashovchi 34 ta o`quvchilardan sinfdosh bo`lgan hech bo`lmaganda ikkita o`quvchi albatta topiladi. 2- masala. Sinfda 25 ta o`quvchi bor. Ularning ichidan tug`ilgan kuni bir oyda bo`lgan 3 ta o`quvchi topiladi deb tasdiqlash mumkinmi? Yechish. Masala shartida “quti”lar bu oylar soni bo`lib, “predmetlar” esa sinfdagi o`quvchilar sonidir. Kalendar yilda 12 oy bo`lgani uchun, “eng yomon “ hol har bir sinfda bir oyda tug`ilgan o`quvchilar soni 2 ta bo`lishidir.Bu holda ularning soni 24 ta bo`ladi. Demak 25 - o`quvchi tug`ilgan kuni bir oyda bo`ladigan uchinchi o`quvchi bo`ladi. Download 119.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling