Приоритизация вул мозговой Штурм Презентация
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Фалсафа
Falsafa fanining asosiy kategoriyalari 14.12.2022 "Falsafa" fanidan mustaqil ish USAT univer siteti "Turizm" yo 'nalishi 107-guruh t alabasi Sheripboyev Baxtiyor Mahmudjon o'g'li Reja: 1 Kirish 2 Falsafa Falsafiy kategoriyalar haqida umumiy tushuncha 3 • Butun va bo`lak struktura va element kategoriyalari. Johon taraqqiyotining bir butunligi va O`zbekiston uning targ`ibiy qismi. Taraqqiyotning o`zbek modeli : aloxidalik va umumiylik Dialiktikasi 4 • Mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, sabab va oqibat , zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik kategoriyalarning tabiyat va jamiyatda nomoyon bo`lishi 5 Xulosa Kirish Har qanday fanning o`ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo`ladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og`irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko`p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan bog`langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va xokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Хorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish kiyin. Хuddi shunday falsafaning fanlik makomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o`rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko`ra, «Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muxim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o`zaro bog`lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini kurib utdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan kiska tanishaylik. Bu so'z qadimdagi Yunon tilidan olingan bo'lin, "izohlash", "Tushuntirish" degan ma'noni anglatadj Falsafiy kategoriyalar haqida umumiy tushuncha Kategoriya o'zi nima? • Kategoriya o`zi nima? Bu so`z qadimgi yunon tilidan olingan bo`lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko`rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanok ilmiy tadqiqot yo`nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo`lib, Arastu ta’riflab bergan. U o`zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv vokelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Хususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o`rin», «vaqt», «holat», «mavke», «harakat», «azob- ukubat». Bu turkumlashtirish, o`z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan. Farobiy Beruniy 4 • Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o`rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko`proqpolitika va ritorika (notiklik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki usha davrda qo`shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutk madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo`lgan. Ammo usha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Хatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, xali guyoki shakllanmagan fan bilan shug`ullangani va yoshlarni bu ilm yo`liga boshlab, ularning noto`g`ri tarbiyasiga sabab bo`lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun to`rtki bo`lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga kotargan. Usha davrdan boshlab falsafa o`z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo`lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar. XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Хususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko`plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o`zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, vokelik va novokelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli ularok, Хegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob’ektiv, sub’ektiv, absolyut G`oya) tarzida izohlagan. Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1 • 1.Ob’ektiv vokelikning in’ikosi; 2 • 2.Narsa va hodisalarning o`zaro bog`lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3 • 4.Borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. 4 • 3.Narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o`zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; Butun va bo`lak struktura va element kategoriyalari. Johon taraqqiyotining bir butunligi va O`zbekiston uning targ`ibiy qismi. Taraqqiyotning o`zbek modeli: aloxidalik va umumiylik Dialiktikasi • Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o`rtasida uzviy bog`liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog`lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo`lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog`lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – aloxidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o`xshashlik bo`lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida kabo`l qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo`lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni targ`ibiy jixatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo`lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko`ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak. Sistema, struktura, element falsafaning muxim kategoriyalaridan bo`lib xisoblanadi. Sistema – grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. • Sistema, struktura, element falsafaning muxim kategoriyalaridan bo`lib xisoblanadi. Sistema – grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. • Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ`ibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Хususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko`ra turkumlashtirish, muxim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini o`rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan harakterlanadi. Sistema • Sistema — narsa va hodisalarning bog`lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog`lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida to`zilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg`un bog`lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy to`zilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning targ`ibiy to`zilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko`rinishlari, DNK yoki RNK larning o`zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniglangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida mavjud bo`lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo`lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin.• «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo`lib hisoblanadi. Mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik kategoriyalarning tabiyat va jamiyatda nomoyon bo`lishi • «Mohiyat va hodisa» • Mohiyat-o`zida aloxidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. • Хodisa esa, ularning bog`lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo`lishidir. 《Mazmun va shakl》 • Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishi bo`lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi. • Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. 《Sabab va oqibat》 • O`z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o`rtasidagi strukturaviy bog`lanish konkret mazmunga ega bo`lib, unga mos mazmunlarda o`z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o`rtasidagi aloqadorlik, bog`lanish, munosabatning harakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo`lishi, muayyan sabab oqibatidir. Xulosa • Фалсафий категориялар фалсафий тафаккур учун ниҳоятда муҳим бўлган оламдаги ўзгариш, ривожланиш, алоқадорлик ва узвий боғлиқликка хос умумий жиҳатларнинг инъикосидир. Улар нарса ва ҳодисаларнинг ўзига хослиги, ўхшашлиги ва фарқларини, барқарорлиги ва ўзгаришини англатувчи, билишнинг асосини ташкил этувчи энг умумий тушунчалар бўлиб, оламдаги барча ҳодиса, жараёнларга хос умумий, муҳим томонлар, ҳусусиятлар, муносабатларни ифодаловчи кенг маъноли ва чуқур мазмунли илмий атамалардир. E'tibor uchun raxmat! Sheripboyev Baxtiyor 14.12.22 USAT, Turizm, 107-guruh Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling