Приоритизация вул мозговой Штурм Презентация


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1015659
Bog'liq
Фалсафа



Falsafa fanining
asosiy kategoriyalari
14.12.2022
"Falsafa" fanidan mustaqil ish
USAT univer
siteti
"Turizm" yo
'nalishi
107-guruh t
alabasi
Sheripboyev
Baxtiyor
Mahmudjon 
o'g'li


Reja:
1
Kirish
2
Falsafa
Falsafiy kategoriyalar haqida umumiy
tushuncha
3
• Butun va bo`lak struktura va element
kategoriyalari. Johon taraqqiyotining bir
butunligi va O`zbekiston uning targ`ibiy qismi.
Taraqqiyotning o`zbek modeli : aloxidalik va
umumiylik Dialiktikasi
4
• Mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, sabab va
oqibat , zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik
kategoriyalarning tabiyat va jamiyatda nomoyon
bo`lishi
5
Xulosa


Kirish
Har qanday fanning o`ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo`ladi. Masalan, fizikada
fizik qonunlar, og`irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko`p duch kelish mumkin.
Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan
bog`langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va xokazo. Matematikani esa
Pifagor, al-Хorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish kiyin. Хuddi shunday
falsafaning fanlik makomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi
ham bor. Ularni o`rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini
aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko`ra, «Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va
hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muxim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib
turuvchi, ichki o`zaro bog`lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini
kurib utdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan kiska tanishaylik.


Bu so'z qadimdagi Yunon tilidan olingan bo'lin, "izohlash",
"Tushuntirish" degan ma'noni anglatadj
Falsafiy kategoriyalar haqida
umumiy tushuncha
Kategoriya o'zi nima?
• Kategoriya o`zi nima? Bu so`z qadimgi yunon tilidan olingan bo`lib: «izohlash», «tushuntirish»,
«ko`rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanok
ilmiy tadqiqot yo`nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo`lib, Arastu ta’riflab bergan. U
o`zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv vokelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab,
turkumlashtirishga harakat qilgan. Хususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat»
(substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o`rin», «vaqt», «holat», «mavke», «harakat», «azob-
ukubat». Bu turkumlashtirish, o`z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Keyinchalik
Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.


Farobiy
Beruniy
4
• Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o`rganishni
aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha
Yunonistonda ko`proqpolitika va ritorika (notiklik san’ati) fanlari
sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki usha davrda
qo`shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutk
madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo`lgan. Ammo usha davrlarda
falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan
tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida
shakllantirilmagan edi. Хatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri
Suqrotni ham ana shunday, xali guyoki shakllanmagan fan bilan shug`ullangani
va yoshlarni bu ilm yo`liga boshlab, ularning noto`g`ri tarbiyasiga sabab
bo`lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi
Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun
to`rtki bo`lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta
sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga kotargan. Usha
davrdan boshlab falsafa o`z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga
ega bo`lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn
Sinolar ham katta ahamiyat berganlar. 
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi.
Хususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash),
«miqdor» (birlik, ko`plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat,
sabab va harakat, o`zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik,
vokelik va novokelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli
ularok, Хegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor),
«mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob’ektiv, sub’ektiv,
absolyut G`oya) tarzida izohlagan. 


Falsafa fanining
kategoriyalari haqidagi
turli qarashlarni
umumlashtirib
aytganda, ularning
mantiqiy tushunchalar
sifatidagi quyidagi
tavsiflari bor: 
1
• 1.Ob’ektiv vokelikning in’ikosi;
2
• 2.Narsa va hodisalarning o`zaro bog`lanish va
aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish
usuli;
3
• 4.Borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan
tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri.
4
• 3.Narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan
o`zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha;


Butun va bo`lak struktura va element kategoriyalari. Johon taraqqiyotining bir
butunligi va O`zbekiston uning targ`ibiy qismi. Taraqqiyotning o`zbek modeli:
aloxidalik va umumiylik Dialiktikasi
• Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o`rtasida uzviy bog`liqlik va muayyan farqlar
mavjud. Ya’ni «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog`lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini
nisbatan mustaqil ifodalash bo`lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog`lanish
munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – aloxidalik tarzida olib qarash holatlari
uchraydi. Shuningdek, muayyan o`xshashlik bo`lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida kabo`l qilish mumkin emas. Bunda sistema turli
darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo`lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni targ`ibiy jixatdan «butun», «qism», element»larga ajratish
bilishga xos nisbiy hodisa bo`lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko`ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi
bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak. 
Sistema, struktura, element falsafaning muxim kategoriyalaridan bo`lib xisoblanadi. Sistema – grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik,
elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. 
• Sistema, struktura, element falsafaning muxim kategoriyalaridan bo`lib xisoblanadi. Sistema – grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik,
elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. 
• Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish
jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ`ibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan
izohlanadi. Хususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko`ra turkumlashtirish, muxim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning
borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini o`rganish asosida, ularni
maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish
faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan harakterlanadi.


Sistema
• Sistema — narsa va hodisalarning bog`lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli
tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog`lanishi, aloqadorligi va
munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik
holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida to`zilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani
tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg`un bog`lanish, aloqadorligi va munosabatidir.
Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir.
Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy to`zilishi uning mavjudlik holatini hamda
rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning targ`ibiy to`zilishlari
xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko`rinishlari, DNK yoki RNK larning o`zaro
ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniglangan.
Ular umumlashgan holda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida mavjud bo`lsa ham,
moddiylikning konkret strukturasiga ega bo`lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan
elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki
struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin.• «sistema», «struktura», «element» kabi
falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil
usullarining umummetodologik asosi bo`lib hisoblanadi.


Mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, sabab va oqibat,
zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik
kategoriyalarning tabiyat va jamiyatda nomoyon bo`lishi
• «Mohiyat va hodisa» 
• Mohiyat-o`zida aloxidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. 
• Хodisa esa, ularning bog`lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo`lishidir. 
《Mazmun va shakl》
• Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishi bo`lib, uni boshqa sistemalardan farqini
belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi. 
• Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. 
《Sabab va oqibat》
• O`z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o`rtasidagi strukturaviy bog`lanish konkret mazmunga ega bo`lib, unga mos mazmunlarda o`z ifodasini topadi.
Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o`rtasidagi aloqadorlik, bog`lanish, munosabatning harakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning
sistema shaklida namoyon bo`lishi, muayyan sabab oqibatidir.


Xulosa
• Фалсафий категориялар фалсафий тафаккур учун ниҳоятда
муҳим бўлган оламдаги ўзгариш, ривожланиш, алоқадорлик ва
узвий боғлиқликка хос умумий жиҳатларнинг инъикосидир.
Улар нарса ва ҳодисаларнинг ўзига хослиги, ўхшашлиги ва
фарқларини, барқарорлиги ва ўзгаришини англатувчи,
билишнинг асосини ташкил этувчи энг умумий тушунчалар
бўлиб, оламдаги барча ҳодиса, жараёнларга хос умумий,
муҳим томонлар, ҳусусиятлар, муносабатларни ифодаловчи
кенг маъноли ва чуқур мазмунли илмий атамалардир.


E'tibor uchun raxmat!
Sheripboyev
Baxtiyor
14.12.22
USAT, Turizm, 107-guruh

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling